Maya Nikulina
Maya Nikulina | |
---|---|
Tavalludi |
1937-yil 9-fevral |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Maya Petrovna Nikulina (1937-yil, Sverdlovsk) – rus yozuvchisi, shoira, nosir, tarjimon, pedagog va tarixchi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi (1981) va Rossiya Yozuvchilar uyushmasi (1991) aʼzosi. P. P. Bajov mukofoti laureati (2002).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maya Nikulina 1937-yil 9-fevralda Sverdlovskda xizmatchilar oilasida tugʻilgan. 1954-yildan 1959-yilgacha geologiya fakultetida, 1963-yildan 1968-yilgacha Ural davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. 1968-yildan 1987-yilgacha Sverdlovsk viloyat bolalar kutubxonasida katta bibliograf boʻlib ishlagan. 1987-yildan 1992-yilgacha – „Nauka Urala“ gazetasida gumanitar fanlar boʻlimi mudiri. 1992-yildan 1998-yilgacha – „Ural“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari va adabiy boʻlim mudiri boʻlgan. 1995-yildan 2004-yilgacha – Rossiya Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti ilmiy xodimi va Ural davlat universitetining adabiyot boʻlimi mudiri. 1994-yildan beri „Korifey“ gimnaziyasining tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri, ushbu gimnaziyaning ona yurti tarixi va tilshunoslik asoslari boʻyicha o‘qituvchisi boʻlgan[1][2].
Nikulina 1981-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shoira she’rlarining birinchi nashri 1952-yildan boshlab chop etilgan. Uning qalamiga mansub toʻplamlar: „Moy dom i sad“ (1969), „Imena“ va „Dusha prava“ (1977), „Koleya“ (1983), „Babya trava“ (1987) va „Kamen. Peshera. Gora“, „Stixi“ (2002) va „Izbrannoe: stixotvoreniya i perevodi. Proza: v 2-x tomax“ (2008). 1970-1980-yillarda adabiy studiyaning tashkilotchisi va yetakchisi boʻlgan. Maya ingliz, chex, sloveniya va ispan tillaridan koʻplab tarjimalar muallifi ham hisoblanadi[3][4][5].
Maya Petrovna 2002-yilda „Kamen. Peshera. Gora“ kitobi uchun P. P. Bajov nomidagi mukofotga sazovor boʻlgan.
Shoira hozirda Yekaterinburg shahrida istiqomat qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Люди города: поэт, писатель, публицист Майя Никулина“. Официальные сайты Екатеринбурга. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Никулина Майя Петровна“. Год литературы в Екатеринбурге. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
- ↑ „Никулина Майя Петровна“. Год литературы в Екатеринбурге. 2020-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
- ↑ „Никулина Майя Петровна“. Галерея уральской литературы. 2016-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.
- ↑ „Люди города: поэт, писатель, публицист Майя Никулина“. Официальные сайты Екатеринбурга. Qaraldi: 2021-yil 26-yanvar.[sayt ishlamaydi]