Kontent qismiga oʻtish

Indoneziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Indonesiadan yoʻnaltirildi)
Indoneziya Respublikasi
Republik Indonesia
ShiorBhinneka Tunggal Ika
(Eski Yava tili: Birdamlik hilma xillikda)
Madhiya: Indonesia Raya
Location of Indoneziya
Poytaxt Jakarta
Rasmiy til(lar) Indonez tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Joko Widodo
Mustaqillik (Niderlandlardan)
• Sana
17-avgust 1945
Maydon
• Butun
1,904,569 km2 (16-oʻrin)
• Suv (%)
4.85
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
241,973,879 (4-oʻrin)
• Zichlik 126/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$901,700 mil. (15-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$3,726
Pul birligi Rupiah (IDR)
Vaqt mintaqasi UTC+7...+9
• Yoz (DST)
UTC+7...+9
Qisqartma ID
Telefon prefiksi 62
Internet domeni .id

Indoneziya (indonezcha: Indonesia), Indoneziya Respublikasi (indonezcha: Republik Indonesia) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 265 mln kishi (2018). Poytaxti — Jakarta shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yilda 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdiqladi, unga kora oʻzgarishlar kiritildi, prezident va vitse-prezidentni saylashdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amalga oshiradi.

Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botqoqliklar, mangra chakalakzorlari bor. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.

Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqi va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha temperatura 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000–4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari janubi-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Hari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond orollari va Gʻarbiy Irian)da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrkli. Janubi-sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Pasttekislikda va 1300–1500 m balandlikdagi togʻ yon ba-gʻirlarida doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar (fikus, pandaus va non daraxtlari, palma, paporotniklar, bambuk) usadi. 1300–1500 m va 2600– 3000 m balandlikdagi mintaqa tor-tropik oʻrmonlar (eman, qora qayin, kashtan, qaragʻay), undan yuqorisi butazor va oʻtloqlar bilan qoplangan. Janubi-sharada, asosan, barg toʻquvchi tropik oʻrmonlar (tik daraxti, kazuarin) va savannalar (alang-alang oʻti va yovvoyi shaqarqamish) bor. I.da maymunlar (orangutan, gibbon, makakalar), kar-kidonlar, fil, malay ayigʻi, tapir, banteng buqasi, kaklik, toʻtilar, tim-soxlar (uz. 7 m gacha), kobra va boʻgʻma ilonlar, echkemar va b. bor. I.ning sharqiy qismida xaltali qayvonlar, koʻrshapalak, jannat qushi, kakadu toʻtisi uchraydi. Hasharotlar I.ning hamma qismida mavjud, baliq koʻp. Noyob hayvonlarni saqlash maqsadida Sumatra, Kalimantan, Yava va b. orollarda qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.

Indoneziyada 300 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, Indoneziyada melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va boshqalar yashaydi. Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hinduilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Indoneziya aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Jakarta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan.

Indoneziya — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-asr ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-asrda bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-asr 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025-yil Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-asrning 40-yillarida Mataram Kediri (13-asr dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120-yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-asr oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.

14-asrda Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-asr), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-yil gollandlar I.da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811-yil I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814-yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.

Indoneziya xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.

20-asr boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908-yil Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926-yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927-yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-yildan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937-yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.

1942—45 yillarda Indoneziyani Yaponiya bosib oldi. Yaponiya Ikkinchi jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-yil 17-avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945-yil 6-sentabrda I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 yil kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949-yil noyabr). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya I.ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950-yil 6 avg.da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-yil aprel). 1957-yilning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957-yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945-yilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-yil iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956-yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-yil 1-mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965-yil 30-sentabr" voqealariga olib keldi. Armiya rahbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966-yilda general Suharto muvaqqat (1968-yildan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarish ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.

Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-yil 21-may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999-yil oktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001-yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.

I. — 1950-yildan BMT aʼzosi.

Milliy bayrami — 17-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 23-mayda oʻrnatdi.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973-yilda musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973-yilda 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964-yil siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998-yilda partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998-yilda tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998-yilda tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973-yilda asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi ("Ravnaq") kasaba birlashmasi 1992-yilda tuzilgan.

I. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi oʻrtacha 17% ni tashkil etadi va bu ulush tobora kamayib bormoqda. Ayni vaktda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi koʻpaymoqda. Bu hol dehqonchilik va chorvachilik intensiv tuye olayotgani bilan ham, ekinzorlar kengayishi, jumladan, kam yerli dehqonlar yangi oʻzlashtirilgan yerlarga koʻchib borishi bilan ham bogʻliqdir.

Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida mashgʻul. I. tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2 marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. I. hududining 65% oʻrmon bilan qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.

Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos ham qazib olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina zavodlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr stansiya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 yillarda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong, AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Janubiy Koreyadan olindi. 1995-yildan milliy taraqqiyotning yangi 25 yillik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir I. ni Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan.

I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang, Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. Temir yoʻlning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.

I. chetga gaz, neft, kauchuk va kauchuk mahsulotlari, qalay, kofe va hokazo chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, sanoat xom ashyosi, chala tayyor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya. Pul birligi — Indoneziya rupiyasi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangich majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda ham — 6 yil Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy mak-tablar ham bor. 1-va 2- bosqich texnika va tijorat maktablari va shunga oʻxshash oʻquv yurtlari hunar taʼlimini beradi. Oʻqituvchilar 3 yillik Pedagogika maktablari, Pedagogika kollejlari va universitetlarda tayyorlanadi. Jakartadagi I. davlat universiteti (1950-yilda asos solingan), Milliy universitet (1949-yilda asos solingan), Jokyakar-tadagi Islom xususiy universiteti (1945-yilda asos solingan) va boshqa bor. 1967-yilda tashkil etilgan I. fanlar instituti 10 ilmiy tadqiqot instituti, 40 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatni birlashtiradi. Yirik kutubxonalar: Jakartadagi Ommaviy, Parlament kutubxonalari, Bandung, Bogo-ra, Jokyakarta, Makassar, Medandagi kutubxonalar. Jakartada I. madaniyati muzeyi (1778-yilda asos solingan), Bogorada Zoologiya muzeyi (1894-yilda asos solingan) bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy gaz. va jurnal lari: "Merdeka" ("Ozodlik", kundalik gazeta, 1945-yildan), "Pelita" ("Mashʼal", kundalik gazeta, 1974-yildan), "Suara karya" ("Mehnatkash ovozi", kundalik gazeta, 1971-yildan), "Biyeniye Indonesia" ("Indoneziya biznesi", kundalik gazeta, 1985-yildan), "Brita buana" ("Jahon yangiliklari", kundalik gazeta, 1970-yildan), "Brita yudxa" ("Harbiy yangiliklar", kundalik gazeta, 1970-yildan), "Indonezian observer" ("Indoneziya sharhi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1950-yildan), "Biznes Nyus" ("Biznes yangiliklari", indonez tilida haftasiga 3 marta chiqadigan byulleten, 1956-yildan), "Sinar" ("Hyp", tadbirkorlarning xaftalik jurnal, 1993-yildan). Antara-Milliy axborot agentligiga 1937-yilda asos solingan. I. Respublikasi radiosi 1945-yilda tashkil etilgan. I. Respublikasi televideniyesiga 1962-yil asos solingan.

I. hududidan 7—8-asrlarda kad. malayya va yava tillarida toshlarga bitilgan yozuvlar topilgan. 9—11-asrlarda yava adabiyoti ravnaqtopdi ("Ramayana", "Arjunaning toʻyi" vab.). 14— 17-asrlarda yavalik yozuvchilar hind mumtoz asarlari (xususan, "Mahabha-rata") va xalq, ijodi taʼsirida tarixiy mavzuda asarlar ("Tantu Pan-gelaran", "Pararaton", "Nagaraker-tagama" va boshqalar) yaratdilar. 15-asr dan Yava va Balida yangi adabiy oʻlchov — macha-pat va yangi sheʼriy shakllar joriy qilinib, folklor bilan bevosita bogʻlangan dostonlar ("Devaruchi", "Pan-ji Angreni", "Damarvulan") paydo boʻldi. Yava adabiyoti anʼanalari 16— 18-asrlardagi sund va madur adabiyotining rivojlanishida namuna boʻldi. 16-asrda dengiz boʻyi shaharlarida malayya tilidagi adabiyot koʻproq rivojlandi. Ache sultonligi (16—17-asrlar)da Hamza Fansuriy, Nuriddin ar-Rapiriy va b. mashhur malayya shoirlari ijod qildilar. 18-asrda mamlakat savdosi ustidan Niderlandiya nazoratining kuchayishi I.ning musulmon davlatlari bilan aloqalarining birmuncha susayishiga olib keldi va natijada malayya tilidagi adabiyetning rivoji vaqtincha sekinlashdi. Ayni vaqtda asosiy adabiy til boʻlib qolgan ache tilida "Malem, Dagang", "Puchut Muhammad" va b. dostonlar yaratildi. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrning 1-yarmida yava adabiyoti ravnaq topdi. Bu adabiyetning mumtoz namoyandalari Yasadipura 1, Rongovarsito asarlarida yangi davr Yevropa madaniyati aks ettirildi.

