Kontent qismiga oʻtish

Mikalay Rindzyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikalay Ryndzyuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mikalay Ryndzyuk
Tavallud sanasi 2-fevral 1978-yil (1978-02-02) (46 yosh)
Tavallud joyi Minsk, Belorussiya SSR, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993—1995 Smena Minsk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—1995 Smena Minsk 19 (11)
1996—1997 BATE Borisov 45 (58)
1998—1999 Lokomotiv Moskva 12 (0)
1998—1999   Lokomotiv-d Moskva 31 (9)
1999 BATE Borisov 11 (9)
2000 Lokomotiv Nijniy Novgorod 9 (0)
2000 Kristall Smolensk 11 (3)
2001—2002 Gaziantepspor 6 (0)
2002 Rubin Qozon 9 (2)
2003 Dinamo Minsk 19 (8)
2004 BATE Borisov 11 (4)
2004 Shanghai The 9 10 (5)
2005 Guangzhou 18 (14)
2006 Nanjing Yoyo 16 (2)
2007—2008 Daugava Daugavpils 41 (18)
2008   Dinaburg 21 (9)
2009 MTZ-RIPO Minsk 11 (5)
2009—2010 Shaxtyor Soligorsk 19 (2)
2010—2011 Mashʼal Muborak 20 (7)
2011 Dinamo Samarqand 13 (4)
2012 Smorgon 7 (1)
2012 Navbahor Namangan 8 (2)
2016 Smorgon 0 (0)
Milliy terma jamoa
1996–1999 Belarus U21 16 (4)
1997–2002 Belarus 13 (3)
2004 Belarus olimpiya 1 (0)
Boshqargan klublari
2015–2017 Smorgon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2014-yil 7-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 1-dekabr uchun)

Mikalay Aleksandrovich Rindzyuk (belaruscha: Мікалай Александравіч Рындзюк; 1978-yil 2-fevral, Minsk, Belorussiya SSR, SSSR) – Belarus milliy terma jamoasida oʻynagan belaruslik futbolchi.

„Smena“ (Minsk) futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi – Vladimir Ivanovich Sinyakevich. Professional futbolchilik faoliyatini 1994-yilda „Smena“ klubida boshlagan. Belarus chempionatining ikkinchi ligasida oʻynagan. 1996-yilgi mavsum oldidan BATEga oʻtgan va ikki yil ketma-ket eng yaxshi toʻpurarga aylangan.

1998-yilda Rossiyaning "Lokomotiv" (Moskva) klubiga oʻtgan[1].

2000-yil boshida Qurbon Berdiyev bosh murabbiy boʻlgan „Kristall“ ga (Smolensk) ijaraga berilgan. Shu bilan birga, Belarus terma jamoasida oʻynashda davom etgan. Tez orada Turkiyaning „Gaziantepspor“ klubi vakillari Smolenskka yetib kelishgan. Berdiyev futbolchini ketishdan qaytargan, ammo shunga qaramay turklar bilan shartnoma imzolagan.

Biroq „Gaziantepspor“da oʻtkazgan 2 yil davomida Turkiya chempionatida bor yoʻgʻi 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Futbolchining agentsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri klub rahbariyati bilan shartnoma imzolagani shu masalada oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Legionerdan hafsalasi pir boʻlgan ikkinchi tomon futbolchiga pul toʻlamaslik mumkin deb hisoblagan va oʻynash imkonini bermagan. Bir necha oy davomida Rindzyuk „Gaziantepspor“ rahbariyatini sudga bermoqchi boʻlgan, ammo bu ijobiy natija bermagan. Yakunda futbolchi FIFA Nazorat va intizom qoʻmitasiga murojaat qilgan, komissiya hujumchiga vaqtinchalik transferga ruxsat bergan, bu esa uzoq tanaffusdan soʻng yana rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushish imkonini bergan[1].

2002-yilda Rossiyaning „Rubin“ klubida yarim yil oʻynagan, bu yerda Rindzyukni „Kristall“ (Smolensk) dagi oʻyinidan tanigan Qurbon Berdiev taklif qilgan[2]. Klubdan ketganidan soʻng bir muddat davolangan – futbolchining tovonida muammolar paydo boʻlib, qadam bosa olmay qolgan[3]. Sogʻayib, Belarus chempionatida – „Dinamo“ (Minsk) va BATEda oʻynagan.

