Javlon Jovliyev
Javlon Jovliyev | |
---|---|
Tavalludi |
1991-yil 24-iyul Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani |
Ijod qilgan tillari | o'zbek |
Faoliyat turi | yozuvchi, dramaturg |
Mukofotlari | "Kelajak bunyodkori" medali |
Veb-sayti | |
https://t.me/javlonjovliyev |
Javlon Jovliyev (1991-yil 24-iyul; Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Gʻishtli qishlogʻi; Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi va dramaturg. „Oltin qalam“, Qoʻrqma asari uchun Tahsin hamda „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlangan adib. Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Javlon Jovliyev Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va Madaniyat institutining sanʼatshunoslik jurnalistikasi yoʻnalishini tamomlagan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida muharriri va FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktaranti. Jovliyev 2021-yilning bestseller kitobi sanalgan „Qoʻrqma“ romani muallifidir. Romanda 1922-yilda Turkistondan Germaniya yuborilgan talabalarning ayanchli taqdiri va bugun kun yoshlari fojiasi tilga olingan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozuvchining hikoyalardan iborat „Ikki qalb uchrashuvi“ (2019) va Qoʻrqma kitoblari chop etilgan. „Issiq qor“ (Usmon Nosir haqida) dramasi Muqimiy nomidagi Musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan. Asarlari rus, ingliz va turk tillariga tarjima qilingan.
Qoʻrqma asari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qoʻrqma“ asari uchun yozuvchi Javlon Jovliyev 2021-yil Tahsin mukofoti va Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari yozuvchiga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan 30 million soʻmlik sertifikat ham topshirildi. Asar muallifiga Afgʻonistonning „Oltin qalam“ mukofoti topshirildi. Asar „Yosh kitobxon“ respublika koʻrik tanlovining oʻqilishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritildi[1].
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan monitoring qilinib, „Qoʻrqma“da kelgan ayrim jumlalar oʻquvchi ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishi haqida aytib oʻtildi[1][2]. Lekin AOKAning xulosasi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab kitobxonlar, blogerlar va adabiyotshunoslarning tanqidiga sabab boʻldi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „«Қўрқма» кимларни қўрқитди? Роман атрофидаги шов-шувли воқеалар ҳақида“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 6 август. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
- ↑ „“Қўрқма” китобида қандай имловий, услубий хатолар, нотўғри маълумотлар ва ўқувчи онгига салбий таъсирли лавҳалар бор?“. Human.uz. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.
- ↑ Фахриддин Низом, Акром Малик. „"Қўрқма" кимни қўрқитди?! - Сўз мутахассисларга“. Human.uz. 2022-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Javlon Jovliyevga tegishli iqtiboslar mavjud. |