I.da milliy ozodlik harakatining boshlanishi bilan malayya tili siyosiy va madaniy jihatdan butun mamlakatning birlashuviga olib keluvchi vosi-ta boʻlib qoldi. 19-asr oxirida malayya tilida paydo boʻlgan matbuot yangi adabiyotning rivojlanishiga katta yordam berdi. Yozuvchilardan Marko Kartodikromo va Semaun birinchi boʻlib roman janrida ijod qildilar.

20-asrning 20—30-yillarida S. T. Alishohbona, Hamka, Rustam Effendi va b. yaratgan asarlar, "Pujanga Baru" badiiy, ijtimoiy va siyosiy jurnalning nashr etilishi I. adabiyoti taraqqiyoti uchun muhim voqea boʻldi. 30-yillar oxirida bir qator yozuvchilar (H. Anvar, Idrus, P. A. Tur, A. Kartamiharja, U. T. Sontani va boshqalar) ijodida realistik tamoyillar kuchaydi.

50-yillar boshlarida baʼzi yirik yozuvchi va dramaturglar asta-sekin Xalq madaniyati jamiyati (LEKRA) atrofiga jipslashdilar. 1965-yil gi voqealardan soʻng bu jamiyat tugatildi. Hoz. zamon I. adabiyotining ilgʻor vakillari realistik anʼnani rivojlantirmoqdalar. V. S. Rendra, T. Moxtar, A. Ro-sidi, G. Poyka sheʼr va hikoyalarida, M. Bushe, P. Vijaya, I. Simaputang romanlarida va b.ning asarlarida I.dagi muhim ijtimoiy muammolar aks etmoqda.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

I. xududida mezolit davri (mil. av. 7—5ming yillik)ga oid hayvon tasvirlari, neolit davriga xos toshga bitilgan yozuvlar (Sulavesi o. janubiydagi toʻngʻiz tasviri, oʻyma naqshli sopol buyumlar) topilgan. Quyi neolit davridayoq pogʻonali qoʻrgʻonlar, dolmen (tosh maqbara)lar, tosh tobutlar, jez buyumlar — odam haykallari, burama naqshli bolta va turli idishlar yaratilgan. Mil. boshlarida Nias, Sumba, Flores o.larida toshdan yasalgan obidalar xrzirgacha yetib kelgan. Keyingi davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar, hay-kallar dinning kuchli taʼsirida yaratilgan (7—8-asrlarga oid Arjuna, Shri-kandi, Bximo ehromlari, ularda Budda afsonalari asosida yaratilgan boʻrtma haykaltaroshlik asarlari). Yavada barpo etilgan Borobudur ibodatxonasi 8—9-asrlardan qolgan eng yirik yodgorlikdir. Bu ehrom ulkan tosh pi-ramidaga oʻxshab ketadi. Uning aylana-si, bir necha km li supasi diniy syu-jetli rasmlar bilan bezatilgan. Borobudur yaqinida saqlangan haykallar ham diniy mavzular asosida yaratilgan. 8-asr oʻrtalaridan Mataramda hinduilik rasmiy dinga aylangach, binolar — Lar Jongrang (9-asr), (14—15-asrlar) va b. ibodatxonalar hinduilik ruhida qurilgan. 13—15-asrlarda Majapaxit imperiyasi davrida hind madaniyati taʼsiri susayib, mahalliy anʼanalar ahamiyati kuchaydi. 16-asr dan masjid va madrasalar qurila boshladi.

18—20-asrlarda I. shaharlari qurili-shiga Yevropa (ayniqsa, golland) meʼmorligi katta taʼsir koʻrsatdi. Jakar-ta, Bandung va b. shaharlarda maʼmuriy binolar, mehmonxona, institut, kasalxona, stadion, sanoat korxonalari va b. inshootlar funksionalizm ruhida qurildi. Turar joy va jamoat bi-nolari qurilishida tropik iqlim xu-susiyatlari hisobga olindi (Bandungdagi texnologiya instituti va boshqalar).

I. sanʼatining yirik markazi — Bali o.da xukmdorlarning qoyalardagi maqbaralari (11 — 12-asrlar) da, 14—15-asrlarga oid ehromlarda devoriy rasmlar saqlangan. Kitob mini-atyurasi ham rivoj topgan. Xalq sanʼati rivojini yogʻochdan qurilgan bi-nolarda, metall, yogʻoch, suyak buyumlar, gulli matolarda koʻrish mumkin. 17-asr dan boshlab, golland mustamlakachilari va b. bosqinchilarning jabr-zulmi I. sanʼati rivojiga putur yetkazdi. Milliy ozodlik harakati taʼsirida zamonaviy sanʼat shakllandi (I. rassomlari uyushmasi, 1937—38 yillari asos solingan). Ozodlik uchun kurash mavzui S. Sujoyono, K. Affandi, B. Abdulloh, I. B. Made va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. Qad. anʼanalarga ega boʻlgan xalq amaliy sanʼati mustaqillik yillarida gurkirab rivojlandi.

Musiqa sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqasi hind-yava madaniyati va I.da yashagan boshqa xalqlar madaniyatining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. 1ming yillik oxiri va 2ming yillik boshida Yavada rivojlangan musiqa madaniyati Janubiy Sumatra, Bali, Madur va b. orollardagi musika rivojiga ham taʼsir etdi. Qadim zamonlardan musiqa qishloq aholisi turmushiga singib ketgan, hosil yigimi, don yanchish kabi mehnat jarayonlarida qoʻshiq yangrab turgan. Janubiy sharqiy Osiyodagi boshqa musiqiy madaniyatlardan farqli oʻlaroq, indonezlar xor qoʻshiqchiligi anʼanalarini davom ettirib kelayotir. Rivojlangan geterofoniya va koʻp ovozlilik I. mu-siqasiga xos xususiyatdir. Xalq cholgʻu asboblari orkestri gamelan — I. mum-toz musika sanʼatining choʻqqisi hisoblanadi. 16-asrda anʼanalari negizida kronchong musiqa shakli vujudga keldi.

I. mustaqillikka erishgach (1945), umummilliy musika madaniyati rivoji uchun qulay imkoniyat tugʻildi. Professional va havaskorlik jamoalari, kamer orkestrlar xalq anʼanalarini rivojlantirayotir. Sujasmina, A. Pasaribu, Susbini va b. tanikli kompo-zitorlar professional musiqa namo-yandalaridir. Jokyakartada musiqa maktabi (1952-yildan), Surakartada konservatoriya hamda milliy mumtoz musika maktabi (1960) ochildi. 1968-yildan Jakartada simfonik orkestr ishlaydi.

Teatr sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr sanʼati azaldan xalq bayramlari va diniy marosimlarda oʻtkaziladigan tomoshalardan boshlangan. To-pengdalang (ijrochilar niqob kiyib imo-ishoralar bilan raqsga tushadi) va vayang-orang (qonunlashgan teatr vosi-talariga qatʼiy rioya qilinadi) ka-bilar I. ga xos anʼanaviy teatr shakllaridir. I.da qoʻgʻirchoq va soya tushirish teatrlari ham rivojlangan. Teatr tomoshalarining asosini qad. hind eposlari — "Ramayana", "Mahabhara-ta" dan olingan parchalar, arab rivo-yatlari va mahalliy ertaklar tashkil etgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshida zamonaviy teatrlar tashkil topdi. 50—60-yillarda "Marxaen", "Triskokanten" kabi guruhlar shuxrat qozondi. Ular I. milliy dramaturglari — Utuy Tatang Sontani, Abu Xapifax, Ali Muhammad, Sanusi Pane va b., shuningdek, G. Ibsen, A. P. Chexov hamda N. V. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 50-yillardan Milliy teatr akademiyasi va b. ishlay boshladi.

Dastlabki filmlar 20-asr 20-yillar oʻrtalarida golland rejissorlari tomonidan suratga olingan. 30-yillar 1-yarmidan xitoylar bilan hamkorlikda I. rejissorlari (Anjar Asmara va boshqalar) indonez tilida ovozli filmlar yara-ta boshladilar. Dehqonlar hayotini aks ettiruvchi "Parex" (1935, rejissor M. Franken), "Yorqin oy" (1937, rejissor A. Balink) singari koʻpgina filmlar aktyorlar Moxtar va Rukiyax ishtiro-kida yaratildi. Yaponlar okkupatsiyasi davrida kinematografiya yapon tashvi-qotiga xizmat qildirildi. Ammo "Yom-gʻir" (rejissor I. Perbatasari) va "Orzularim" (rejissor S. Palindi) filmlarida xalqning milliy xususiyatlarini ifodalashga muvaffaq boʻlindi. Urushdan keyin milliy mutaxassislar yetishib chiqa boshladi, voqeiy filmlar yaratish kuchaydi. Jakartada birinchi davlat kinofirmasi "PFN", xususiy kinofirma "Perfini" tashkil etilishi natijasida koʻplab badiiy filmlar ishlab chiqarildi. "Majruh" (1952), "Turang", "Vatanga qaytish" (1954), "Maktab devori orqasida", "Tilla qoʻngʻiz", "Shafqatsiz gunoh" va b. filmlar ilgʻor gʻoyalarni targʻib qildi.

