Kabutardan suratga olish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birinchi jahon urushi paytida foydalanilgan kamerali kaptar

Kabutardan suratga olish — 1907-yilda nemis farmatsevti Julius Neubronner tomonidan ixtiro qilingan havodan suratga olish usuli. Neubronner dori-darmonlarni yetkazib berish uchun ham kaptarlardan ham foydalangan. Tashuvchi kaptar koʻkragiga alyuminiydan yasalgan jabduqlar oʻrnatilgan va unga kichik kamerani oʻrnatish mumkin boʻlgan. Neubronner 1907-yilda ixtiroga nemis patentini olish uchun ariza bergan va ushbu arizasi avvaliga rad etilgan. Lekin 1908-yil dekabr oyida u kaptarlari tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlaganidan soʻng patent olishga muvaffaq boʻlgan. U 1909-yilgi Drezden xalqaro fotokoʻrgazmasida ushbu texnikani eʼlon qildi. Baʼzi rasmlarni Frankfurt xalqaro aviatsiya koʻrgazmasida, shuningdek, 1910- va 1911-yillardagi Parij havo koʻrgazmalarida otkritka sifatida sotdi.

Dastlab, kaptarlardan suratga olish ixtirosini havodan razvedka qilishda ham foydalanib koʻrildi. Birinchi jahon urushidagi jangovar sharoitlarda dalada oʻtkazilgan jang maydonidagi sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ammo urush davrida aviatsiyaning jadal rivojlanishi tufayli kaptarlarga boʻlgan ehtiyojni susaydi va Neubronner oʻz tajribalaridan voz kechdi. Bu gʻoya 1930-yillarda shveysariyalik soatsoz tomonidan, shuningdek, nemis va fransuz harbiylari tomonidan qisqa vaqt ichida qayta tiklangan. Ikkinchi Jahon urushi paytida kaptarlardan foydalanish keng tarqalgan boʻlsa-da, qushlar havodan razvedka qilishda qanchalik ishtirok etgani nomaʼlum. Keyinchalik Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) josuslik uchun moʻljallangan akkumumlyatorli kamerani ishlab chiqdi. Foydalanish tafsilotlari davlat siriligicha boʻlib qoldi.

Taymer mexanizmiga ega kichik va yengil kameralarni yasash, qushlarni kerakli yuklarni koʻtarishga oʻrgatish katta qiyinchiliklar tugʻdirdi. 2004-yilda Britaniya radioeshittirish korporatsiyasi (BBC) jonli tasvirlarni olish uchun lochinlar va accipiter gentilislarga biriktirilgan kameralaridan foydalangan. Shuningdek, bugungi kunda baʼzi tadqiqotchilar, ishqibozlar va rassomlar xuddi shunday tarzda hayvonlarga kichik kameralarni oʻrnatishadi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrt yoshli tashuvchi kaptar[1]
Domye Onore. Nadar fotografiyani sanʼat darajasiga koʻtarmoqda

Birinchi aerofotosuratlar 1858-yilda sharchi Nadar tomonidan olingan; 1860-yilda esa James Wallace Black havo sharidan aerofotosuratlarni olgan[2]. Fotografiya texnikasi yana-da rivojlanib borar ekan, XIX asrning oxirida baʼzi kashshoflar kameralarni uchuvchisiz uchuvchi jismlarga joylashtirganlar. 1880-yillarda Artur Batut varraklar orqali havodan suratga olishni tajriba qilib koʻrdi. 1896-yilda William Abner Eddy tomonidan ushbu usul bilan olingan Bostonning yuqori sifatli fotosuratlari mashhur boʻldi. Amedee Denisse 1888-yilda raketani kamera va parashyut bilan jihozladi. 1897-yilda Alfred Nobel raketalar orqali suratga olishni ham sinab koʻrgan[3][4].

XIX asrda va XX asr boshlarida tashuvchi kabutarlardan ham fuqarolik, ham harbiy tashkilotlarda ham keng foydalanilgan. 1870-yilgi Fransiya-Prussiya urushida Parijning mashhur kaptar pochtasi Tuorsdan qamal ostidagi poytaxtga bir kaptar parvozi uchun 50 000 tagacha mikroformalangan telegrammalarni olib yurgan. Hammasi boʻlib 150 ming shaxsiy shaxsiy telegrammalar va davlat joʻnatmalari yetkazilgan[5]. 1889-yilda Sankt-Peterburgdagi Rossiya texnik jamiyati shardan fotosuratlar olish yoʻli bilan eksperiment oʻtkazilgan va keyin fotoplastinkalar kaptar yordamida yerga yuborilgan[6].

