Kontent qismiga oʻtish

Isoq Toʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ishoq Latipovich Toʻrayevdan yoʻnaltirildi)

Isʼhoq Latipovich Toʻrayev (1960. 24.2, Shahrisabz tumani)—aktyor, rejissor. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1983). Oʻz faoliyatini 1976-1977-yillarda Shahrisabz xalq teatrida havaskor aktyor sifatida boshlagan. 1983-1985-yillar Surxondaryo teatrida, 1985-1987-yillar Qashqadaryo teatrida aktyor. 1991-1993-yillarda "Muloqot" teatr studiyasida aktyor, rejissor yordamchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1993-yildan "Eski masjid" teatr studiyasining badiiy rahbari. "Ayol apvasti yoxud haroratli ayiq" (P. Merime), "Shayx Sanʼon" (oʻzi Shayx Sanʼon rolida, F. Attorning "Mantiq ut-tayr", Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonlari asosida), "Nayman ona nidosi" (Joʻlamon rolida, Ch. Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asari asosida, "Qobil va Hobil" (Qobil rolida, Bayronning "Kain" asari asosida), "Raqsu samoʼ" (Shoh Bahrom rolida, Navoiyning "Sabʼai sayyor" asari asosida) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. "Manqurtlarga bermang dunyoni" nomli teatrlashgan tomoshasi mamlakatimizning barcha viloyatlarida namoyish etildi.