Kontent qismiga oʻtish

Karl-Heinz Rummenigge

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karl-Heinz Rummeniggegadan yoʻnaltirildi)
Karl-Heinz Rummenigge
Rummenigge 2015-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-sentyabr 1955-yil (1955-09-25) (69 yosh)
Tavallud joyi Lippstadt, Gʻarbiy Olmoniya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1963–1974 SV Lippstadt 08
Total 424 (220)
Xalqaro medallar

Karl-Heinz Rummenigge (talaffuzi: Karl-Hayns „Kalle“ Rummenigge) – olmon futbolchisidir.

Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Lippshtadt hududida 1955-yil 25-sentyabrda tugʻilgan. Uning laqabi „Kalle“ boʻlgan.

Faoliyatining asosiy qismini Bavariya klubida oʻtkazgan. Uning tarkibida ikki marta Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi, ikki marta Yevropa chempionlar kubogi sohibi va Qitʼalararo kubok sohibi boʻlgan.

1976-1986-yillar orasida Germaniya terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa tarkibida 1980-yilYevropa chempioni boʻldi, 1982 va 1986-yillardagi Jahon chempionatlarida kumush medal egasi boʻldi.

Ikki marta Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, „Oltin toʻp“ga munosib koʻrilgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karl-Heinz Rummenigge Shimoliy Reyn-Vestfaliyasidagi Lippshtadt shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini „Borussiya Lippshtadt“ havaskor klubida boshlagan. Oʻzidan 3-4 yosh kattalar bilan oʻynagan. Karl-Heinzning koʻrsatkichlari yuqori boʻlib, bir mavsumda 96 ta gol urgan, bir oʻyinda 16 ta gol urgan vaqti ham boʻlgan. Klubining asosiy jamoasiga qabul qilingan.

1974-yil yozida Rummenigge Germaniyaning eng yaxshi klublaridan biri – „Bavariya“ klubiga oʻsha vaqtda yirik summa boʻlgan 10000 marka evaziga transfer qilingan. Darhol asosiy tarkibga kirgan hujumchi ilk mavsumida barcha musobaqalarda 15 tadan ortiq gol urolmadi. Bu yillar davomida myunxenliklar ikki marta Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritishdi, ammo chempionatda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishmadi. Rummenigge uchun ham, jamoa uchun ham tarkib yoshartirilgandan keyin sovrinlarni qoʻlga kirita boshlashdi. Gerd Muller ketgandan soʻng, Karl-Heinz jamoaning hujumida yetakchisiga aylandi. 1979/80-yilgi mavsumda „Bavariya“ 6 yillik tanaffusdan soʻng chempionlikni qoʻlga kiritdi. Rummeniggening bir oʻzi 26 ta gol urib chempionat toʻpurari boʻldi. Keyingi mavsumda 29 ta gol urdi va „Bavariya“ klubi ikkinchi chempionlikni oldi. Har ikki mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida topilib, „Oltin toʻp“ mukofotini oldi.

1980-yillar boshida Rummenigge „Bavariya“ning asosiy yulduzi edi, lekin uning jamoadoshlari saviya jihatdan ancha oʻsishi zarur edi. Shu sababli xalqaro maydonda klubi bilan muvaffaqiyatsiz harakat qilardi. Karl-Heinz uzoqdan aniqlikda kuchli zarba yoʻllay olardi, driblingga ega edi va boshi bilan yaxshi oʻynardi. Rummenigge oʻtgan mavsumda jamoasi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritdi, oʻzi esa 3-marta bundesliga toʻpurarlar poygasida gʻalaba qildi.

29 yoshida Milanning „Inter“ klubiga oʻtdi va uch mavsum toʻp surib, yangi sovrinlarni qoʻlga kirita olmadi. Bu vaqtga kelib uning oʻyinida pasayish ham boshlangan edi. Faoliyatining oxirida Shveysariyaning „Servett“ klubi futbolchisiga aylandi. Faoliyatining soʻnggi mavsumida Shveysariya chempionatining toʻpurari boʻldi va eng yaxshi legioner futbolchisi deb topildi. 1989-yilda hujumchi futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Butun futbolchilik faoliyati davomida 426 ta oʻyinda 221 ta gol urgan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1982-yilda

1976-yil Rummenigge Germaniya terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. Ikki yildan soʻng oʻzining ilk jahon chempiontiga chiqdi. Musobaqada Meksika bilan oʻyinda dubl qayd etdi. Shuningdek, avstriyaliklar bilan oʻyinda ham gol urdi. 1980-yil terma jamoa bilan Yevropa chempioni boʻldi.

