Kontent qismiga oʻtish

Lazizbek Mullajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lazizbek Mullojonov at the 2024 Summer Olympics 02.jpg
Statistikasi
Vazn toifasi Super ogʻir vazn
Vazni 92 kg
Boʻyi 192 sm
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Faol qoʻli Chapaqay
Tavalludi 13-may 1999-yil (1999-05-13) (25 yosh)
Fargʻona tumani, Oʻzbekiston
Medallari va yutuqlari

Oʻzbekiston iftixori

Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Oltin Parij 2024 92 kg
Jahon chempionati
Bronza 2023 Toshkent Ogʻir vazn
Osiyo chempionati
Oltin 2022 Amman Oʻta ogʻir vazn
Harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon chempionati
Oltin Moskva 2021 92 kg dan yuqori

Lazizbek Hasanjon oʻgʻli Mullajonov (1999-yil 13-may[1], Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik havaskor-bokschi, ogʻir va superogʻir vazn toifalarida tashkil etilayotgan janglarda ishtirok etib keladi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi[2]. „Kelajak bunyodkori“ medali sohibi[3].

Lazizbek Mullajonov 1999-yili Fargʻona tumanida dunyoga kelgan. Murabbiyi Sherzod Husanov va Gʻanisher Toʻychiyev. Lazizbek Mullajonov Neftchi futbol klubining sobiq futbolchisi. Jamoaning ikkinchi liga oʻyinlarida ishtirok etgan. Keyinchalik murabbiyi Sherzod Husanov tufayli futboldan boksga kirib kelgan[4].

Havaskorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 29-yanvar kuni Moskvada (Rossiya) Mullajonov rossiyalik Aleksandr Stepanovni (2–2) 2-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratgan.

2021-yil sentyabr oyi oxirlarida Xalqaro harbiy sport kengashi tomonidan tashkil etilgan Moskvadagi (Rossiya) harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi boks boʻyicha 58-jahon chempionatida finalda tajribali rossiyalik Svyatoslav Teterinni hakamlarning chiqargan qarori bilan magʻlubiyatga uchratib, jahon chempioni boʻlgan[5][6].

2021-yil oktyabr oyi oxirida va noyabr oyining boshida Belgradda (Serbiya) 92 kg dan yuqori vazn toifasida jahon chempionatida ishtirok etgan. 1/16 finalda tajribali eronlik Puria Amirini[7], 1/8 finalda angliyalik Delicious Orini[8] ochkolar boʻyicha magʻlub etgan boʻlsa, chorak finalda armanistonlik David Chaloyanga qarshi oʻtkazilgan jangda ochkolar boʻyicha magʻlub boʻlgan[9]. Sportchi ushbu jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlangan.

2022-yil fevral oyida u Rossiyaning nufuzli „Stranja“ xalqaro turnirida 92 kg dan yuqori vazn toifasida chempion boʻlgan[10], Sofiyadagi (Bolgariya) musobaqada chorak finalda rossiyalik bokschi Yaroslav Doronichev ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan gʻolib deb topilgan[11], soʻngra yarim final bosqichida qozogʻistonlik Nurlan Saparboyni[12], finalda esa tajribali germaniyalik bokschi Nelvi Tiafakni ochkolar hisobi boʻyicha magʻlub etgan[13].

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 92 kgdan yuqori vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Kamshibek Kunkabayevni magʻlub etib, ilk bor Osiyo chempioni boʻlgan[14].

2022-yilning dekabr oyida 92 kg dan yuqori vaznda finalda Jahongir Zokirovni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻlgan[15].

2023-yilning may oyida Toshkentda (Oʻzbekiston) 92 kg vazn toifasida jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Turnirda kolumbiyalik Marlon Xurtadoni 1/16 finalda hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar boʻyicha magʻlub etgan (5:0)[16]. Soʻngra 1/8 finalda 5:0 hisobida gruziyalik bokschi Georgiy Tchigladzeni ham taslim qilgan[17]. Chorak finalda 4:1 hisob bilan kubalik Julio César La Cruz ustidan gʻalaba qozongan[18][19][20]. Yarim finalda ochkolar boʻyicha 2023-yilgi jahon chempioni, rossiyalik bokschi Muslim Gadjimagomedovga 1:4 hisobida yutqazgan[21].

2023-yil oktabr oyida esa Xanchjouda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 92 kggacha vazn toifasida ishtirok etgan. Chorak finalda xitoylik Xan Syuezhenga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan[22].

2024-yilning mart oyida Busto Arsizio shahrida (Italiya) 1-jahon olimpiya saralash turnirida 92 kg vazn toifasida qatnashgan. Chorak finalda gruziyalik bokschi Giorgiy Kushitashvilini 5:0 hisobida magʻlub etgan va 2024-yilgi Parij Olimpiadasida ishtirok etish litsenziyasini qoʻlga kiritgan[23].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lazizbek Mullajonov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda italiyalik Aziz Muhiddinni 4:1 hisobida magʻlub etib, chorak finalga yoʻl olgan. Chorak finalda Braziliya vakili Keno Machadoni 5:1 hisobida magʻlub etgan[24]. Yarim final bahslarida tojikistonlik Davlat Boltayev bilan toʻqnash keldi. Boltayev ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[25]. Finalda Ozarbayjon vakili Loren Berto Alfonso Dominguez bilan toʻqnashdi. 5:0 hisoboda gʻalaba qozonib, oltin medal sohibi boʻldi[26].


Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 29-yanvar kuni Moskvadagi (Rossiya) professional debyut ringga koʻtarilib, muddatidan avval 2-raundda texnik nokautga uchratgan. Sportchi ushbu jang davomida rossiyalik Aleksandr Stepanov ustidan gʻalaba qozongan edi.

No. Natija Rekord Raqib Turi Raund, vaqti Sana Manzil Izoh
4 Gʻalaba 4–0 Qozogʻiston Nursultan Amanjolov TKO 1 (8), 2:13 26-avgust 2023-yil Wroclaw stadioni, Wroclaw, Polsha
3 Gʻalaba 3–0 Qoʻshma Shtatlar Michael Bassett TKO 1 (6), 1:04 13-avgust 2021-yil Humo Arena, Toshkent, Oʻzbekiston
2 Gʻalaba 2–0 Estoniya Anton Sjomkin KO 1(6), 0:31 4-iyun 2021-yil Sibur Arena, Sankt Peterburg, Rossiya
1 Gʻalaba 1–0 Rossiya Aleksandr Stepanov TKO 1 (6), 1:05 29-yanvar 2021-yil USC Soviet Wings, Moskva, Rossiya

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 2021 WC Entry list
  2. „Lazizbek Mullajonov — Parij Olimpiadasi chempioni“. daryo.uz. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  3. „Bokschi Lazizbek Mullojonov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi“. uzreport.news. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  4. „Собиқ футболчи, бокс бўйича Осиё чемпиони бўлган спортчи билан интервью“. olamsport.com. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  5. „Узбекистан выиграл три финала Чемпионата мира среди военнослужащих“ (rus). Yuz.uz (2021-yil 26-sentyabr). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  6. „Finals (+91kg) TETERIN Svetoslav (RUS) vs MULLOJONOV Lazizbek (UZB) — CISM 58th World“ (rus). YouTube.. 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  7. „Чемпионат мира по боксу 2021: результаты 28 октября“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 29-oktyabr). 2021-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  8. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 31 октября, дневная сессия“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 31-oktyabr). 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  9. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 2 ноября, четвертьфиналы, дневная сессия“ (rus). vRINGe.com (2021-yil 2-noyabr). 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  10. „73rd Boxing Tournament STRANDJA 2022“ (rus). Strandja2022.bgboxing.org. 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  11. „Четвёртый день «Странджа»: ещё 12 россиян прошли в следующий этап“ (rus). Сайт «Федерации бокса России». (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  12. „73rd Boxing Tournament STRANDJA 2022. Session 23 A“ (rus). Strandja2022.bgboxing.org. 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  13. „Новости с Международного турнира по боксу «Странджа» в Болгарии“ (rus). Olympicboxing.uz. 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-mart.
  14. „Супертяжи из Казахстана и Узбекистана определили судьбу последнего «золота» на ЧА-2022 по боксу“ (rus). Sports.kz (2022-yil 12-noyabr). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  15. „Завершился Чемпионат Республики Узбекистан по боксу среди мужчин“ (rus). OlympicBoxing.uz (2022-yil 14-dekabr). 2022-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
  16. „Чемпионат Мира 2023 по боксу. Все результаты 5 дня“ (rus). Sportbll24.com (2023-yil 5-may). Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  17. „Чемпионат Мира 2023 по боксу. Все результаты 8 дня (8 мая)“ (rus). Sportbll24.com (2023-yil 8-may). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  18. „Чемпионат Мира 2023 по боксу. Все результаты четвертьфиналов (10 мая)“ (rus). Sportbll24.com (2023-yil 10-may). 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  19. „Lazizbek Mullojonov besh karra jahon chempioni La Kruzni engib, yarim final masalasini hal qildi“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  20. „Lazizbek Mullojonov ikki karra Olimpiada chempionini musobaqadan chiqarib yubordi“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  21. „Странная девушка-рефери хотела «утопить» россиянина? Трудная победа Гаджимагомедова“ (rus). «Чемпионат». (2023-yil 12-may). Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  22. „Узбекистан понес сенсационную потерю в боксе на Азиаде-2023“ (rus). Sports.kz (2023-yil 29-sentyabr). 2023-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  23. „Первый Олимпийский рейтинговый турнир по боксу. Полные итоги и полученные квоты“ (rus). Sportball24.com (2024-yil 12-mart). 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  24. „"Parij-2024". Lazizbek Mullajonov yarim finalda!“. sports.uz. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  25. „Ўзбекистонлик спортчиларнинг Олимпиададаги иштирокидан“. olamsport.com. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.[sayt ishlamaydi]
  26. „Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada chempioniga aylandi“. kun.uz. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  27. „Bokschi Lazizbek Mullajonov “Kelajak bunyodkori” medali sohibi bo‘ldi“. qalampir.uz. Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
  28. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.