Ma’mar ibn Roshid
Ma’mar ibn Roshid معمر بن راشد | |
---|---|
Tavalludi |
milodiy 714-yil (hijriy 96-yil) Basra |
Vafoti |
milodiy 770-yil (hijriy 153-yil) Sano |
Sohasi | Hadis |
Mashhur ishlari | Kitob al-Mag‘oziy |
Maʼmar ibn Roshid (معمر بن راشد) — VIII asrda yashagan muhaddis. Fors mavlosi bo‘lib[1], u olti sahih hadis to‘plamlarining barchasida ishonchli roviy sifatida tilga olingan[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma’mar ibn Roshid 96-hijriy/714-milodiy yil Basrada tug‘ilgan. U Azd[1] qabilasidagi Huddan urugʻining fors mavlosi boʻlib, ularning nomidan mato va boshqa narsalar bilan savdo qilgan. Shunga qaramay, u basralik olimlardan Hasan Basriy va Qatoda ibn Diomadan tahsil olishga muvaffaq bo‘lgan[3].
U Hishom ibn Abdulmalikning Rusafodagi saroyida savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotganida keksa olim Ibn Shihob Zuhriyni uchratib qoladi va unga shogird bo‘ladi. Ma’mar Zuhriydan ko‘plab hadislarni o‘rgangan[3][4]:90.
Ma’mar Zuhriy vafotidan keyin Rusafoda qolgan. Valid II o‘ldirilgandan so‘ng, marhum ustozining qo‘lyozmalari Umaviylar saroyidan olib tashlanganiga guvoh bo‘lgan[1]. Keyingi fuqarolar urushlarining notinch davrida Ma’mar Yamanga jo’nab ketgan va u yerda mahalliy aholi vakillaridan bir ayolga uylangan. Bir nechta talabalarga dars bergan. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari Abdurazzoq San’oniy bo‘lib, Ma’mar umrining so‘nggi yetti-sakkiz yilida unga dars bergan. Abdurazzoq o‘zining musannafida Ma’marning rivoyatlarini saqlab qolgan, xususan, ustozining “G‘azotlar kitobi” (كتاب المغازي - Kitob al-Mag‘oziy)ni o‘z asariga joylagan[3] . Shuningdek, Ma’marga tegishli “al-Jome’” hadislar to‘plamining Abdurazzoq tarafidan qilingan tahriri ham saqlanib qolgan[4]:148.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Anthony, Sean W. „Maʿmar b. Rāshid“. Encyclopaedia of Islam, THREE (inglizcha).
- ↑ „Ma'mar bin Rashid معمر بن راشد“. muslimscholars.info. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Rāshid, Maʿmar ibn; Anthony, Sean W.. The Expeditions: An Early Biography of Muhammad. NYU Press, 2015 — xv-xxix-bet. ISBN 978-1-4798-1682-8.
- ↑ 4,0 4,1 al-Azami, Muhammad Mustafa. Studies in Early Hadith Literature: with a critical edition of some early texts. Indiapolis, Indiana: American Trust Publications, 1978.