Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi (ispancha: Selección Española de Fútbol Femenina) 1980-yildan beri ayollar futboli doirasidagi xalqaro musobaqalarida Ispaniya sharafini himoya qiladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Ispaniya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi ikki marta FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga va uch marta UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma olgan. 1997-yilda UEFA ayollar chempionatida yarim finalga chiqqan.
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yil boshida FIFA xalqaro reytingida kuchli 10 talikka kirdi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari UEFAning 2020-yilgi eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi va umumiy eng yaxshi oʻyinchi mukofotlarini qoʻlga kiritishdi (birinchi marta bitta davlat futbolchilari barcha toifalarda gʻolib boʻlishdi).
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxminan 1970-yilda Ispaniyada ayollar futbol klublari paydo boʻla boshlaganidan soʻng, ayollar futboli tashabbuskorlaridan biri Rafael Muga milliy terma jamoa tuzishga qaror qildi. Bu norasmiy loyiha edi, chunki Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan ayollar sportini nazoratga oladigan Milliy Harakat Ayollar Seksiyasi qaroriga koʻra futbol ayollar uchun yaroqsiz sport turi hisoblangan. 1971-yil yanvar oyida RFEF prezidenti Jose Luis Perez Payadan ushbu tashabbus haqida soʻralganda: „Men ayollar futboliga qarshi emasman, lekin bu menga ham yoqmaydi. Menimcha, bu estetik nuqtai nazardan ayollarga mos emas. Ayollarga koʻylak va shim kiyish maʼqul kelmaydi. Bundan boshqa har qanday mintaqaviy kiyim ularga yaxshiroq mos keladi“, - deb javob berdi[1]. Ispaniya demokratik tuzimga oʻtgandan soʻng, 1980-yil noyabr oyida RFEF nihoyat ayollar futbolini qabul qilib, avvaliga milliy kubokni, keyin esa milliy terma jamoani shakllantirdi. 1983-yil 5-fevralda Pontevedraning A Guarda shahrida murabbiy Teodoro Nieto boshchiligida Ispaniya ayollar milliy terma jamoasi ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi. Raqib jamoa Portugaliyaiya ayollar terma jamoasi boʻlib, jamoa Ispaniya terma jamoasini 0:1 hisobida magʻlub etdi. Keyinchalik jamoa Fransiya va Shveysariya ayollar jamoalariga qarshi 2 oʻyindan iborat oʻrtoqlik oʻyinida Aranjuez va Barselona shaharlarining stadionlarida ikkala raqib bilan ham durang oʻynadi[2].
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1985-yil 27-aprelda 1987-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichidagi ilk rasmiy oʻyinini Vengriyaga qarshi oʻtkazib, 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Saralashning dastlabki toʻrtta oʻyinda magʻlub boʻlganidan soʻng Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shveysariya jamoasini magʻlub etdi, Italiya bilan durang oʻynadi va saralash oʻyinlarini uchinchi oʻrin bilan yakunladi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1989 va 1991-yilgi saralash oʻyinlarini ham oʻz guruhining eng quyi pogʻonasida yakunlandi[3].
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilda 16 yillik tanaffusdan soʻng Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi. Jamoa saralash pley-offida Shotlandiya ayollar terma jamoasini magʻlub etib, UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 musobaqasiga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ikki yil oʻtib, Ispaniya saralash bosqichidagi oʻnta oʻyinning toʻqqiztasida gʻalaba qozonib, tarixda birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun falokat bilan yakunlandi. Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhdagi eng kuchsiz jamoa Kosta-Rika bilan faqat 1:1 hisobida durang oʻynab, Braziliya ayollar terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Janubiy Koreya bilan soʻnggi oʻyinda ular dastlabki ustunlikdan keyin 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi va Yevropaning turnirdagi eng yomon jamoasiga aylanishdi. Jahon chempionatidan soʻng, jahon chempionatiga roʻyxatga kiritilgan 23 nafar futbolchi Ignasio Keeredani bosh murabbiylikdan olish haqida jamoaviy bayonot berishdi[4]. Oʻsha yil yozi oxirida Keereda isteʼfoga chiqdi va uning oʻrniga 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya terma jamoani boshqargan va 2014-yil FIFA Jahonning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan Jorxe Vilda Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi boʻldi[5][6].
Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, 11 ochko bilan 2-oʻrinni egallab, UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda milliy terma jamoa birinchi marta Algarve kubogida ishtirok etib, turnirda gʻolib boʻldi[7].
Ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasiXitoy, Janubiy Afrika Respublikasi va Germaniya ayollar terma jamoalari bilan B guruhidan joy oldi. Ular guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, oʻz tarixlarida birinchi marta jahon chempionatining pley-off bosqichiga yoʻl oldilar[8]. Biroq, Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1/8 finalda ushbu musobaqaning boʻlajak chempioni boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasi tomonidan magʻlub etildi[9].
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Oʻrin | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
1991-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 1991-yil UEFA ayollar chempionati | |||||||||||||
1995-yil | UEFA ayollar Yevro-1995 | ||||||||||||||
1999-yil | 6 | 0 | 2 | 4 | 5 | 10 | |||||||||
2003-yil | 6 | 2 | 0 | 4 | 8 | 11 | |||||||||
2007-yil | 8 | 4 | 2 | 2 | 19 | 14 | |||||||||
2011-yil | 8 | 6 | 1 | 1 | 37 | 4 | |||||||||
2015-yil | Guruh bosqichi | 20 | 3 | 0 | 1 | 2 | 2 | 4 | 10 | 9 | 1 | 0 | 42 | 2 | |
2019 | 16-tur | 12 | 4 | 1 | 1 | 2 | 4 | 4 | 8 | 8 | 0 | 0 | 25 | 2 | |
2023-yil | Yoʻllanma oldi | 8 | 8 | 0 | 0 | 53 | 0 | ||||||||
Jami | 3/9 | 7 | 1 | 2 | 4 | 6 | 8 | 55 | 38 | 6 | 11 | 189 | 43 |
UEFA ayollar chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]UEFA ayollar chempionatida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | Saralash oʻyinlarida Ispaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Oʻrin | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
1984 | Ishtirok etmadi | Ishtiroki bekor qilingan | |||||||||||||
1987 | Yoʻllanma ololmagan | 6 | 1 | 1 | 4 | 7 | 9 | ||||||||
1989 | 8 | 2 | 2 | 4 | 4 | 8 | |||||||||
1991 | 6 | 0 | 2 | 4 | 3 | 13 | |||||||||
1993 | 4 | 1 | 1 | 2 | 2 | 6 | |||||||||
1995 | 6 | 3 | 3 | 0 | 29 | 0 | |||||||||
1997 | Yarim final | 4 | 4 | 1 | 1 | 2 | 3 | 4 | 6 | 1 | 2 | 3 | 8 | 15 | |
2001 | Yoʻllanma ololmagan | 6 | 1 | 1 | 4 | 6 | 17 | ||||||||
2005 | 8 | 2 | 1 | 5 | 10 | 10 | |||||||||
2009 | 8 | 5 | 2 | 1 | 24 | 7 | |||||||||
2013 | Chorak final | 7 | 4 | 1 | 1 | 2 | 5 | 7 | 10 | 6 | 2 | 2 | 43 | 14 | |
2017 | Chorak final | 8 | 4 | 1 | 1 | 2 | 2 | 3 | 8 | 8 | 0 | 0 | 40 | 2 | |
2022 | Chorak final | 6 | 4 | 2 | 0 | 2 | 6 | 5 | 8 | 7 | 1 | 0 | 48 | 1 | |
Jami | 4/13 | 16 | 5 | 3 | 8 | 16 | 19 | 84 | 37 | 18 | 29 | 224 | 102 |
Boshqa turnirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Musobaqa nomi | Oʻrin | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1992-yil | Grand Hotel Varna (Albena kubogi) | 4 | 4 | 3 | 0 | 1 | 8 | 1 |
1993-yil | Torneig Internacional Ciutat de Tarragona | 4 | 2 | 0 | 1 | 1 | 2 | 3 |
1995-yil | Grand Hotel Varna (Albena kubogi) | 3 | 5 | 2 | 1 | 2 | 9 | 12 |
1996-yil | Slovakiya ayollar turniri, | 4 | 3 | 0 | 2 | 1 | 2 | 6 |
2005-yil | Torneo Internacional de Maspalomas | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | 2 | 2 |
2017-yil | Algarve kubogi | 1 | 4 | 3 | 1 | 0 | 6 | 1 |
2018-yil | Kipr kubogi | 1 | 4 | 3 | 1 | 0 | 6 | 0 |
2019-yil | Algarve kubogi | 7 | 3 | 2 | 0 | 1 | 4 | 3 |
2020-yil | SheBelieves kubogi | 2 | 3 | 2 | 0 | 1 | 4 | 2 |
2022-yil | Arnold Clark kubogi | 2 | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 | 1 |
Ispaniya ayollar terma jamoasining umumiy natijalari tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa nomi | Bosqich | Hisob | Raqib jamoa | Oʻrin | Gol urgan Ispaniya jamoasining futbolchilari |
---|---|---|---|---|---|
1987-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-1, 1-2 | Vengriya | 3 / 4 | Prieto |
0-2, 3-0 | Shveysariya | Y. García, V. Hernández (2) | |||
2-3, 1-1 | Italiya | Y. García, V. Hernández, Prieto | |||
1989-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 1-1, 1-0 | Bolgariya | 4 / 5 | Artola, V. Hernández |
