Lagoftalm
Lagoftalm | |
---|---|
Tungi lagoftalmga misol | |
Mutaxassislik | Oftalmologiya |
Turlari |
Tungi lagoftalm blefaroplastikadan keyin vujudgan kelgan lagoftalm |
Sabablari | Yuz nervi falaji |
Lagoftalm — bu koʻz qovoqlaridagi patologiya sababli, koʻz tirqishining toʻliq yopilmasligidir[1].
Koʻzlar yumib ochilganida koʻzni yupqa qatlamli koʻz yoshi suyuqligi qoplaydi va shu bilan tashqi qismdagi hujayralar uchun zarur boʻlgan nam muhitni taʼminlaydi. Koʻz yoshlari begona jismlarni chiqarib yuvorishda va koʻzlarni tozalashda muhim rol oʻynaydi. Lagoftalmda aynan mana shu jarayonlar ham buzilgani sababli koʻzning ishqalanishi va infeksiyalar rivojlanishiga sababchi boʻlib qoladi. Lagoftalm shox pardaning qurib, unda yaralar paydo boʻlishigacha olib kelishi mumkin.
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tungi lagoftalm — uxlash vaqtida koʻz qovoqlarining yopilmay qolishi[2]. U uyqu sifatini pasaytirishi, taʼsirlanish simptomlarni keltirib chiqarishi yoki ogʻir holatlarda, shox pardaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin (keratopatiyasi).
Koʻpincha koʻz qovoqlarining toʻliq yopilmasligi anomaliyalar tufayli yuzaga keladi. Bunday holatlarni davolash maqsadida jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilib, qovoqlar normal holatga keltiriladi. Koʻzning qurib qolishini oldini olish maqsadida esa koʻzni namlab turuvchi bir necha xil tomchi koʻrinishidagi dori vositalaridan foydalaniladi[3].
Patofiziologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lagoftalmning yuzaga kelishiga asosiy sabablardan biri bu — yuz nervining patologiyasi hisoblanadi[4]. Lagoftalm, shuningdek, komada boʻlgan bemorlarda orbikulyar tonusning pasayishi natijasida, yuz nervi falaji, ogʻir ekzoftal bilan ogʻrigan bemorlarda va ixtioz kabi jiddiy teri kasalliklarga chalingan bemorlarda paydo boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, lagoftalm blefaroplastikaning asorati sifatida ham paydo boʻlishi mumkin[5]. Buning asosiy sababi blefaroplastika amaliyoti paytida koʻzning yuqorigi qovogʻi (suprapalpebral qovoq) ustidagi terini haddan tashqari koʻp olib tashlashdir.
Davosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lagoftalmni davolashda ham konservativ, ham operativ usullardan foydalaniladi. Agar operatsiya qilish imkoni boʻlmasa, bemorlar koʻzini qurib qolishini oldini olishi uchun kamida 4 marta shox pardaga namlantiruvchi tomchilar tomizishlari kerak boʻladi[6].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu holatning nomi yunoncha λαγωός soʻzidan olingan boʻlib(lagoos, 'quyonʼ), quyonlarning koʻzlari ochiq holda uxlashlari haqidagi maʼlumotga asoslanib nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cline D; Hofstetter HW; Griffin JR. Dictionary of Visual Science. 4th ed. Butterworth-Heinemann, Boston 1997. ISBN 0-7506-9895-0
- ↑ „Nocturnal lagophthalmos: an overview and classification“. The Ocular Surface. 4-jild, № 1. January 2006. 44–53-bet. PMID 16671223. 2013-07-29da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2013-04-11.
- ↑ Christopher Elliott. „Kicked off my flight for sleeping with my eyes open“. travelersunited.org (2010-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Kliniska Färdigheter: Informationsutbytet Mellan Patient Och Läkare, LINDGREN, STEFAN, ISBN 91-44-37271-X
- ↑ Shorr, N; Goldberg, RA; McCann, JD; Hoenig, JA; Li, TG (2003). „Upper eyelid skin grafting: an effective treatment for lagophthalmos following blepharoplasty“. Plast Reconstr Surg. 112-jild, № 5. 1444–8-bet. doi:10.1097/01.PRS.0000081477.02812.C9. PMID 14504530.
- ↑ „Lagophthalmos Evaluation and Treatment“. Aao.org (2010-yil 8-iyul). Qaraldi: 2013-yil 16-mart.