Mihrimah Sultan (Süleyman I ning qizi)
Mihrimah Sulton | |
---|---|
Titsian tomonidan chizilgan Mihrimah Sulton portreti, taxminan 1555-yil | |
Saltanat | 1558-yil 15-aprel - 1578-yil 25-yanvar |
Tugʻilishi |
21-mart 1522-yil Istanbul, Usmonli imperiyasi |
Vafoti |
25-yanvar 1578-yil Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | Damat Rustam posho |
Mihrimah Sulton (usmonli turkcha: مهرماه سلطان , „Quyosh va Oy“, 1522-yil 21-mart – 1578-yil 25-yanvar) Usmonli malikasi, Usmonli sultoni Sulaymon I va uning rafiqasi Hurram Sultonning qizi. U Usmonli tarixidagi eng qudratli imperator malika va Ayollar Sultonligi davridagi taniqli shaxslardan biri edi.
Ismlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihrimah yo Mihruma ismi „Quyoshlar oyi“ degan maʼnoni anglatadi[1]. Gʻarbliklar uchun u Cameria nomi bilan tanilgan, bu „Qamariya“ ning bir variantidir, malika ismining arabcha versiyasi „oy“ degan maʼnoni anglatadi. Uning portreti Cristofano dell’Altissimo tomonidan Cameria Solimani deb nomlangan. U „Madam Malika“ degan maʼnoni anglatuvchi Sulton Xonim nomi bilan ham tanilgan[2]. Tarixda shu ismli boshqa maliklar ham yashagan. Jumladan:
- Mihrimahning jiyani, Shaxzoda Boyazidning qizi (Sulaymon podshohning oʻgʻli; Mihrimahning ukasi) – Mihruma Sulton
- Mihrimahning nevarasi, Murod III ning qizi (Salim II ning oʻgʻli; Mihrimahning jiyani) – Mihrimah Sulton
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihrimah 1522-yili Konstantinopolda (Istanbul) Sulaymon I davrida tugʻilgan. Uning onasi Hurram Sulton[3] pravoslav ruhoniysining qizi[4] boʻlib, oʻsha paytda hozirgi Sultonning kanizagi boʻlgan. 1533 yoki 1534-yilda uning onasi Hurram ozodlik etiladi va Sulaymonning qonuniy xotini boʻlishga erishadi[4]. Uning besh aka-ukasi boʻlgani: shahzoda Mehmed, shahzoda Abdullah (uch yoshida vafot etgan), Selim (Selim II), Boyazid va shahzoda Jahongir[4]. U yaxshi bilim va tarbiya olgan, shuningdek, notiqlikdan ham saboq olgan[1].
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1539-yilda Sulaymon Mihrimahni Rüstamga turmushga chiqishiga qaror qildi[5]. Rustam xorvatiyalik devshirme, Diyarbakir gubernatori, keyinroq Sulaymonning bosh vaziri boʻlgan. Biroq, Xurram qizini Qohira gubernatori bilan turmush qurishi kerak deb hisoblagan[5]. Rüstamning dushmanlari tomonidan tarqalgan mish-mishlarga koʻra, u moxov bilan kasallangan. Uni tekshirish uchun Diyarbakirga joʻnatilgan tabib uning moxov emasligiga dalillar topgan. Tabibni kutib olganda tezkorlik bilan kiyimini almashtirganiga qaramay, Rustamning kiyimidan burga topilgan[6].
Nikoh 1539-yil 26-noyabrda[7][3] Eski saroyda[8], Mihrimah oʻn yetti yoshga toʻlgan vaqtida boʻlib oʻtgan[9]. Uning toʻy marosimi va ukalari Boyazid va Jahongirning sunnat toʻylari ham oʻsha kuni nishonlangan.
Toʻyidan koʻp oʻtmay u revmatoidga oʻxshash kasallikka chalingan va umrining koʻp qismini shu kasallik bilan oʻtkazgan[1]. 1544-yilda u onasi va eri bilan katta harbiy karvonda Bursaga sayohat qilgan[6]. Garchi Mihrimah va uning onasi Rustamni sultonning yaqin kishisi sifatida targʻib qilishga harakat qilgan boʻlsalar-da, u podshoh huzuridan uzoqroq hududlarga joʻnatilgan[6]. Mihrimah va Rüstamning bir qizi[10] Oysha Humoshoh Sulton[11] va oʻgʻli Sultonzoda Usmon Bey[10] boʻlgan.
1554-yilda Mihrimah hayoti uchun xavfli boʻlsada homilador boʻlgan. Anonim yozuvchi tomonidan qayd etilganidek, er-xotin Pera shahrida yashashgan, lekin ular Mihrimahning Üsküdardagi saroyida yashagan boʻlishlari ham mumkin[9]. 1558-yil mart oyida Makkalik diniy arbob Shayx Qutbiddin an-Nahravaliy Istanbulga tashrif buyurgan[2]. Aprel oyida u Mihrimah bilan uchrashadi va unga sovgʻalar taqdim etadi. Keyinchalik, iyun oyida Istanbuldan Qohiraga joʻnab ketishidan avval ham yana bir marotaba uchrashgan[2].
1561-yilda Rüstam vafotidan keyin[3] uning oʻrniga sadr vazir boʻlgan Semiz Ali Posho Mihrimahga turmushga chiqish taklifini beradi. Biroq, u bu taklifni rad etadi. Keyinchalik u qayta turmushga chiqmaslikni tanlaydi[10], uning oʻrniga qirollik saroyiga qaytib keladi[6].
Siyosatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning oʻgay akasi Shahzoda Mustafoning halokatiga Hurram yoki Mihrimahning bevosita aloqadorligiga hech qanday dalil boʻlmasa-da, Usmonli manbalari va xorijliklarning keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Hurram, Rüstam posho va Mihrimah birinchilardan boʻlib Mustafoni yoʻq qilish uchun harakat qilishgan, degan fikr keng tarqalgan. Bu harakatlarning barchasi Hurramning oʻgʻli va Mihrimahning ukasi Boyazid uchun amalga oshirilgan[6]. Murosasiz bahslar davomida, Mustafo 1553-yilda Safaviylar Forsga qarshi yurish paytida otasining buyrugʻi bilan qatl etilgan. Garchi bu hikoyalar manbalarda asoslanmagan boʻlsa-da[4], Mustafodan qoʻrqish hissi asossiz emas edi. Agar Mustafo taxtga oʻtirsa, Mihrimahning barcha ukalari (Selim, Boyazid va Jahangir) Usmonlilar sulolasining birodarlarni oʻldirish odati boʻyicha qatl etilgan boʻlar edi. Ular 1555-yilda amir Kara Ahmad poshoning qatl etilishida ham ayblangan, uning yoʻq qilinishi Rüstamning Buyuk vazir sifatida faoliyat olib borishiga yoʻl ochib bergan[6].
Xayriya tashkilotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihrimah bir qator yirik arxitektura loyihalariga homiylik qilgan. U tomonidan barpo etilgan eng mashhur arxitektura naʼmunalari uning nomi bilan atalgan Istanbul hududidagi ikkita masjid majmuasi boʻlib, ikkalasi ham otasining bosh meʼmori Meʼmor Sinan tomonidan ishlab chiqilgan. Mihrimah Sulton masjidi (turkcha: Mihrimah Sulton Camii) Iskele masjidi (turkcha: İskele Camii) nomi bilan ham tanilgan. Bu masjid Üsküdarning eng koʻzga koʻringan joylaridan biri boʻlib, 1543 yoki 1544 va 1548-yillar orasida qurilgan. Ikkinchi masjid ham eski Istanbul shahrining gʻarbiy devoridagi Edirne darvozasidagi Mihrimah Sulton masjidi deb ataladi. Uning qurilishi 1562—1565-yillarda amalga oshirilgan[6].
Koʻzga koʻringan Üsküdardagi qoʻsh minorali masjid majmuasi masjid, madrasa, kambagʻallarga ovqat beradigan oshxona, shifoxona va boshlangʻich maktabdan iborat edi.
Meʼmor Sinan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻn oltinchi asr meʼmori Meʼmor Sinan, Mihrimahni sevib qolgani haqida tasdiqlanmagan maʼlumotlar mavjud[1]. Bir hikoyatga koʻra, u uni birinchi marta sultonning Moldova yurishi paytida otasiga hamroh boʻlgan vaqtida koʻrgan[1]. Sinan uni hayratda qoldirish uchun oʻn uch kun ichida Prut daryosi boʻylab koʻprik qurgan. Uning malika biln oila qurish haqidagi taklifini Sulton rad etadi. Sinan keyinchalik oʻz muhabbatini qalbiga koʻmib, bor muhabbatini kasbiga bagʻishlaydi. U Uskudardagi Mihrimah Sulton masjidini qurishda ham ishtirok etgan[1].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mihrimah 1578-yil 25-yanvarda Istanbulda vafot etgan[12], u barcha aka-ukalaridan uzoqroq umr koʻrgan. U Sulaymonning farzandlaridan[5] uning qabriga, Sulaymoniya masjidi majmuasiga dafn etilgan yagona farzanddir[1].
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011—2014-yillarda suratga olingan „Muhteşem Yüzyıl“ serialida Mehrimah Sulton obrazi Pelin Karahan tomonidan ijro etilgan[13].
- Elif Shafakning 2014-yilda chop etilgan „Meʼmorning shogirdi“ romanida u asosiy qahramon sifatida gavdalantirilgan[14][15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Notable life of Mihrimah Sultan“. DailySabah. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Notable life of Mihrimah Sultan" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 2,2 Nahrawālī & Blackburn 2005.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Uluçay 1992.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Yermolenko 2005.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Isom-Verhaaren 2016.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Peirce 1993.
- ↑ Metin And. 16. yüzyılda İstanbul: kent, saray, günlük yaşam. Yapı Kredi Yayınları, 2009 — 145-bet. ISBN 978-975-08-1832-5.
- ↑ Dünden bugüne İstanbul ansiklopedisi. Kültür Bakanlığı, 1994 — 453-bet. ISBN 978-975-7306-05-4.
- ↑ 9,0 9,1 Miović 2018.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Atçıl 2020.
- ↑ Hans Georg Majer. Arts, women and, scholars. Simurg, 2002 — 105-bet. ISBN 978-975-7172-64-2. „Ayşe Sultan duhter-i hazret-i Mihrümāh Sulțān el-mezbūre zevce-i Ahmed Paşa“
- ↑ Türkiye Diyanet Vakfı. İslâm ansiklopedisi: Mısra – Muhammediyye. Türkiye Diyanet Vakf ıİslâm Ansiklopedisi Genel Müdürlüğü, 1988 — 40-bet. ISBN 978-975-389-402-9.
- ↑ „Muhteşem Yüzyıl'ın Mihrimah Sultan'ı Pelin Karahan 10 dakikada boşandı – Son Dakika Magazin Haberleri | STAR“ (tr-TR). Star.com.tr. Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
- ↑ Atamian, Christopher. „'The Architect's Apprentice,' by Elif Shafak“ (inglizcha). The New York Times (8-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2017-yil.
- ↑ „The Architect's Apprentice by Elif Shafak, book review: The domes of“ (inglizcha). The Independent (30-oktabr 2014-yil). 14-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2017-yil.