Julius Neubronner[tahrir | manbasini tahrirlash]

Julius Neubronner (1914)

1903-yilda Germaniyaning Frankfurt yaqinidagi Kronberg im Taunus shahrida farmatsevt Julius Neubronner yarim asr oldin otasi boshlab qoʻygan ishlarni davom ettirdi: tashuvchi kaptari orqali Königstein im Taunus yaqinidagi sanatoriyga retsept yubordi. U xuddi shu usul bilan 75 gram (2.6 oz) gacha shoshilinch dori-darmonlarni yetkazib berardi. Neubronner koʻproq daromad olishi uchun kaptarlarni ulgurji sotuvchilarga yubordi. Uch yil oʻtgach, sanatoriyning yopilishi munosabati bilan kaptarlardan foydalanish toʻxtatiladi. Bir kuni, uning kaptarlaridan biri tumanda yoʻnalishini yoʻqotib, toʻrt hafta kechikib keladi. Neubronnerda oʻz kaptarlari yoʻllarini kuzatish uchun kameralar bilan jihozlash gʻoyasi paydo boʻladi. Neubronnening ikkita sevimli mashgʻulot bor edi: havaskor fotografiya va tashuvchi kaptar bilan shugʻullanish. Tashuvchi kaptarlarga kameralar oʻrnatish ortidan u 2 sevimli mashgʻulotini bir qildi (Keyinchalik Neubronne kaptarning egasi Wiesbadendagi restoran oshpazi ekanligini bildi)[7].

Kichik soat mexanizmiga ega kameraning poyezdda va chanadagi muvaffaqiyatli sinovidan soʻng[7], Neubronner jabduq va kichik alyuminiy sovut yordamida kaptarning koʻkragiga oʻrnatsa boʻladigan kamerani ishlab chiqishni boshladi. Unga ogʻirligi 30 grammdan 75 grammgacha boʻlgan yogʻochli korpusga ega kamera modellaridan foydalandi[8]. Aerofotosuratga olish uchun Neubronner kaptarni oʻz uyidan 100 kilometr (60 mi) uzoqlikdagi joyga olib bordi. Kabutar kamera bilan jihozlangan va qoʻyib yuborilgan[9]. Oʻz yukidan xalos boʻlishni xohlaydigan qushlar odatda toʻgʻri yoʻlda, 50 dan 100 metrgacha (160 dan 330 futgacha) balandlikda uyga uchib ketardi[10]. Kameradagi pnevmatik sistema rasmga olishdan oldingi kechikish vaqtini nazorat qilib turgan. Kaptarxonada kaptarlar uchun elastik, keng qoʻnish yoʻlakchasi va katta kirish teshigi bor edi[8].

Yuqori chap burchakda: Schlosshotel Kronbergdagi imperator qarorgoning havodan olingan fotosurati.
Pastki chap va markazda: Frankfurt.
Oʻngda: kameralar oʻrnatilgan kabutarlar.
Patentlangan ikki linzali kaptar kamerasining kesmasi va pnevmatik tortishish kechiktirish tizimining ishlash prinsipi
Qushning koʻkragiga qoʻyiladigan kamerali jabduq

Neubronnerning soʻzlariga koʻra, kamerasining oʻnlab turli modellari boʻlgan. 1907-yilda u patent olishga muvaffaq boʻldi. Dastlab uning ixtirosi „Yuqoridan landshaftlarni suratga olish usuli va vositalari“ Germaniya patent idorasi tomonidan rad etilgan. Ammo kaptar tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlaganidan soʻng 1908-yil dekabrida patent oldi[11][12] (Tashuvchi kabutarlarining koʻtarish qobiliyati haqidagi notoʻgʻri tushuncha tufayli Germaniya patent idorasining raddiyasi asosli edi[9]). Texnologiya Neubronnerning 1909-yilda Drezdenda boʻlib oʻtgan Xalqaro fotokoʻrgazmasi[13] va 1909-yilda Frankfurtda boʻlib oʻtgan Xalqaro aviatsiya koʻrgazmasidagi ishtiroki tufayli koʻpchilikka maʼlum boʻldi. Drezdendagi tomoshabinlar kaptarlarning kelishini tomosha qila olishardi. Kaptarlar olib kelgan aerofotosuratlar otkritkaga aylantirildi[2][14]. Neubronnerning fotosuratlari Drezdenda, shuningdek, 1910- va 1911-yillardagi Parij havo koʻrgazmalarida sovrinlarni qoʻlga kiritdi[15].

