Kontent qismiga oʻtish

Kushon-Sosoniylar qirolligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kushon-Sosoniylar qirolligi (yoki Indo-Sosoniylar) – 3-4-asrlarda Sosoniylar imperiyasi tomonidan Baqtriyada tashkil etilgan davlat. Sosoniylar imperiyasi 225-yilda boshlangan bir qator urushlar natijasida qulayotgan Kushon imperiyasining Soʻgʻd, Baqtriya va Gandhara viloyatlarini egallab oldi[1]. Mahalliy Sosoniy rahbarlari keyinchalik „Kushonshoh“ yoki „Kushonlarning Podshohi“ (KΟÞANΟ ÞAΟ yoki baqtriy tilida Koshano Shao[2]) unvonini olgan va tangalar zarb etishni boshlagan. Ular baʼzan Sosoniylar imperiyasi tarkibida „ostqirollik“ ni tashkil etganlar[3].

Bu boshqaruv 360—370-yillargacha davom etgan[1], shu vaqtda Kushon-Sosoniylar koʻp hududlarini bosqinchi Kidariylarga boy berib qoʻygan. Qolgan yerlari esa toʻgʻridan-toʻgʻri Sosoniylar imperiyasiga oʻtgan[4]. Keyinchalik, Kidariylar oʻz navbatida Eftaliylar tomonidan siqib chiqarildi[5].

Kushonshohlar asosan oʻzlarining tangalari orqali tanilgan. Tangalari Kobul, Balx, Hirot va Marvda zarb qilingan boʻlib, bu ularning hukmronlik hududining kengligini koʻrsatadi[6].

„Kushon shahanshoh“ (maʼnosi: Kushonlar podsholari podshosi) unvoni bilan tanga chiqargan Hormizd I Kushonshohning (277–286) qoʻzgʻoloni Sosoniylar imperiyasining zamondoshi Bahrom II (276–293) ga qarshi boʻlgan. Ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan[7].

Kushon-Sosoniy hukmdori Hormizd I Kushonshohning kushon uslubidagi portreti (taxminan 277—286-yillar).

Parfiyaliklar ustidan qozonilgan gʻalabadan koʻp oʻtmay, Sosoniylar milodiy 230-yillarda Ardashir I davrida oʻz hukmronligini Baqtriyagagacha kengaytirdi. Keyin uning oʻgʻli Shopur I (240–270) davrida hukmronlik gʻarbiy Pokistondagi imperiyasining sharqiy qismlariga qadar kengaytirildi. Shunday qilib, Kushonlar oʻzlarining gʻarbiy hududlarini (shu jumladan, Baqtriya va Gandhara) Sosoniy zodagonlari boʻlmish Kushonshohlar oʻtkazganlar. Kushon-Sosoniylarning sharqdagi eng uzoq chegarasi Gandhara boʻlganga oʻxshaydi. Aftidan ular Hind daryosidan oʻtmaganlar. Chunki Hind daryosidan biroz naridagi Taksila shahrida ularning tangalaridan deyarli hech biri topilmagan[8].

Hormizd I Kushonshoh boshchiligidagi Kushon-Sosoniylar Sosoniylar imperiyasining zamondosh imperatori Bahrom II (276-293) ga qarshi isyon koʻtargan koʻrinadi. Ammo natija muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan[9]. Hormizd I Kushonshoh, ehtimol imperiyadagi Sosoniylar hokimiyatiga qarshi chiqish maqsadida, „Kushonshahanshoh“[10] nomli tangalar chiqargan[1].

Taxminan 325-yilda, Shopur II janubiy hududning bevosita boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan, shu bilan birga shimolda Kushonshohlar oʻz hukmronliklarini saqlab qolgan.

Diniy taʼsirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shiva va Nandi tasvirlangan tangalar topilgan boʻlib, ular shaivizmning kuchli taʼsiridan dalolat beradi.

Moniylik asoschisi paygʻambar Moniy (210–276) Sosoniylarning sharqqa yurishi ortidan borib, Gandharaning gullab-yashnayotgan buddaviylik madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi. U bir nechta diniy rasmlari saqlanib qolgan Bomiyonga tashrif buyurgani va u yerda bir muddat yashab, taʼlim bergani haqida maʼlumotlar bor. Shuningdek, u 240- yoki 241-yilda Hind vodiysi hududiga sayohat qilgani va u yerda buddaviy podshoh – Hindistonning Turon shohini oʻz diniga kiritgani haqida maʼlumotlar bor[11].

