Kontent qismiga oʻtish

Lutfiy koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lutfiy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uchtepa
Uzunligi 5 km
Avtobuslar 2, 9t, 13, 17t, 23, 41, 56, 70, 116, 141, 146, 150, 181
Yoʻnalishli taksilar 36, 130, 134, 182, 188
Kim sharafiga nomlangan Lutfiy
Kesishgan koʻchalari Kichik halqa yoʻli
Farhod
Katta Xirmontepa
Shirin
Koʻchada joylashgan binolar Chilonzor 7, 8, 9, G 9a, 12, 13, 23, 24, 25, 26 mavzelari
„Mikrokreditbank“
„Farhod“ dehqon bozori
„Vatan“ kinoteatri

Lutfiy koʻchasi — Chilonzor va Uchtepa tumanlarini tutashtirib turuvchi markaziy koʻchalardan biri. Oqtepa maydoni va Katta Qaʼni koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 5 km. Toshkent zilzilasidan soʻng tashkil topgan. 1990-yil 28-iyundan Lutfiy nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 5 ta tor koʻcha mavjud[1].

Yoʻnalishida Chilonzor 7, 8, 9, G 9a, 12, 13, 23, 24, 25, 26 turar joy mavzelari, "Mikrokreditbank", „Rassom“ kombinati, 2-Toshkent yuridik kasb-hunar kolleji, Kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi, "Farhod" dehqon bozori, "Vatan" kinoteatri, shahar va tuman miqyosidagi korxona va tashkilotlar, firmalar, qoʻshma korxona ofislari, umumiy ovqatlanish, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Barcha turdagi jamoat transport vositalari, shu jumladan tramvay harakati yoʻlga kuyilgan. Yoʻnalishida Kichik halqa yoʻli, Farhod, Katta Xirmontepa va Shirin koʻchalari bilan kesishadi. Muqimiy va Choʻponota koʻchalari bilan tutashgan.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.