Schlosshotel Kronberg saroyining (oʻsha paytda uning egasi Kaiserin Friedrich sharafiga Schloss Friedrichshof deb nomlangan) fotosurati „fotosuratchi“ qanotlarining tasodifan surat chetiga tushib qolishi ortidan mashhur boʻldi. Ushbu tasvirning mualliflik huquqi buzilgan holda 1929-yilda haftalik kinoxronikaning bir qismi sifatida nemis kinoteatrlarida namoyish etildi[16].

Neubronner 1909-yilda nashr etilgan risolada beshta kamera modelini tasvirlab berdi:

  • Patentda tasvirlangan „ikkitalik kamera“ qarama-qarshi yoʻnalishda (oldinga/orqaga) yoʻnaltirilgan ikkita linzaga ega boʻlib, ularning har biri fokus masofasi 40 mm boʻlgan. Yagona fokusli zatvor tomonidan nazorat qilinadigan kamera pnevmatik tizim tomonidan belgilangan vaqtda bir vaqtning oʻzida ikkita fotoplastinka ekspozitsiyasini olishi mumkin.
  • Stereoskopik kamera oʻxshash xususiyatlarga ega, lekin ikkala linzalar bir xil yoʻnalishga ishora qiladi.
  • Model plyonkani orqaga oʻrash tizimi bilan jihozlangan va ketma-ket bir nechta suratga olish mumkin boʻlgan.
  • Bir modelning linzalari fokusli garmoshkaga oʻrnatilgan edi. Qaychi mexanizmi tufayli model kengayish va yigʻilish imkoniyatiga ega boʻlgan. Ushbu mexanizm fokus uzunligi 85 mm boʻlgan fotoplastinkada 6 sm × 9 sm oʻlchamdagi suratga olish imkonini berdi.
  • Panoramali kamerada 3 sm × 8 sm oʻlchamdagi plyonkada panoramali suratga oldi. Panoramalar 180° ga aylanadigan linza bilan almashtirildi[8]. Bu model Neubronner taxminan 1910-yillarda bozorga chiqarishga uringan Doppel-Sport panoramik kamerasi uchun asos boʻldi. Biroq, ushbu model seriyali ishlab chiqarilmagan[17].

1920-yilda chiqarilgan bir risolada Neubronner oʻzining soʻnggi modelini ogʻirligi 40 gram (1.4 oz) va 12 ta ekspozitsiyani olish qobiliyatiga ega, deb taʼriflagan[11]. 2007-yilda tadqiqotchi linzalar, panoramalar va fotografik axborot vositalarining tezligi haqida juda kam texnik maʼlumotlar mavjudligini taʼkidladi. Ammo Neubronner oʻzining panoramali kamerasi uchun filmni ADOX’dan olganini xabar qildi. Ushbu kamera uchun u fotosurat materialining yorugʻlik sezuvchanligini ISO 25/15° — 40/17° va FPSi (1 soniyada qancha tasvir ola olish qobiliyati) 1/60 s — 1/100 s deb hisoblagan. Film 30 mm × 60 mm formatda kesilgan va linzalarning yarim doira harakati tufayli keraksiz buzilishlarning oldini olish uchun konkav shaklga egilgan[15].

Neubronner 1920-yillarda oʻn yillik mashaqqatli mehnati va sarflangan katta xarajatlari natijasida faqatgina ensiklopediyalarda uning nomining tilga olinishi uning uchun mukofot boʻlganini tushunadi[11]. Neubronnerning panoramali kamerasi Berlindagi Germaniya texnologiya muzeyi va Myunxendagi Deutsches muzeyida namoyish etilgan[18][19].

Birinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1909-yilgi koʻrgazmada Neubronner tomonidan taqdim etilgan mobil kaptarxona va fotolaboratoriya

Neubronnerning ixtirosini, hech boʻlmaganda, qisman, harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin edi. Oʻsha paytda havodan fotografik razvedka qilish bir-muncha mushkul boʻlgan. Chunki tasvirga olish uchun faqat havo shari, varrak va raketalar kabi katta hajmli vositalardan foydalanilgan[11]. 1903-yilda aka-uka Raytlarning muvaffaqiyatli parvozi yangi eshiklarni ochib berdi. Ushbu parvoz ortidan birinchi jahon urushi davrida kuzatuv samolyotlari joriy etildi va takomillashtirildi[11].

Prussiya urush vazirligi ixtiroga qiziqib qoldi. Maʼlum boʻlishicha, kaptarlar portlashlarga nisbatan befarq. Ammo jang paytida kaptarxonani koʻchirishga toʻgʻri kelishi, shuningdek, kabutarlar oʻzining yangi joyini topishiga biroz vaqt ketishi mumkin[11]. Tashuvchi kabutarlarni koʻchma kaptarxonaga qaytarish muammosi 1880-yilda Italiya armiyasida muvaffaqiyatli hal qilindi[20]: Fransiya artilleriyasi kapitani Reynaud kaptarlarni qoʻlga oʻrgatgan edi[21]. Neubronner uning ishi haqida bilgan yoki yoʻqligi nomaʼlum boʻlsa-da, biroq oʻzlari sayohat aravalaridan (furgon) kaptarxona sifatida foydalanaladigan odamlar haqida eshitgani uchun ham masalaning yechim borligiga ishongan. 1909-yilda u Drezden va Frankfurtda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda u yorqin ranglarga boʻyalgan fotografiya laboratoriyasi va mobil kaptarxona joylashgan kichik aravani taqdim etdi. Bir necha oy davomida u yosh kabutarlarni kaptarxona boshqa joyga koʻchirilgandan keyin ham kaptarxonaga qaytishga oʻrgatdi[11].

1909-yilda qoʻyilgan Neubronner oʻzining mobil kaptarxonasidan foydalanib, Tegeldagi suv inshootlarini suratga kaptarlar orqali suratga olishni reja qilib qoʻygan edi. Bu rejasini 1912-yilda muvaffaqiyatli amalga oshirdi[14]. Deyarli 10 yillik muzokaralar 1914-yilning avgustida ixtironi Strasburgda manyovrlarda tajriba qilib koʻrish bilan yakunlandi. Neubronner oʻzining barcha kaptarlari va jihozlarini harbiylarga berdi, harbiylar esa ularni jang maydonida sinab koʻrdilar. Sinov muvaffaqiyatli boʻldi. Ammo, shunga qaramay, harbiylar bu usulni keng qoʻllashmadi[11][22].

Buning oʻrniga, kaptarlar xatlarni yetkazishda foydalanib qoʻya qolindi. Neubronnerning mobil kaptarxonasi Verdun jangida ishlatilgan. Xususan, urushda shunchalik foyda keltirdiki, Sommedagi jangda shunga oʻxshash qurilmalar keng miqyosda ishlatilgan[11]. Urush tugagandan soʻng, Urush Vazirligi Neubronnerning soʻroviga javoban, unga havodan suratga olish uchun kaptarlardan foydalanish harbiy ahamiyatga ega emasligi va keyingi tajribalar oqlanmaganligini maʼlum qildi[14].

Vashingtondagi Xalqaro josuslik muzeyi kaptar kamerasining nusxasi mavjud[23].

Ikkinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamerali kaptar bilan nemis askari oʻyinchogʻi
Shveysariya patentidan olingan rasm

Birinchi jahon urushidan keyin harbiy idoraning pozitsiyasiga qaramay, 1932-yilda nemis armiyasi kaptarlarni suratga olishga oʻrgatganligi va yangi nemis kameralari parvoz paytida ikki yuztagacha fotosurat olishga qodir ekanligi maʼlum boʻldi[24]. Oʻsha yili fransuzlar kabutarlar uchun plyonkali kameralar, shuningdek, oʻrgatilgan itlar yordamida qushlarni dushman ortidan qoʻyib yuborish usulini ishlab chiqqanliklarini daʼvo qilishdi[25].

Ikkinchi jahon urushi davrida urush kaptarlari va mobil kaptarxonalar keng qoʻllanilgan boʻlsa-da, ular havodan suratga olish uchun qay darajada ishlatilgani nomaʼlum. 1942-yilgi hisobotga koʻra, Sovet armiyasi ichida besh daqiqalik oraliqda suratga oladigan kaptar kameralari mavjud boʻlgan tashlandiq nemis yuk mashinalarini, shuningdek, savatlarda kaptarlarni tashishga oʻrgatilgan itlarni topdi[26]. 1943-yil oxirida Ittifoqchilar Amerika qoʻshinlari ushbu texnikani qoʻllash imkoniyatidan xabardor ekanligi maʼlum qilishdi[27].

