Kaxa Maxaradze
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | კახი მალხაზის ძე მახარაძე | ||
Tavallud sanasi | 20-oktyabr 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Tbilisi, Gruziya | ||
Boʻyi | 187 cm (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv (futbol klubi, Toshkent) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2006 | Dinamo (futbol klubi, Tbilisi) | 29 | (2) |
2007 | Chixura | 7 | (0) |
2007—2008 | Dinamo Batumi | 20 | (1) |
2008 | Lokomotiv Tbilisi | 27 | (3) |
2009—2010 | Lokomotiv Toshkent | 23 | (2) |
2011—2015 | Paxtakor (futbol klubi) | 163 | (31) |
2016—2018 | Lokomotiv Toshkent | 124 | (6) |
2019 | Soʻgʻdiyona (futbol klubi) | 26 | (5) |
2020—2022 | Lokomotiv Toshkent[1] | 60 | (4) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004 | Gruziya U19 | 18 | (14) |
2005–2007 | Gruziya U21 | 5 | (2) |
2006–2015 | Gruziya | 162 | (86) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8-sentabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-sentabr 2022-yil uchun) |
Kaxa Malxazovich Maxaradze (gruzincha: კახი მალხაზის ძე მახარაძე ; 1987-yil 20-oktyabr, Tbilisi, Gruziya SSR, SSSR) — gruziyalik futbolchi, yarim himoyachi. 2006-yildan 2015-yilgacha Gurjiston terma jamoasida, 2020-yildan Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda professional faoliyatini Gruziyaning eng mashhur klublaridan biri — "Dinamo"da boshladi va uch mavsum oʻtkazdi, jami uchta oʻyinda ishtirok etdi. 2007-yilgi mavsumda „Dinamo“ga (Batumi) koʻchib oʻtdi, yerda ikki mavsum oʻynadi va oʻn ikkita oʻyinda uchta gol urdi.
2009-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzoladi. „Lokomotiv“da birinchi ligada oʻynagan. Ikki mavsumda oʻn toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 2009-yilda „Lokomotiv“ rasmiy saytida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, „yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[2].
2011-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning mashhur klublaridan biri — Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Paxtakor“ tarkibida u yetakchi futbolchiga aylandi, Osiyo Chempionlar ligasio‘yinlarida ishtirok etdi. 2011-yilda Oʻzbekiston chempionatining bronza medali va Oʻzbekiston kubogi sohibi, 2012-yilda esa Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
2013-2015-yillar oraligʻida Maxaradze „Paxtakor“ sardori boʻlgan[3]. Umumiy hisobda Maxaradze „Paxtakor“ safida 120ta o‘yinda maydonga tushib, 26ta gol urgan. 2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bu shartnoma boʻyicha, 2018-yilning oxirigacha toʻp surgan. 2017-yilda „Oʻzbek futbolining eng nufuzli 30 nafar shaxslari“ roʻyxatidan joy olgan.[4]
Jamoa karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil 18-oktyabr kuni terma jamoalar miqyosida xalqaro o‘yinlarda debyut qilgan. Gruziya[5] yoshlar terma jamoasi tarkibida slovakiyalik tengdoshlariga qarshi oʻynadi va jamoaga 4:2 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hozirgacha Gruziya terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U oxirgi marta 2015-yilning mart oyida Germaniyaga qarshi oʻyinda terma jamoaga chaqirilgandi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Lokomotiv“ tarkibida:
- O‘zbekiston chempioni: 2016, 2017
- O‘zbekiston kubogi sohibi: 2016, 2017
„Paxtakor“ tarkibida:
- O‘zbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015
- O‘zbekiston kubogi sohibi: 2011 yil
- O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2011 yil
Dinamo Tbilisi tarkibida:
- Gruziya chempioni: 2004/2005
- Gruziya Superkubogi sohibi: 2005 yil
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida:
- Klub rasmiy sayti boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009 yil.
Nizolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 4-sentabr oqshomida O‘zbekistondagi bir qator sport nashrlari va futbol klublari elektron pochtasiga Osiyodagi nomdor bukmekerlik kompaniyasi rasmiy vakili nomidan xat jo‘natilgan. Unga ko‘ra, kompaniya Toshkentning „Lokomotiv“ klubini Superliga bahslarida kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda ayblagan. Xatda „temiryo‘lchilar“ sardori Kaxi Maxaradzening nomi qayd etilgan.[6]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi, Malxaz Maxaradze — futbolchi, 1980-yillarning oʻrtalarida Tbilisi „Dinamo“sining mashhur oʻyinchisi. Akasi, Boris Maxaradze — professional futbolchi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kaxi Maxaradze[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Махарадзе “Энг яхши” деб топилди“ (uzbek). FC Lokomotiv Tashkent official site. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan., 11.01.2010
- ↑ „Капитан «Пахтакора» сыграет против чемпиона мира“. 2015-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.
- ↑ 30 samix vliyatelnix lyudey uzbekskogo futbola 2017. Chast 1 (30-21 mesta)
- ↑ „Кахи Махарадзе, Краткое досье“ (russian). УЕФА. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Lokomotiv“ sardori o‘z o‘yiniga pul tikkanmi? Bukmekerlik kompaniyasi barcha dalillarni FIFAga yubormoqchi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kaxa Maxaradze National-Football-Teams.com saytida
- Kaxa Maxaradze WorldFootball.net saytida
- Kaxa Maxaradze Soccerway saytida
- 20-oktyabrda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Tbilisida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Gruziyalik erkak futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- FC Dinamo Tbilisi futbolchilari
- FC Chikhura Sachkhere players
- FC Dinamo Batumi futbolchilari
- Gruziyalik muhojir erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari