Kontent qismiga oʻtish

Kreml

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moskva kremlidan yoʻnaltirildi)
XIX asrda Moskva kremli

Kreml (rus.) — qadimgi rus shaharlarining markaziy qismi; atrofi devor bilan oʻralgan minorali qalʼa, mudofaa inshootlari, saroy va cherkovlardan iborat. Ilk bor 1331-yil yozma manbalarda "Kremnik" debtilga olingan. Kreml devorlari dastlab yogʻoch va loydan, 11-asr dan tosh va gʻishtdan qurilgan. Asosan shaharning baland joyida, daryo yoki koʻl boʻyida barpo etilgan. Shaharning negizi hisoblanib, uning qiyofasida muhim oʻrin tutgan. Novgorod, Pskov, Tula, Smolensk, Moskva kabi shaharlar Kremlni saqlangan. Kremlda knyaz yoki podshohlarning qarorgohi, sobor, boyarlar uyi va boshqa boʻlgan. 16— 17-asrlarda Kreml qurilishi keng avj oldi, ammo 19-asr dan harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotib shahar majmuasidan faqat maʼmuriy markaz va tarixiy-badiiy ansambl sifatida oʻrin oldi.[1]

1912 yilda Smolensk kremli devori

Kreml — (shahar ichidagi qal'a, XIV asrgacha boʻlgan nomlanishi - Detinets) qadimgi rus shaharlarining markaziy qismi, minoralar va бойницаdan iborat qal'a devori bilan o'ralgan.

Kreml ichida cherkovlar, qurol-yarog' omborlari va ustaxonalar, boshqaruv xo'jaligi kabi hayotiy zarur muassalar joylashgan. Kreml qurilishida odatda daryo bo'yidagi yoki tabiiy to'siqlar oldida joylashgan tepaliklarda qurilgan.Qurdirgan hukmdor Ivan Kalita

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil