Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Iqtisodiy-protsessual kodeksdan yoʻnaltirildi)

Iqtisodiy protsessual kodeks — iqtisodiy sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar yigʻindisi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik buyruqqa, daʼvo ishini yuritishga oid va alohida toifadagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi. Iqtisodiy protsessual huquq, garchi boshqa huquq sohalari kabi qadimiy va tarixiy boʻlmasa ham bugungi kunda odil sudlov tizimida oʻz oʻrniga va oʻziga xos protsessual mexanizmga ega. Iqtisodiy protsessual huquq oʻzining konstitutsiyaviy asoslariga ega va bu asoslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topgan. Iqtisodiy protsessual huquq predmeti doirasida qamrab olinayotgan munosabatlar, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq nizolarni hal etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti sohasida vujudga keladigan iqtisodiy nizolarni hal etish va mamlakatimiz iqtisodiyotini boshqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi[1][2].