Ispaniyadagi Jahon chempionatida Karl-Heinz sardorligidagi terma jamoa juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Avvaliga Jazoirga qarshi oʻyinda nemislarning musobaqadagi ilk golini urdi, lekin nemislar Jazoirga 1:2 ga yutqazishdi. Ikkinchi oʻyinda Chili terma jamoasiga uchta gol urdi. Fransiyaga qarshi yarim final oʻyining qoʻshimcha boʻlimida 1:3 ga nemislar magʻlubiyatga uchrayotgan mahalda, zahiradan maydonga tushdi. Oʻyinda fransuzlarning darvoza tomon tepgan deyarli gol boʻlishi mumkin boʻlgan zarbasini qaytarib qoldi, oʻzi esa jamoasining uchinchi golini urdi. Germaniya shundan soʻng penaltilar seriyasida Fransiyani musobaqadan chiqarib yuborib, oʻzlari finalga yoʻl oldi. Finalda Germaniya terma jamoasi Italiyaga 1:3 hisobda magʻlub boʻldi.

Karl-Heinz Rummenigge uchun muvaffaqiyatsiz kechgan Yevro-1984 turniridan soʻng, Rummenigge 1986-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Terma jamoa bilan yana finalgacha yetib bordi. Finalda esa Maradona boshchiligidagi Argentina nemislarni 2:0 hisobda magʻlubiyatga uchratdi. Musobaqa yakunidan soʻng Rummenigge terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Terma jamoa safida 95 ta oʻyinda 45 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil 25-noyabrda Rummenigge „Bavariya“ vitse-prezidenti etib saylandi. 2002-yilning 13-fevralida klub boshqaruv raisi etib saylanishi munosabati bilan oʻz lavozimini tark etdi. Karl-Heinz 2021-yil 1-iyulda Oliver Kahnga lavozimni topshirdi[1][2].

Shu bilan birga 2015-yil 1-sentyabrdan UEFA prezidentining strategik masalalar boʻyicha maslahatchisi va tashkilot boshqaruv aʼzosi ham hisoblanadi (2017-yil 4-sentabrgacha).

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karl-Heinz uylangan. Uning 5 farzandi boʻlib ular uch oʻgʻil va ikki qizdan iborat.

Rummeniggening Michael ismli ukasi ham boʻlib, faoliyati davomida „Bavaria“, „Borussia Dortmund“, „Urava Red Diamonds“ klublari va Olmoniya klublarida futbolchi sifatida professional faoliyat olib borgan.

Jamoaviy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Bavariya"

  • Germaniya chempioni 2 marta-1979/80,1980/81
  • Germaniya kubogi sohibi 2 marta-1982,1984.
  • Yevropa Chempionlar kubogi 2 marta-1975,1976
  • Qitʼalararo kubok sohibi-1976

Terma jamoadagi yutuqlari

  • Jahon chempionati kumush medali sovrindori 2marta – 1982, 1986.
  • Yevropa chempioni-1980

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Oltin toʻp“ sohibi 2 marta – 1980, 1981
  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1980.
  • „Onze Mondial“ soʻrovnomasiga koʻra Yevropaning eng yaxshi futbolchisi – 1980, 1981
  • Germaniya chempionatining eng yaxshi toʻpurari – 1980, 1981, 1984
  • Shveysariya chempionatining eng yaxshi toʻpurari – 1989.
  • Yevropa chempionlar kubogi toʻpurari – 1980/81.
  • Shveysariya chempionatining eng yaxshi xorijlik futbolchisi – 1989.
  • Yevropa chempionati ramziy terma jamoasiga kiritilgan – 1980.
  • 1984-yilgi Yevropa chempionati saralashining eng yaxshi toʻpurari – 7 gol.
  • Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan – 1982.
  • Jahon kubogining kumush butsasi sohibi – 1982.
  • Jahon kubogi bronza toʻpi sohibi – 1982.
  • „Golden Foot“ sohibi – 2009 („Futbol afsonalari“ nominatsiyasi boʻyicha).
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
  • „World Football“ jurnalining XX-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatiga kiritilgan.