Ikkinchi jahon urushi davrida kamerali kaptarni ushlab turgan nemis askari oʻyinchogʻi ishlab chiqarilgan. Taxminan 1935-yildan boshlab oʻyinchoq „Elastolin“ brendi ostida ishlab chiqarila boshlandi. Haykalcha kamera koʻtarib turgan kaptarni qoʻyib yuborayotgan askarni va askarning yonidagi kaptarlarni tashishga oʻrgatilgan qafasga ega itni tasvirlaydi[28].

XX asr 1-choragida Shmidrüdlik shveysar soatsoz Christian Adrian Michel (1912—1980) kaptar kamerasini ishlab chiqardi[29]. 1931-yilda Shveysariya armiyasining kaptarlarni tashish xizmatiga tayinlangan va 1933-yilda u Neubronnerning kaptar kamerasini 16 mm plyonkaga moslashtirish, birinchi suratga olishdan oldin kechikishni nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish va plyonkani kadrlar orasidagi orqaga qaytarish ustida ishlay boshladi. Michelning kamerasi 1937-yilda Shveysariya, Germaniya, Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyada patentlangan, atigi 70 gram (2.5 oz) ogʻirlikda boʻlgan. Shuningdek, ushbu kamera soat mexanizmi bilan boshqariladigan taymerli birinchi kamera boʻlgan boʻlishi mumkin[30][31].

Michelning Shveysariya armiyasiga fotoapparat sotish rejasi barbod boʻldi, chunki Michel kameralarni kerakli miqdorda ishlab chiqarishga qodir ishlab chiqaruvchini topa olmadi. Hammasi boʻlib, faqat 100 ga yaqin kameralar yigʻildi[17]. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, Michel plyonkali rulonlarini tashish uchun oʻram va jabduqlarni patentladi[32]. 2002—2007-yillar oraligʻida uning uchta kamerasi Londondagi Christie's kim oshdi savdosida sotilgan[29].

Vevey shahridagi Shveysariya fotosuratlar muzeyida (fransuzcha: Musée suisse de l'appareil photographique) Michel tomonidan kamerani yaratish paytida olingan 1000 ga yaqin fotosuratlar saqlanadi[33]. Fotosuratlarning aksariyati ISO 8/10° tezlikda 16 mm li ortopankromatik Agfa plyonkasi bilan olingan. Kadr oʻlchami 10 mm × 34 mm. Ushbu oʻlcham tasvirni oʻn barobar kattalashtirish uchun yetarli boʻlgan[31]. 2007-yilgi „Des pigeons photographes?“ (tarjimasi „Kaptarlar suratga oladimi?“ nomli koʻrgazma katalogida suratlar bir necha guruhlarga ajratilgan edi: sinov tariqasida yerdan yoki derazadan olingan suratlar; yerdan yoki yuqori nuqtalardan kaptarlarning inson nigohida koʻrinishidagi suratlar; samolyotda olingan aeorofotosuratlar; nisbatan yuqori balandlikdan samolyotdan qoʻyib yuborilgan kaptarlarga oʻrnatilgan kameralar orqali olingan boʻlishi ehtimolligi mavjud aeorofotosurotlar; odatiy turdagi kam sonli kaptarlar suratlari[33][34]

Ikkinchi jahon urushidan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy razvedka boshqarmasi muzeyidagi kaptar kamerasi

1967-yilda „The Avengers“ teleserialining „The Bird Who Knew Too Much“ (tarjimasi „Juda koʻp narsani bilgan qush“) epizodida chet ellik josuslar Britaniyaning maxfiy bazasining fotosuratlarini olish uchun kabutarlar va maʼlumotni mamlakatdan yashirincha olib chiqish uchun gapiruvchi toʻtiqushdan foydalanadilar. Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) batareya bilan boshqariladigan kaptar kamerasini ishlab chiqqan, u hozirda Markaziy razvedka boshqarmasi muzeyining saytida virtual sayohatda namoyish etiladi. Veb-saytida kameradan foydalanish tafsilotlari haqida batafsil maʼlumotlar tasniflangan[35]. Maʼumotlar shuni koʻrsatadiki, kamera 1970-yillarda Sovuq urushda ishlatilgan[36], kaptarlar samolyotlardan qoʻyib yuborilgan, ammo bu ish muvaffaqiyatsiz boʻlgan[37]. 1978-yilda Shveysariyaning L'Illustré jurnali Febo de Vries-Baumannning gidravlik mexanizmli kamera bilan jihozlangan kaptari tomonidan olingan Bazel koʻchasi aerofotosuratini chop etdi[17]. 2002—2003-yillarda kabutarlar ishqibozi Amos Latteier Advanced Photo System (APS) va raqamli kameralar yordamida kaptarlarni suratga olish bilan tajriba oʻtkazdi. Natijalarni Oregon shtatining Portlend shahrida „PowerPointillist“ maʼruza chiqishlarida koʻrsatdi[38]. Nemis rejissyori Arend Agthening 2008-yilda suratga olingan „Uyqudagi malika“ filmida shahzoda kaptarlardan surat olish usulini oʻylab topadi va kaptar tomonidan olingan suratda „Uyqudagi malika“ni kashf etadi[39].

1980-yillarda Rolf Oberländer tomonidan yuqori sifatli Doppel-Sport kameralarining kam sonli nusxalari ishlab chiqarilgan[17]. Ulardan birini 1999-yilda Veveydagi Shveysariya kameralar muzeyi sotib olgan[17].