2004-yilda Xitoyga joʻnab ketgan. Avvaliga „Shannghai Ruchen“ da[4] yarim yil oʻynagan. 2005-yilda Guanchjouga oʻtgan va Xitoyda eng yaxshi mavsumini oʻtkazgan hamda klubning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2006-yilda „Nanking Yoyo“ jamoasida oʻynagan va oylik maoshini toʻlamagani uchun yil oʻrtalarida jamoani tark etishga majbur boʻlgan[5].

2007-yilda Daugavpilsning „Daugava“ klubiga taklif qilishgan[6]. 2-jamoa sardori boʻlgan va klubga 2008-yilgi Latviya kubogini yutishda hissa qoʻshgan[7].

Belarusga qaytib, Minskning „MTZ-RIPO“ klubi taklifini qabul qilgan. Olti oy oʻynab, jamoani tark etgan. Bunga jamoaning beqaror pozitsiyasi va maoshlarning berilmasligi sabab boʻlgan[8]. 2009-yil avgust oyida sobiq doʻsti Aleksey Mixaylovich Vergeyenko bosh murabbiy boʻlgan Soligorskdan „Shaxtyor“ ga oʻtgan.

2010-yilning avgust oyida „Shaxtyor“ (Soligorsk) klubi bilan shartnomasi yakunlangach, Oʻzbekiston chempionatidan kelgan taklifni qabul qilgan. „Mash’al“[9] Rindzyukning yangi klubiga aylangan. 2010-yilgi mavsumda oʻtkazgan olti oy davomida klubning 12-oʻrindan 5-oʻringa koʻtarilishiga yordam bergan, 13 oʻyin oʻtkazgan, 7 ta gol urgan[10]. 2011-yil boshida meniskni shikastlab olgan, maydonga tushishi bilan orqa soni tortib qolgan. Shu boisdan ham 2011-yilning birinchi yarmida – 13 oʻyindan faqat ikkitasida „tayanch himoya“ da oʻynagan. Ikkita gol urgan – ikkalasi ham kubok oʻyinida[11]. Birinchi davra yakunida jamoani tark etgan[12].

2011-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Dinamo" tarkibida oʻtkazgan. 2012-yildan – Belorussiyaning „Smorgon“ klubi tarkibida toʻp surgan, 2014-yilda futfutbolchilik faoliyatini yakunlagan.

2015-yildan „Smorgon“ bosh murabbiyi boʻlib ishlagan, biroq 2017-yilda pora berish va kelishilgan oʻyinlarni tashkil qilish ishi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi sababli lavozimini tark etgan. 2017-yilning yozida Rindzyuk 2 yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan[13].

  • 1999-yil: Belarus chempioni (1)
  • 2004, 2010-yil: Belarus chempionatining kumush medali sovrindori (2)
  • 2003-yil: Belarus chempionatining bronza medali sovrindori (1)
  • 1998, 1999-yil Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2)
  • 2003-yil: Belarus kubogi gʻolibi (1)
  • 2008-yil: Latviya kubogi sohibi (1)
  • 1997-yil: „Chempionatning eng yaxshi 22 nafar futbolchisi“ roʻyxatiga kiritilgan.

Oilali, Nikita ismli oʻgʻli bor.

Mikalayning Andrey ismli ukasi boʻlgan. 2006-yil 14-oktyabrda oʻz joniga qasd qilgan[14].

Jami: 13 ta oʻyin/3 ta gol; 3 gʻalaba, 1 durang, 9 magʻlubiyat.

  1. 1,0 1,1 Nikolay Rindyuk: iz ognya da v polimya
  2. Nikolay Rindyuk: svoego dobilsya
  3. Nikolay Rindyuk: esli bi molodost znala
  4. Nikolay Rindyuk: kitayskaya gramota
  5. Niko i Yo-Yo
  6. Nikolay Rindyuk: nachali s nulya
  7. „Кубок Латвии в руках Рындюка“. 2008-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-may.
  8. „Николай Рындюк: первый блин не комом“. 2012-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  9. „«Машъал» прервал неприятную традицию“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  10. „«Машъал»: Статистика сезона-2010“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  11. „Минимальная победа в первой встрече“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  12. „Бывший игрок Шахтёра и сборной Беларуси Николай Рындюк про неудачный переезд в Узбекистан“. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-may.
  13. „Экс-футболист «Локомотива» и «Рубина» получил два года исправительных работ за дачу взятки“ (ru). bombardir.ru. 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  14. „Погиб брат известного футболиста Николая Рындюка“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  15. „Николай Рындюк“. footbel.net. 2018-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.