Komil Ibrogimov
Komil Ibrogimov | |
---|---|
Tavalludi |
3-yanvar 1956-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Navoiy shahridagi xunar-texnika bilim yurti |
Dini | Islom |
Bolalari | 5 nafar |
Mukofotlari |
Komil Ibrogimov (1956-yil, 3-yanvar; Navoiy viloyati) — Oʻzbekiston qahramoni, Doʻstlik ordeni sohibi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komil Ibrogimov 1956-yil 3-yanvar kuni Navoiy viloyatida tavallud topgan. 1974-yilda Karmana tumanida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi 30-umumta`lim maktabini bitirgan. 1974—1975-yillarda Navoiy shahridagi xunar-texnika bilim yurtida oʻqigan. „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasida oʻz faoliyatini boshlagan. 2014-yilda „Oʻzbekenergo“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan „Oʻzbekiston energetikasi faxriysi“ unvoni bilan taqdirlangan. 1976—1979-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 2009—2014-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashiga deputat sifatida saylangan. Navoiy shahridagi „Bunyodkor“ MFY aholisini qiynab kelayotgan suv muammosini bartaraf etish maqsadida Charxpalak yasattirgan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doʻstlik ordeni (1995-yil)
- Oʻzbekiston qahramoni (2008-yil)[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 146.
- ↑ „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.