Keimyung universiteti
koreyscha: 계명대학교 | |
Shiori | Haqiqat,adolat va sevgi qirolligi |
---|---|
Turi | xususiy |
Asos solingan sanasi | 1899 [1] |
Rektori | Ilhi Synn |
Fakultetlar | 1,884 ta |
Talabalari | 33,035[2] |
Bakalavriat | 30,292 |
Magistratura | 2,098 |
Doktorantura | 608 |
Manzili |
Daegu,Janubiy Koreya |
Veb-sayti | http://www.kmu.ac.kr |
Keimyung universiteti (KMU) – Janubiy Koreyaning toʻrtinchi yirik shahri boʻlgan Daegu shahrida joylashgan xususiy universitet. KMU Janubiy Koreyaning Daegu shahrida uchta kampusga ega. Universitetning Seongseo kampusi Janubiy Koreyadagi eng goʻzal kampuslardan biri sifatida tanilgan[3]. Keimyung universiteti butun dunyo boʻylab 400 dan ortiq tadqiqot va taʼlim tashkilotlari, shuningdek, Janubiy Koreyadagi xalqaro professorlar jamiyati bilan hamkorlik qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keimyung universiteti 1954-yilda AQSh Shimoliy Presviterian cherkovining amerikalik missioneri Reverend Edvard Adams va ikki mahalliy presviterian cherkovi rahnamolari Choy Jaehva va Kang Ingu tomonidan tashkil etilgan. Ularning maqsadi koreyslarga xristian dinini chuqur oʻrgatish, oliy maʼlumotni berish edi. 1978- yil Keimyung universitet maqomiga koʻtarilgan. 1980-yil oktyabr oyida universitet 81 yillik xizmat tarixiga ega boʻlgan nufuzli mahalliy shifoxona „Dongsan Presviterian kasalxonasi“ bilan birlashtirildi va universitet Keimyung universiteti tibbiyot markazi sifatida qayta ochilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Keimyung University History: Chronology“. KMU website (2020-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
- ↑ „Keimyung University“. Study in Korea (run by Korean Government) (2020-yil 4-may). Qaraldi: 2020-yil 17-noyabr.
- ↑ Keimyung University. Campus Tree Stories. Keimyung University Press, May 20, 2019. ISBN 979-11-89468-86-6.