0-1, 0-2 | Czechoslovakia | ||||
1-0, 0-1 | Belgiya | Artola | |||
1-3, 0-0 | Fransiya | Artola | |||
1991-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-0, 1-2 | Shveysariya | 4 / 4 | Parejo |
1-3, 0-5 | Daniya | Bakero | |||
1-3, 0-0 | Italiya | Artola | |||
1993-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-4, 1-1 | Shvetsiya | 2 / 3 | Prieto |
0-1, 1-0 | Irlandiya | Bakero | |||
1995-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-0, 4-0 | Belgiya | 2 / 4 | Pascual (2), Bakero + 1 o.g. |
0-0, 0-0 | Angliya | ||||
17-0, 8-0 | Sloveniya | Prieto (9), Bakero (4), M. González (3), R. Castillo (2), B. García (2), Pascual (2), Sirgo (2) + 1 o.g. | |||
1997-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 0-1, 0-2 | Daniya | 3 / 4 | |
5-1, 2-2 | Ruminiya | Prieto (4), Cano, R. Castillo, Torras | |||
1-1, 0-8 | Shvetsiya | Prieto | |||
Pley-off | 2-1, 1-1 | Angliya | 1 / 2 | Prieto (2), Mateos | |
1997-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 1-1 | Fransiya | 2 / 4 | Parejo |
0-1 | Shvetsiya | ||||
1-0 | Rossiya | Parejo | |||
Yarim final | 1-2 | Italiya | 4 / 8 | Parejo | |
1999-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 1-2, 1-2 | Ukraina | 4 / 4 | Mateos, Torras |
1-2, 1-3 | Shvetsiya | Mateos, Prieto | |||
0-0, 1-1 | Islandiya | Prieto | |||
Yakuniy davra | 3-0, 4-1 | Shotlandiya | 1 / 2 | Monforte (2), Auxi, Cabezón, Gimbert, Marco, Mateos | |
2001-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 2-5, 0-7 | Shvetsiya | 3 / 4 | Mateos, Rodríguez |
0-1, 1-2 | Fransiya | Mateos | |||
1-1, 2-1 | Niderlandiya | Fuentes, Gimbert, Moreno | |||
Pley-off | 1-6, 2-4 | Daniya | 2 / 2 | Cabezón, Gimbert, Mateos | |
2003-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 6-1, 0-3 | Islandiya | 4 / 4 | Auxi (2), del Río (2), Ferreira, Gimbert |
0-2, 2-1 | Rossiya | Auxi, del Río | |||
0-3, 0-1 | Italiya | ||||
Yakuniy davra | bekor qilingan | Vengriya | - | ||
2005-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 1-0, 0-0 | Niderlandiya | 3 / 5 | del Río |
0-2, 0-2 | Norvegiya | ||||
9-1, 0-2 | Belgiya | del Río (5), Vázquez (2), Castillo, Gurrutxaga | |||
0-1, 0-2 | Daniya | ||||
2007-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 2-3, 7-0 | Polsha | 3 / 5 | del Río (2) |
1-0, 0-0 | Finlandiya | Cabezón | |||
3-2, 4-2 | Belgiya | Adriana (2), Cabezón, Gimbert, Gurrutxaga, del Río + 1 o.g. | |||
2-2, 0-5 | Daniya | Adriana, Vilanova | |||
2009-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 3-0, 6-1 | Belarus | 2 / 5 | Vázquez (3), Romero (2), Auxi, Azagra, Cuesta, Pérez |
2-2, 4-1 | Chexiya | Boquete (2), Adriana, Gimbert, Torrejón, Vilanova | |||
0-1, 2-2 | Angliya | Bermúdez, Boquete | |||
4-0, 3-0 | Shimoliy Irlandiya | Vázquez (2), Bermúdez, Boquete, R. García, del Río, Vilas | |||
Pley-off | 0-2, 0-2 | Niderlandiya | 2 / 2 | ||
2011-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 13-0, 9-0 | Malta | 3 / 5 | Adriana (8), Bermúdez (3), Boquete (3), Romero (3), Ibarra (2), Casado, Meseguer + 1 o.g. |
2-0, 1-0 | Avstriya | Adriana (2), Bermúdez | |||
5-0, 5-1 | Turkiya | Adriana (5), Bermúdez (2), Boquete, Olabarrieta, Torrejón | |||
0-1, 2-2 | Angliya | Adriana, Bermúdez | |||
2013-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 10-1, 4-0 | Turkiya | 2 / 6 | Adriana (4), Boquete (3), Bermúdez (2), Borja, Corredera, Olabarrieta, Vilas + 1 o.g. |
3-2, 3-4 | Shveysariya | Adriana (2), Boquete (2), R. García, Vilas | |||
4-0, 13-0 | Qozogiston | Vilas (7), Bermúdez (3), Boquete (2), Borja (2), Adriana, Meseguer, Torrejón | |||
4-0, 0-0 | Ruminiya | Boquete (2), Adriana, Bermúdez | |||
2-2, 0-5 | Germaniya | Boquete, Romero | |||
Pley-off | 1-1, 3-2 | Shotlandiya | 1 / 2 | Adriana (2), Boquete, Meseguer | |
