Kontent qismiga oʻtish

Mixaylo Zabrodskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-yanvar 1973-yil (1973-01-24) (51 yosh)
Dnepropetrovsk, Ukraina SSR, SSSR
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Taʼlim

Sankt-Peterburg harbiy-muhandislik-kosmik akademiyasi

Ukraina Milliy mudofaa universiteti
Kasbi harbiy xizmatchi
Qoʻshin turi Ukraina Qurolli kuchlari
Xizmat yillari 1989—2019
Unvoni general-leytenant
Janglari Rossiya—Ukraina urushi

Mixaylo Vitaliyevich Zabrodskiy (ukraincha: Михайло Віталійович Забродський; 1973-yil 24-yanvar, Dnepropetrovsk, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik harbiy va siyosatchi. 2019-yil 29-avgustdan 2023-yil 20-martgacha IX chaqiriq Ukraina Oliy Radasining xalq deputati[1][2]. Ukraina Qurolli kuchlarining yuqori harakatchan havo-desant kuchlari qoʻmondoni (2015—2017), Ukraina Qurolli kuchlari havo hujumi kuchlari qoʻmondoni (2017—2019). Ukraina Qahramoni (2014), general-leytenant (2016).

Dnepropetrovskda (hozirgi Dnipro) harbiylar oilasida tugʻilgan. 1994-yilda Sankt-Peterburgdagi A. F. Mojayskiy nomidagi Qizil Bayroq ordenli harbiy-muhandislik-kosmik akademiyasini tamomlagan, shundan soʻng Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida shartnoma boʻyicha besh yil xizmat qilgan. 2000-yilda Ukrainaga qaytgach, 95-alohida aeromobil brigadasida vzvod komandiri sifatida xizmat qila boshladi. 2005-yildan 2006-yilgacha xalqaro harbiy yordam dasturi doirasida Amerika Qoʻshma Shtatlardagi birlashgan shtab boshliqlari va armiya qoʻmondonligi kollejida malaka oshirgan. Ingliz tilini erkin gaplasha oaldi[3][4]. 2009-yilda podpolkovnik unvoni bilan 95-alohida aviatsiya brigadasi shtab boshligʻi va komandirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2009-yil kuzida Kosovodagi UkrainaPolsha tinchlikparvar batyaloni (UkrPolbat) tarkibiga kiruvchi 8-armiya korpusining 95-alohida aeromobil brigadasining harbiy xizmatchilaridan iborat Ukraina kontingenti qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan[5]. 2013-yil yanvar oyida 95-alohida aeromobil brigadasi (Jitomir) komandiri etib tayinlanadi. Ukraina sharqidagi qurolli mojaro paytida Zabrodskiy qoʻmondonligidagi 95-alohida aeromobil brigadasi Slavyansk va Kramatorsk shaharlarini toʻsib qoʻyish vazifasini bajargan, muhim punkt boʻlgan Karachun togʻini egallab olib, mudofaasini ushlab turgan[6].

Zabrodskiyning reydi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil yozida Zabrodskiy boshchiligidagi 95-brigada dushman chizigʻi orqasida reyd oʻtkazadi. Uch hafta ichida jangovar topshiriqlarni bajarib[7], Zabrodskiy brigadasi Slavyanskdan Mariupolgacha, soʻngra Rossiya-Ukraina chegarasi boʻylab 320 km masofani bosib oʻtadi va Lugansk orqali Slavyanskka qaytib keldi. Amerikalik ekspert Filipp Karber (inglizcha: Phillip A. Karber) fikricha, bu yaqin harbiy tarixdagi qurolli tuzilmaning eng uzoq davom etgan reydi[3][8]. Brigada Kramatorskdan koʻchib oʻtib, Baxmut, Debalsevo, Saur-Mogila, Liman (oʻsha paytda Krasniy Luch), Luganskda rus va separatistik kuchlar bilan jang qiladi. Luganskda 95-brigada Lugansk aeroportini himoya qilib, qamalda qolgan Ukraina bataloniga yordam bergan[9]. Reyd natijasida blokirovka qilingan ikki ukraina brigadasi ozod qilinadi va Lugansk aeroporti qaytariladi. 2014-yil 23-iyulda brigada oldingi chiziqqa qaytadi[10][11]. 2014-yil 24-avgustda Ukraina Mustaqillik kuni sharafiga oʻtkazilgan paradda Donbass urushi ishtirokchilarining birlashgan parad batalyoniga qoʻmondonlik qiladi[12]. 2015-yil mart oyida Ukraina Qurolli kuchlarining yuqori harakatchan havo-desant kuchlari qoʻmondoni etib tayinlanadi. 2015-yil 3—4-iyun kunlari Marinka uchun jangda Ukraina kuchlariga qoʻmondonlik qilgan[13]. 2015-yil 1-avgustda unga „general-mayor“ harbiy unvoni, 2016-yil 5-dekabrda „general-leytenant“ harbiy unvoni berilgan[14]. 2017-yil iyun oyida Ukraina Milliy mudofaa universitetini sirtdan tamomlagan. 2017-yil sentyabr oyida Rossiya Tergov qoʻmitasi Mixaylo Zabrodskiyga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 356 va 357-moddalari (taqiqlangan urush va genotsid vositalari hamda usullaridan foydalanish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatadi[15]. 2017-yil noyabridan 2018-yil martigacha Ukraina sharqidagi urushda ishtirok etgan aksilterror operatsiya kuchlari qoʻmondoni[16].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilgi parlamentga navbatdan tashqari saylovda Yevropa birdamligi (ukraincha: Європейська солідарність) partiyasidan ishtirok etgan (partiyaviy roʻyxatda 4-oʻrin[17]). 2023-yil 17-mart kuni „Yevropa birdamligi“ partiyasidan xalq deputati Mixaylo Zabrodskiy Ukraina Qurolli kuchlari rahbariyatida ishlash uchun deputatlik mandatidan voz kechish toʻgʻrisida ariza yozgani maʼlum boʻladi[1]. 2023-yil 20-martda deputatlar uning Ukraina xalq deputati sifatidagi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida ovoz berishdi[2].

  • Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda koʻrsatgan shaxsiy jasorati, fidoyiligi va yuqori professionalligi uchun „Oltin yulduz“ ordeni bilan Ukraina Qahramoni unvoni (2014-yil 23-avgust) [18];
  • Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda koʻrsatgan shaxsiy jasorati va qahramonligi, harbiy qasamyodga sodiqligi uchun III darajali Bogdan Xmelnitskiy ordeni (2014-yil 21-oktyabr)[19];
  • Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan faxriylar harakatini rivojlantirish, urush faxriylarini ijtimoiy himoya qilish va reabilitatsiya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, koʻp yillik benuqson xizmati, harbiy burchini namunali bajarish masalalarini hal etishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun Danila Galitskiy ordeni (2010-yil 22-fevral)[20];
  • Ukraina Mudofaa vazirligining nishonlari: „Ukraina Qurolli kuchlariga 10 yil“, „Ukraina Qurolli Kuchlariga 15 yil“, I va II darajali „Vijdonli xizmati uchun“ medallari;
  • Ukraina-Polsha tinchlikparvar „UkrPolbat“ batalyonining „Birgalikda xizmatlari uchun“ medali;
  • „Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi kuchlarining havo qoʻshinlariga 15 yil“ koʻkrak nishoni.
  1. 1,0 1,1 „Нардеп від “Євросолідарності” Забродський складає мандат“ (uk). Українська правда. 2023-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
  2. 2,0 2,1 „Рада припинила депутатство Забродського: генерал-лейтенант повертається на військову службу“ (uk). Українська правда. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
  3. 3,0 3,1 „Михаил Забродский: Надо любить армию, чтобы стать профессионалом“. 2016-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.
  4. „Герой Украины Михаил Забродский“. 2016-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.
  5. „Украинских миротворцев опять отправляют в Косово“. 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-sentyabr.
  6. „Глава держави присвоїв звання Герой України двом бійцям АТО“. 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Future Impact: a Shift in Deep Fires(ingl.). Архивировано 7 yanvar 2024 года.
  8. Наталья Песня. „Если Украина отступит, вы проиграете“. ТСН (2014-yil 19-noyabr). 2015-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-noyabr.
  9. „Cyborgs at Little Stalingrad: A Brief History of the Battles of the Donetsk Airport, 26 May 2014 to 21 January 2015“ (en). AUSA (2019-yil 30-aprel). 2023-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-yanvar.
  10. Hybrid Warfare: the 21st Century Russian Way of Warfare(ingl.). Архивировано 7 yanvar 2024 года.
  11. JOHN S. HARREL. RUSSIAN INVASION OF UKRAINE, FEBRUARY - DECEMBER2022: Destroying the Myth of Russian Invincibility. Pen & Sword Military, 2023. ISBN 978-1-3990-3178-3. 
  12. „Батальйони просять броню“. 2015-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.
  13. „Марьинка полностью освобождена от диверсантов - Порошенко“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyun.
  14. Указ Президента Украіни № 464/2015 «Про присвоєння військового звання» (ukr.)
  15. Возбуждены уголовные дела в отношении 20 высокопоставленных лиц Министерства Обороны Украины «Официальный сайт Следственного комитета»
  16. „Новым командующим сил АТО стал боевой генерал из десантников“. Liga.net (2017-yil 9-noyabr). 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-noyabr.
  17. „Европейская солидарность назвала 50 кандидатов из своего списка“. LIGA.net (2019-yil 13-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  18. „Ukaz Prezidenta Ukraїni vіd 23 serpnya 2014 roku № 672/2014 „Pro prisvoєnnya M. Zabrodskomu zvannya Geroy Ukraїni““ (uk). Admіnіstratsіya Prezidenta Ukraїni (24.08.2014). 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-sentyabr.
  19. Указ Президента України № 817/2014 від 21 жовтня 2014 року «Про відзначення державними нагородами України» (ukr.)
  20. Указ Президента України № 208/2010 від 22 лютого 2010 року «Про відзначення державними нагородами України» (ukr.)