Zamonaviy texnologiyalar ushbu prinsipni videokameralarga kengaytirish imkonini beradi. 2004-yilda BBCAnimal Camera“ (tarjimasi „Hayvon kamerasi“) dasturida Steve Leonard burgutlar, lochinlar va Accipitrinaelar ustiga qoʻyilgan kameralar tomonidan olingan hujjatli filmlarni taqdim etdi. Kameralarning ogʻirligi 28 gram (1 oz)[40]. Kaptarlardagi videokameralarga kichik raqamli audio pleyerlarni ham biriktirish mumkin[41]. 2009-yilda olimlar albatroslarga mini kameralar oʻrnatishdi. Oʻlchami lab boʻyogʻi qutisiday keladigan kamera har 30 soniyada suratga olardi[42]. Hozirda tadqiqotchilar va hayvonlarni sevuvchilar mushuk va it kabi uy hayvonlariga kameralar oʻrnatishadi[43].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hildebrandt, Alfred (1907), Die Luftschiffahrt nach ihrer geschichtlichen und gegenwärtigen Entwicklung (nemischa), München: Oldenbourg, 395–397-bet.
  2. 2,0 2,1 Professional Aerial Photographers Association (2007), „History of aerial photography“, papainternational.org, 2011-01-11da asl nusxadan arxivlandi.
  3. Hildebrandt, Alfred (1907), Die Luftschiffahrt nach ihrer geschichtlichen und gegenwärtigen Entwicklung (nemischa), München: Oldenbourg, 384–386-bet.
  4. Mattison, David (2008), „Aerial photography“, in Hannavy, John (muh.), Encyclopedia of Nineteenth-century Photography, 12–15-bet, ISBN 978-0-415-97235-2.
  5. Dagron, Prudent René Patrice (1870), La poste par pigeons voyageurs, Paris: Lahure, 21-bet.
  6. Hildebrandt, Alfred (1907), Die Luftschiffahrt nach ihrer geschichtlichen und gegenwärtigen Entwicklung (nemischa), München: Oldenbourg, 406-bet.
  7. 7,0 7,1 Neubronner, Julius (1910), „Die Photographie mit Brieftauben“, in Wachsmuth, Richard (muh.), Denkschrift der Ersten Internationalen Luftschiffahrts-Ausstellung (Ila) zu Frankfurt a.M. 1909 (nemischa), Berlin: Julius Springer, 77–96-bet.
  8. 8,0 8,1 8,2 Neubronner, Julius (1908), „Die Brieftaube als Photograph“, Die Umschau, 12-jild, № 41, 814–818-bet.
  9. 9,0 9,1 Gradenwitz, Alfred (1908), „Pigeons as picture-makers“, Technical World Magazine, 10-jild, 485–487-bet.
  10. Feldhaus, F.M. (1910), „Taubenpost“, Ruhmesblätter der Technik – Von den Urerfindungen bis zur Gegenwart (nemischa), Leipzig: Brandstetter, 544–553-bet.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 11,8 Neubronner, Julius (1920), 55 Jahre Liebhaberphotograph: Erinnerungen mitgeteilt bei Gelegenheit des fünfzehnjährigen Bestehens der Fabrik für Trockenklebematerial (nemischa), Frankfurt am Main: Gebrüder Knauer, 23–31-bet, OCLC 3113299.
  12. German patent DE 204721 („Verfahren und Vorrichtung zum Photographieren von Geländeabschnitten aus der Vogelperspektive“), Neubronner, Julius, issued 1908-12-02, filed 1907-06-20. Neubronner also obtained corresponding patents in France („Procédé et appareil pour prendre des vues photographiques de paysages de haut en bas“), the United Kingdom („Method of and Means for Taking Photographs of Landscapes from Above“) and Austria („Vorrichtung zum Photographieren von Geländeabschnitten aus der Vogelperspektive“).
  13. „Les pigeons photographes“, Le Matin (fransuzcha), 1909-06-12.
  14. 14,0 14,1 14,2 Brons, Franziska (2006), „Faksimile: "siehe oben"“, in Bredekamp, Horst; Bruhn, Matthias; Werner, Gabriele (muh.), Bilder ohne Betrachter (nemischa), Akademie Verlag, 58–63-bet, ISBN 978-3-05-004286-2.
  15. 15,0 15,1 Wittenburg, Jan-Peter (2007), „Photographie aus der Vogelschau: zur Geschichte der Brieftaubenkamera“, Photo Deal (nemischa), 4-jild, № 59, 16–22-bet.
  16. Brons, Franziska (2006), „Bilder im Fluge: Julius Neubronners Brieftaubenfotografie“, Fotogeschichte (nemischa), 26-jild, № 100, 17–36-bet.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Des pigeons photographes? (PDF) (fransuzcha), Vevey: Musée suisse de l'appareil photographique, 2007, 4–11-bet, 6 July 2011da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 16 April 2013.
  18. Deutsches Museum München (2007), „New Exhibition: Photo + Film“, deutsches-museum.de (nemischa), 2011-01-11da asl nusxadan arxivlandi.
  19. Deutsches Technikmuseum Berlin (2007), Faszination des Augenblicks: Eine Technikgeschichte der Fotografie (PDF) (nemischa), 4–13-bet.
  20. Etat-Major Des Armées, France (1886), „Les colombiers militaires en Italie“, Revue militaire de l'étranger (fransuzcha), 30-jild, 481–490-bet.
  21. Reynaud, G. (1898), „Les lois de l'orientation chez les animaux“, Revue des deux mondes (fransuzcha), 380–402-bet.
  22. „The pigeon spy and his work in war“, Popular Science Monthly, 88-jild, № 1, 30–31-bet, 1916.
  23. „Pigeon Camera“ (en). International Spy Museum. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  24. „Carrier pigeons take photos automatically“, Popular Mechanics, Hearst Magazines, 57-jild, № 2, 216-bet, February 1932, ISSN 0032-4558 „Carrier pigeons with cameras“, The Canberra Times, 2-bet, 1932-04-13.
  25. „Le pigeon espion“, Lectures Pour Tous (fransuzcha), 55-bet, February 1932.
  26. „Pigeons carry cameras to spy for Nazi army“, Popular Mechanics, Hearst Magazines, 33-bet, September 1942.
  27. „Pigeons as birds of war“, Flight and the Aircraft Engineer, 455–457-bet, 1943-10-21.
  28. Schnug, Ernst (1988), „Die Fototaube“, Figuren-Magazin (nemischa), № 1, 17–19-bet.
  29. 29,0 29,1 Christieʼs auctions: Pigeon camera model A no. 948. Sale 9509, Lot 500. South Kensington, 2002-11-19. Pigeon camera Model B no. 937. Sale 9965, Lot 266. South Kensington, 2004-11-16. Pigeon camera Model A no. 803. Sale 5144, Lot 378. South Kensington, 2007-06-06.
  30. Swiss patent CH 192864 („Photographieapparat mit schwenkbarem, mit selbsttätiger Auslösung versehenem Objektiv, insbesondere für Brieftauben“), published 1937-12-01, issued 1937-09-15, filed 1936-02-03. Michel also obtained corresponding patents in Germany („Panoramakamera mit schwenkbarem Objektiv, insbesondere für Brieftauben“), France („Appareil photographique à déclenchement automatique, particulièrement pour pigeons-messagers“), Belgium („Appareil photographique à déclenchement automatique, particulièrement pour pigeons-messagers“) and the United Kingdom („Improvements in or relating to Panoramic-cameras“).
  31. 31,0 31,1 Häfliger, Rolf (2008), „Eine Brieftaubenkamera aus der Schweiz?“, Photographica Cabinett (nemischa), № 45, 34–43-bet.
  32. Swiss patents CH 214355 („Traggerät für Brieftauben“) and CH 214356 („Depeschenhülse für Brieftaube“), Michel, Christian Adrian, published 1941-07-16, issued 1941-04-30, filed 1940-06-22.
  33. 33,0 33,1 Des pigeons photographes? (PDF) (fransuzcha), Vevey: Musée suisse de l'appareil photographique, 2007, 16–29-bet, 6 July 2011da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 16 April 2013.
  34. Berger, Olivier (2008), Rapport concernant le traitement de conservation-restauration d'une série de petits appareils photographiques pour pigeons (PDF) (fransuzcha), 4-bet, 2011-07-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi.
  35. „CIA Museum virtual tour“, cia.gov, 2011-01-11da asl nusxadan arxivlandi.
  36. Bridis, Ted (2003-12-26), „CIA gadgets: robot fish, pigeon camera, jungle microphones“, USA Today, 2009-12-29da asl nusxadan arxivlandi.
  37. Eisler, Peter (2008-07-14), „True to form, CIA keeps its spy museum hush-hush“, USA Today, 2011-06-23da asl nusxadan arxivlandi.
  38. Latteier, Amos, „A report on pigeon aerial photography“ (PDF), Homepage, 2011-03-24da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Yana qarang:
  39. Goldener Spatz 2009 (Katalog) (nemischa), Deutsche Kindermedienstiftung Goldener Spatz, 78-bet.
  40. „Airborne“. Animal Camera. 2004-03-05. BBC. BBC one.
  41. Newpigeonguy kanali YouTubeda, retrieved on 2011-04-09.
  42. Sakamoto, Kentaro Q.; Takahashi, Akinori; Iwata, Takashi; Trathan, Philip N. (2009), Earley, Ryan L. (muh.), „From the Eye of the Albatrosses: A Bird-Borne Camera Shows an Association between Albatrosses and a Killer Whale in the Southern Ocean“, PLOS ONE, 4-jild, № 10, e7322-bet, Bibcode:2009PLoSO...4.7322S, doi:10.1371/journal.pone.0007322, PMC 2752807, PMID 19809497. See also:
  43. „A dog cam? Seth Lakeman leads the way“. // dailymail.co.uk. 2012-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-aprel. (ingl.)

