Kontent qismiga oʻtish

Merey Amanbayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Merey Amanbayeva
qozoqcha: Мерей Ералы қызы Аманбаева
 Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarma boshligʻi
Mansab davri
2024-yil 6-mart
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Senat raisi Tanzila Norboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-may 1997-yil (1997-05-02) (27 yosh)
Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Qozoq
Kasbi Menejment
Dini Islom
Ilmiy unvoni Magistr
Maʼlumoti Navoiy davlat pedagogika instituti
Mukofotlari

Merey Erali qizi Amanbayeva (qozoqcha: Мерей Ералы қызы Аманбаева; 2-may, 1997-yil, Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston) – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi va tadbirkori[1][2]. Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarma boshligʻi[3].

1997-yil 2-mayda Nurota tumani, Navoiy viloyatida qozoq oilasida tugʻilgan[4]. 9-sinfdan keyin Navoiydagi veterinariya boʻyicha oʻqishga kirdi. Navoiy davlat pedagogika institutining Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan fakutetning qozoq tili boʻlimining bitiruvchisi. Keyinchalik shu institutdagi magistraturani menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[5]. 2020-yilda „Zulfiya nomidagi davlat mukofoti“ sovrindori[6][7]. 2024-yil 6-martdan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozida va ungacha „Zarafshon“ mahallasida hokim yordamchisi boʻlib ishlagan[8][9]. 2021-yil 20-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga safari chogʻida tadbirkorlar bilan ochiq muloqatda soʻzga chiqib, Prezidentga boshida qozoq tilida gapirib, keyin oʻzbek tilda davom ettirgan va "Siz kelganingizdan biz „dux“ oldik" degan soʻzi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan[10][11][12][13][14][15].

Jinoyat ishi boʻyicha ayblov

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 19-aprelda Navoiy shahar hokimi orqali yer maydoni olib berishini vaʼda qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgan degan ayblov bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28,211-moddasi (Pora berish) bilaan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda Navoiy viloyati tomonidan prokuraturasi tomonidan tergov olib borilmoqda[16][17][18][19].

Merey Omonbayeva munosabati

Juma kuni Merey Amanbayeva Kun.uz’dan Facebook’dagi sahifasida “asossiz ma’lumot” tarqatmaslikni so‘radi[20].

Savdo-sanoat palatasi munosabati

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mehnat kodeksi talablariga ko‘ra, xodimni ishdan bo‘shatish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlarining arizasiga ko‘ra amalga oshirilishi belgilandi.

“Bugungacha palataga huquq-tartibot idoralaridan M. Omonbayevani ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ariza kelib tushmagan va u palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlashda davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Uning eslatishicha, Savdo-sanoat palatasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs uning aybi ochiq sud majlisida isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz hisoblanadi[21].

  1. „"Тоқаевпен кездессем, айтарым бар" - Өзбекстан президентінен көлік алып, өкілі болған қазақ қыз“ (qozoqcha). Newsroom (2022-yil 31-avgust). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  2. „Спикеры“ (ruscha). Otandastar Forumy. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  3. „Өзбек президентін тәнті еткен қазақ қызы жаңа қызметке тағайындалды“ (qozoqcha). Newsroom (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  4. Aygerim Taubay. „Өзбекстан президенті көлік сыйлаған қандас қазақтардың басын Науаи қаласында қосуды ұсынды“ (qozoqcha). Halyq Uni (2023-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  5. Aliya Tileujanqizi. „Мерей АМАНБАЕВА: Қазақ екенімді білсін деп өзбек басшысымен ана тілімде сөйлестім“ (qozoqcha). KazIslam (2021-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  6. „О награждении Государственной премией имени Зульфии“ (ruscha). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti (2020-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  7. Ulugʻbek Asrorov. „Мерей Омонбоева – 7 кунда Президент билан 2 марта учрашган қизнинг дил изҳори“ (oʻzbekcha). Yuz.uz (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  8. Alibek Beyjanov. „Президентдан “дух” олган тадбиркор Савдо-саноат палатаси бошқармасига раҳбар бўлди“ (oʻzbekcha). Qalampir.uz (2024-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  9. Alibek Beyjanov. „Президентдан “дух” олгани билан танилган Омонбоева ўзига қўйилаётган айбловларга муносабат билдирди“ (oʻzbekcha). Qalampir.uz (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  10. „Мирей Аманбаева ёшларнинг фикрини Президентга етказди“ (oʻzbekcha). itv.uz. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  11. Guljan Ramanqulova. „Өзбекстанда тұратын қазақ қызы Мирзиёевті тәнті етті“ (qozoqcha). Baq.kz (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  12. Yerjan Axmetov. „Как казашка помогает президенту Узбекистана бороться с бедностью в стране“ (ruscha). Baigenews.kz (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  13. „«Қазақ екенімді білсін дедім»: Өзбек президентінің алдында ана тілінде сөйлеген қазақ қызы елді тәнті етті (ВИДЕО)“ (qozoqcha). Skif News (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  14. „Казак кызы Өзбекстан президентинин ишенимдүү өкүлү“ (qirgʻizcha). Silk Way (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  15. Gimran Yergaliyev. „Что волнует душу казаха (во второй декаде сентября)“ (ruscha). Zona.kz (2021-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  16. „Юную и красивую главу ТПП Навоийской области Аманбаеву подвели под статью“ (ruscha). CentrAsia (2024-yil 20-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  17. „Глава Управления торгово-промышленной палаты по Навоийской области подозревается в мошенничестве и в даче взятки“ (ruscha). Kun.uz (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  18. „Главу управления ТПП Навоийской области подозревают в мошенничестве и взяточничестве“ (ruscha). Repost.uz (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  19. „В Навоийской области чиновницу подозревают в мошенничестве“ (ruscha). Anhor.uz (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  20. „Менга жиноий иш очилмаган!..“ (oʻzbekcha). Hordiq.uz (2024-yil 21-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  21. „Савдо-саноат палатаси Навоий вилояти бошқармаси раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилди. У ОАВдаги хабарларни асоссиз деб атади“ (oʻzbekcha). Gazeta.uz (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.