2013-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 3-2 | Angliya | 2 / 4 | Boquete, Hermoso, Putellas |
0-1 | Fransiya | ||||
1-1 | Rossiya | Boquete | |||
Chorak final | 1-3 | Norvegiya | 7 / 8 | Hermoso | |
2015-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 6-0, 5-0 | Estoniya | 1 / 6 | Natalia (3), Bermúdez (2), Vicky (2), Hermoso (2), Torrejón, Paredes |
2-0, 0-0 | Italiya | Bermúdez, Natalia | |||
1-0, 2-0 | Ruminiya | Natalia (2), R. García | |||
3-2, 1-0 | Chexiya | Bermúdez (2), Boquete, Corredera | |||
12-0, 10-0 | Makedoniya | Natalia (6), Bermúdez (5), Hermoso (5), Boquete (2), Calderón (2), Losada, Torrejón | |||
2015-yilgi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 1-1 | Kosta Rika | 4 / 4 | Losada |
0-1 | Brazil | ||||
1-2 | Janubiy Koreya | Boquete | |||
2017-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 2-1, 5-0 | Finlandiya | 1 / 5 | Paredes (2), Hermoso, Putellas, Sampedro, Torrecilla, Torrejón |
3-0, 3-0 | Irlandiya | Boquete (2), Hermoso (2), Losada, + 1 o.g. | |||
2-0, 4-1 | Portugaliya | Bermúdez, Boquete, Losada, Putellas, Sampedro, Torrecilla | |||
7-0, 13-0 | Montenegro | Boquete (5), Bermúdez (5), Losada (3), Putellas (2), Sampedro (2), Corredera, Hermoso, Torrecilla | |||
2017-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 2-0 | Portugaliya | 2 / 4 | Losada, Sampedro |
0-2 | Angliya | ||||
0-1 | Shotlandiya | ||||
Chorak final | 0-0 | Avstriya | 8 / 8 | ||
2019-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 6-0, 2-0 | Isroil | 1 / 5 | Hermoso (2), Paredes (2), Latorre, Putellas, Sampedro, Vilas |
2-1, 3-0 | Serbiya | Hermoso (3), Guijarro, Sampedro | |||
4-0, 1-0 | Avstriya | Guijarro, Paredes, Putellas, Torrecilla | |||
2-0, 5-1 | Finlandiya | Corredera (2), O. García, Hermoso, Nahikari, Paredes + 1 o.g. | |||
2019-yilgi Jahon chempionati | Guruh bosqichi | 3-1 | Janubiy Afrika Respublikasi | 4 / 4 | Hermoso (2), Lucía García |
0-1 | Germaniya | ||||
0-0 | Xitoy | ||||
Nimchorak final | 1-2 | AQSh | 11 / 16 | Hermoso | |
2021-yilgi Yevropa chempionatiga saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 4-0, 0-13 | Ozarboyjon | 1 / 5 | González (5), Hermoso (5), Bonmatí (2), Caldentey, Eizagirre, Guijarro, Navarro, Torrecilla |
5-1, 0-4 | Chexiya | Bonmatí (2), Caldentey, González, Guijarro, Hermoso, Paredes, Putellas + 1 o.g. | |||
9-0, 0-10 | Moldava | Caldentey (4), Hermoso (4), Bonmatí (2), L. García (2), Guijarro (2), Navarro, Putellas, Redondo + 2 o.g. | |||
0-0, 3-0 | Polsha | González (2), León | |||
2023-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari | Umumiy davra oʻyinlari | 10-0, 12-0 | Farer orollari | Aniqlamoqda | Sarriegi (5), Caldentey (4), González (4), Bonmatí (2), Putellas (2), Aleixandri, L. García, Guerrero, Guijarro, Redondo |
7-0 | Vengriya | Caldentey (2), González (2), Sarriegi (2), del Castillo | |||
6-0 | Ukraina | Sarriegi (2), Eizagirre, Putellas, Redondo + 1 o.g. | |||
8-0, 0-2 | Shotlandiya | Hermoso (3), Bonmatí (2), Caldentey (2), Sarriegi (2), Putellas | |||
2021-yilgi Yevropa chempionati | Guruh bosqichi | 4-1 | Finlandiya | 2 / 4 | Bonmatí, Caldentey, L. García, Paredes |
0-2 | Germaniya | ||||
1-0 | Daniya | Cardona | |||
Chorak final | 1-2 | Angliya | 6 / 8 | González |
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar atrkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lavozimi | Ismi |
---|---|
Bosh murabbiy | Jorge Vilda |
Bosh murabbiy yordamchisi | Montserrat Tomé |
Yordamchi murabbiy | Kenio Gonzalo |
Darvozabonlar murabbiyi | Carlos Sánchez |
Fitnes murabbiyi | Blanca Romero Javier Velázquez |
Analyst technician | Javier Egido |
Video-montaj yordamchisi | Rubén Jimenez |
Doktor | Joan Molera |
Psixolog | Javier López Vallejo |
Bosh murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra.
Bosh murabbiy | Faoliyatini boshladi | Faoliyatini tugatdi | Record | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar farqi | Gʻalaba koʻrsatkichi
% | |||
Teodoro Nieto | Fevral,1983 | Iyul, 1988 | 19 | 4 | 5 | 10 | 14 | 22 | −8 | 34.21% |
Ignacio Quereda | Avgust, 1988 | Iyul, 2015 | 142 | 52 | 38 | 52 | 304 | 207 | +97 | 50% |
Jorge Vilda | Avgust, 2015 | hozirga qadar | 90 | 60 | 15 | 15 | 255 | 47 | +208 | 75% |
Jami | 251 | 116 | 58 | 77 | 573 | 276 | +297 | 57.77% |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 2 va 6-sentabr kunlari Vengriya va Ukraina ayollar terma jamoalariga qarshi JCh-2023 saralash bosqichiga quyidagi futbolchilar Ispaniya milliy ayollar terma jamoasiga chaqirildi.
- 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra.
Ispaniya ayollar milliy terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Individual mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boshqa mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaning ichki rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng yaxshi futbolchilar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa safida urilgan xet-trik (bir oʻyinda uchta gol)lar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eng koʻp seyf (darvozaga yoʻllangan kuchli zarbani qaytarish) koʻrsatgan darvozabonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA Jahon reytingi (ayollar futbolida) Qizil fonda berilgan yillar (Har yili 4 marta tuziladi)da jamoa reytingi pastga tushgan, yashilda berilgan yillarda esa jamoaning reytingi oʻsgan.
UEFA ayollar reytingi (ayollar futbolida)
* 2022-yil 15-avgust holatiga koʻra Yoshlar terma jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya 23 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamosi Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi homiyligida faoliyat yuritadigan futbol jamoasidir. Uning asosiy roli — Ispaniya ayollar terma jamoasiga tayyorgarlik koʻrish uchun futbolchilarni malakasini oshirishdan iborat. Ispaniya 20 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ispaniya 19 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ispaniya 18 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ispaniya 17 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
16 yoshgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuningdek, Ispaniya sharafini 16 yoshgacha boʻlgan toifa boʻyicha xalqaro futbolda himoya qiladigan va Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ayollar terma jamoasi ham mavjud. Bu jamoa, odatda, har-yili UEFA Ayollar U-16 rivojlanish turnirida (garchi bu rasmiy turnir boʻlmasa ham) muvaffaqiyat bilan ishtirok etadi[19]. Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash] |
- 10-iyunda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- 4-noyabrda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- 23-iyulda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- 25-avgustda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- 13-iyulda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- 12-iyunda tugʻilganlar
- 14-aprelda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- 4-mayda tugʻilganlar
- 22-martda tugʻilganlar
- 4-iyulda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- 19-sentyabrda tugʻilganlar
- 20-avgustda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- 9-yanvarda tugʻilganlar
- 12-dekabrda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- 17-mayda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- 29-oktyabrda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- 24-oktyabrda tugʻilganlar
- 14-iyulda tugʻilganlar
- 8-dekabrda tugʻilganlar
- 9-mayda tugʻilganlar
- 27-avgustda tugʻilganlar
- 13-dekabrda tugʻilganlar
- Yevropa ayollar milliy assotsiatsiyasi futbol jamoalari
- Ispaniya