Shu munosabat bilan turli buddaviylik taʼsirlari moniylikka kirib borgani koʻrinadi: "Buddaviylik gʻoyalari Moniy diniy qarashlarining shakllanishida muhim rol oʻynagan. Ruhlarning qayta tugʻilishi moniylik eʼtiqodiga aylandi va moniylik jamoasining toʻrt qismli tuzilmasi – erkak va ayol rohiblar („saylangan“lar) hamda ularni qoʻllab-quvvatlovchi oddiy ergashuvchilar („eshituvchi“lar) oʻrtasida boʻlinishi buddaviylik sanghasiga asoslanganga oʻxshaydi"[11].

Kushon-Sosoniylar Brahmi, Pahlaviy yoki Baqtriya yozuvlarida keng miqyosda tangalar chiqargan, baʼzan Kushon tangalaridan ilhomlangan. Tanganing old tomonida odatda hukmdor bosh kiyim bilan tasvirlanadi. Orqa tomonida esa yo olov ibodatxonasi, yo Shiva va Nandi tasvirlari boʻladi.

Kushon-Sosoniylar sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indo-Sasaniylar kumush buyumlar va tekstillar bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishgan. Buyumlarda asosan Sosoniy imperatorlarining ov qilayotgani tasvirlangan.

Sanʼat taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sosoniylar sanʼati namunasi Kushon sanʼati ustiga taʼsir koʻrsatgan va bu taʼsir janubi-sharqiy Osiyoning shimoliy-gʻarbiy qismida bir necha asr davomida mavjud boʻlgan.

Kushon-sosoniylarning asosiy hukmdorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida kushonshohlar roʻyxati[20]:

  1. 1,0 1,1 1,2 The Cambridge History of Iran, Volume 3, E. Yarshater p.209 ff
  2. Rezakhani, Khodadad (2021). "From the Kushans to the Western Turks" (en). King of the Seven Climes: 204. https://www.academia.edu/32671225. 
  3. The Cambridge Companion to the Age of Attila, Michael Maas, Cambridge University Press, 2014 p.284 ff
  4. Rezakhani 2017b, s. 83.
  5. Sasanian Seals and Sealings, Rika Gyselen, Peeters Publishers, 2007, p.1
  6. Encyclopedia Iranica
  7. The Cambridge History of Iran, Volume 3, E. Yarshater p.209 ff
  8. Ghosh, Amalananda. Taxila (en). CUP Archive, 1965 — 790–791-bet. 
  9. The Cambridge History of Iran, Volume 3, E. Yarshater p.209 ff
  10. 10,0 10,1 CNG Coins
  11. 11,0 11,1 Richard Foltz, Religions of the Silk Road, New York: Palgrave Macmillan, 2010
  12. CNG Coins
  13. „Metropolitan Museum of Art“. www.metmuseum.org.
  14. For the precise date: Sundermann, Werner; Hintze, Almut; Blois, François de. Exegisti Monumenta: Festschrift in Honour of Nicholas Sims-Williams (en). Otto Harrassowitz Verlag, 2009 — 284, note 14-bet. ISBN 978-3-447-05937-4. 
  15. „Plate British Museum“ (en). The British Museum.
  16. Sims, Vice-President Eleanor G.; Sims, Eleanor; Marshak, Boris Ilʹich; Grube, Ernst J.; I, Boris Marshak. Peerless Images: Persian Painting and Its Sources (en). Yale University Press, January 2002 — 13-bet. ISBN 978-0-300-09038-3. 
  17. Carter, M.L. „Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org. — „A gilt silver plate depicting a princely boar hunt, excavated from a tomb near Datong dated to 504 CE, is close to early Sasanian royal hunting plates in style and technical aspects, but diverges enough to suggest a Bactrian origin dating from the era of the Kushano-Sasanian rule (ca. 275-350 CE)“.
  18. HARPER, PRUDENCE O. (1990). "An Iranian Silver Vessel from the Tomb of Feng Hetu". Bulletin of the Asia Institute 4: 51–59. ISSN 0890-4464. https://www.jstor.org/stable/24048350. 
  19. Watt, James C. Y.. China: Dawn of a Golden Age, 200-750 AD (en). Metropolitan Museum of Art, 2004 — 152–153-bet. ISBN 978-1-58839-126-1. 
  20. Rezakhani 2017b, s. 78.