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neubronnerga aloqador
  • Brons, Franziska (2006), „Bilder im Fluge: Julius Neubronners Brieftaubenfotografie“, Fotogeschichte (nemischa), 26 (100): 17–36.
  • Gradenwitz, Alfred (1908), „Les pigeons photographes“, L'Illustration (fransuzcha) (3429): 322ff.
  • Neubronner, Julius (1909), Die Brieftaubenphotographie und ihre Bedeutung für die Kriegskunst, als Doppelsport, für die Wissenschaft und im Dienste der Presse. Nebst einem Anhang: 'Die Kritik des Auslandes' (nemischa), Dresden: Wilhelm Baensch.
  • Neubronner, Julius (1910), „Die Photographie mit Brieftauben“, in Wachsmuth, Richard (muh.), Denkschrift der Ersten Internationalen Luftschiffahrts-Ausstellung (Ila) zu Frankfurt a.M. 1909 (nemischa), Berlin: Julius Springer, 77–96-bet, OCLC 44169647.
  • Oelze, Friedrich Wilhelm (1910), Brieftaubensport und Brieftaubenphotographie, Miniatur-Bibliothek für Sport und Spiel (nemischa), 30–31-jild, Leipzig, Berlin, Frankfurt a. M., Paris: Grethlein, OCLC 251937979.
  • Wittenburg, Jan-Peter (2007), „Photographie aus der Vogelschau: zur Geschichte der Brieftaubenkamera“, Photo Deal (nemischa), 4 (59): 16–22.
Michelga aloqador

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]