Moqot (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Atirov viloyati |
Maʼmuriy markazi | Moqot |
Asos solingan sanasi | 1938-yil |
Akim | Barakatov Amangeldi Kenesovich |
Aholi (2010) | 29 881[1] (6-oʻrin) |
Zichligi | 5,3 kishi./km² |
Maydoni | 4 900 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71236 |
Pochta indeksi | 060600-060605[2] |
Avtomobil raqami kodi | E, 06 |
Xaritada | |
47°38′38.4″N 53°20′34.8″E / 47.644000°N 53.343000°E |
Moqot tumani — Atirov viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. 1938-yili tashkil topgan. Hududi 4,9 ming km². Aholisi 29 881 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Moqot qishlogʻi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanning yer relefi tekislikdan tashkil topgan. Maydoni 4,9 ming km². Tumanda yiruk neft va gaz konlari bor. Undan boʻlak kaliy tuzi va gips konlarini ham uchratish mumkin.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moqot tumanining iqlimi keskin kontinental va quruq; qishi ancha sovuq (noyabr — mart oylarida). Yanvar oyining oʻrtacha harorati −10 °C (ayrim vaqtlarda −35 — 40 °C-gacha pasayadi), iyulniki 25 °C (ayrim vaqtlarda 40 °C-dan yuqori). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 150 – 175 mm. Shamolning yillik oʻrtacha tezligi 4,5 – 5 m/s, kuchli boʻronlar (10 – 15 m/s-gacha) boʻladi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2010-yili 29 881 kishini tashkil qildi. Aholisi 1 km²-ga oʻrtacha zichligi 6 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisining asosiy qismini qozoqlar (96,5 %) tashkil qiladi, undan boʻlak tumanda ruslar, ukrainlar, v.b. istiqomat qilishadi. Moqot tumanining qishloqlari: Dossor, Moqot, Bayshoʻnas, Eskene, Komsomol, Qoʻchqor.
Iqtisodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moqot tumanida, asosan, neft va gaz sanoati rivojlangan. Neft sanoatini bunda ilk bor 1911-yili rus-ingliz korxonasi tashkillashtirdi. 1917-yilgacha uning tarkibida faqatgina Dossor (1911) va Moqot (1915) neft korxonalari faoliyat yuritdi. 1920-yili ular Embineft tresiga biriktirildi. Keyinchalik uning tarkibiga yangidan tashkillashgan Bayshoʻnas, Sagʻiz, Komsomol, Qoshqar, v.b. neft korxonalari qoʻshildi. 1939 — 40-yili Atirov — Or temir yoʻli bilan neft quvuri barpo etildi.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda umumiy bilim beruvchi 12 ta maktab, madaniyat uyi, 4 ta klub, tuman kasalxonasi va shifoxona, Dossor qishloq kasalxonasi, 6 ta feldsher-akusherlik punkt, 2 ta oilaviy ambulatoriya bor. 1937-yildan boshlab Munayshi (Neftchi) nomli tuman gazetasi chiqariladi. Tuman hududi orqali Moqot — Beynev — Qoʻngʻirot, Moqot — Inderbor temir yoʻli va Atirov — Moqot — Qandiagʻash — Aqtoʻbe, Dossor — Qulsari, Dossor — Bayshoʻnas, Moqot — Sagʻiz avtomobil yoʻllari oʻtadi.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ҚР елді мекендерінің тұрғындар саны
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi 6 tom
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Na sayte akimata Atirauskoy oblasti[sayt ishlamaydi]