60-yillar oxiridan milliy kino ishlab chiqarish yana avj ola boshladi. Keyingi yillarda rejissor lardan V. Umboxning "Mitti yulduzlar", "Onajon", "Shaxs", "Bokira kelin", "Toʻy", "Novcha oʻynash", T. Junandining "Onaginam", "Puch orzu", S. Jayning "Harir binafsha-rang tuman", S. Suvardi Hassanning "Baxtsiz oʻgay qiz", "Umidsizlik koʻz yoshlari" kabi badiiy filmlari ma-shhur boʻldi.

Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indoneziya (Indoneziya Respublikasi) poytaxti — Jakarta shahri. BMT aʼzosi

Qurolli kuchlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Indoneziya Provinsiyalari
Nomi Kodi ISO Markazi Aholisi[1] Maydoni (km²)[2] Maqomi Hududi
1 Acheh ID-AC Banda-Acheh 5 201 002 56 501 Oʻziga hos provinsiya Sumatra
2 Shimjliy Sumatra ID-SU Medan 12 450 911 72 428 Sumatra
3 Garbiy Sumatra ID-SB Padang 4 566 126 42 227 Sumatra
4 Riau ID-RI Pakanbaru 4 579 219 87 844 Sumatra
5 Jambi ID-JA Jambi 2 635 968 45 348 Sumatra
6 Janubiy Sumatra ID-SS Palembang 6 782 339 60 303 Sumatra
7 Bengkulu ID-BE Bengkulu 1 549 273 19 795 Sumatra
8 Lampung ID-LA Bandar-Lampung 7 116 177 37 735 Sumatra
9 Bangka-Belitung ID-BB Pankalpinang 1 043 456 16 424 Sumatra
10 Riau arhipelagi ID-KR Tanjunpinang 1 274 848 8 084 Sumatra
11 Jakarta ID-JK Jakarta 8 860 381 740 Poytaxt okrugi Yava
12 Garbiy Yava ID-JB Bandung 38 965 440 36 925 Yava
13 Markaziy Yava ID-JT Semarang 31 977 968 32 800 Yava
14 Jokyakarta ID-YO Jokyakarta 3 343 651 3 133 Oʻzgacha okrug Yava
15 Sharqiy Yava ID-JI Surabaya 36 294 280 46 690 Yava
16 Banten ID-BT Serang 9 028 816 9 019 Yava
17 Bali ID-BA Denpasar 3 383 572 5 449 Kichik Zond orollari
18 Garbiy Kichik Zond orollari ID-NB Mataram 4 184 411 19 709 Kichik Zond orollari
19 Sharqiy Kichik Zond orollari ID-NT Kupang 4 260 294 46 138 Kichik Zond orollari
20 G'arbiy Kalimantan ID-KB Pontianak 4 052 345 120 114 Kalimantan
21 Markaziy Kalimantan ID-KT Palankaraya 1 914 900 153 564 Kalimantan
22 Janubiy Kalimantan ID-KS Banjarmasin 3 281 993 38 884 Kalimantan
23 Sharqiy Kalimantan ID-KI Samarinda 2 848 798 194 849 Kalimantan
24 Shimoliy Sulavesi ID-SA Manado 2 128 780 13 931 Sulavesi
25 Markaziy Sulavesi ID-ST Палу 2 294 841 68 090 Sulavesi
26 Janubiy Sulavesi ID-SN Makasar 7 509 704 46 116 Sulavesi
27 Janubi-shaqiy Sulavesi ID-SG Kendari 1 963 025 36 757 Sulavesi
28 Gorontalo ID-GO Gorontalo 922 176 12 165 Sulavesi
29 G'arbiy Sulavesi ID-SR Mamuju 969 429 16 787 Sulavesi
30 Malulu ID-MA Ambon 1 251 539 47 350 Moluku orollari
31 Shimoliy Maluku ID-MU Ternate 884 142 39 960 Maluku orollari
32 Garbiy Papua ID-PB Manokvari 643 012 114 566 Oʻziga hos provinsiya Papua
33 Papua ID-PA Port-Numbay 1 875 388 309 934 Oʻziga hos provinsiya Papua

.

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Penduduk
  2. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Luas