Moviy masjid (Tabriz)
Masjid | |
Mamlakat | Eron |
Hudud | Tabriz |
Manzil | 38°04′24.91″N 46°18′03.88″E / 38.0735861°N 46.3010778°E |
Masjid turi | Jomeʼ-masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom, sharq meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Jahonshoh |
Binokorlik | 1465-yil—??? |
Moviy masjid (Tabriz) Vikiomborda |
Moviy masjid (forscha: مسجد کبود, ozarbayjoncha: Göy məscid)[1] – Eronning Tabriz shahrida joylashgan tarixiy masjid. Masjid va boshqa jamoat binolari 1465-yilda Qora qoʻyunli hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan qurilgan[2].
Masjid 1780-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan[3], fojeadan soʻng faqatgina ayvoni qolgan[4]. 1973-yilda Eron Madaniyat vazirligi nazorati ostida Rizo Memoron Benom tomonidan rekonstruksiyasi boshlangan. Biroq, Rizo yakuniga yetkazishga ulgurmagan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabrizdagi Moviy masjid Qora qoʻyunlilar hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan barpo qilingan[2]. Jahonshohning rafiqasi Xotun Jonbegim (1469-yilda vafot etgan) masjid qurilishi uchun vaqf taʼsis etgan[5]. Biroq oradan bir necha yil oʻtib Jahonshoh va uning Qora qoʻyunlilari Uzun Hasan boshchiligidagi Oq qoʻyunlilar tomonidan agʻdarib tashlanadi va Tabriz qoʻlga kiritiladi[5]. Jahonshohning qizi Soliha Xotun yangi hukmdorlar nazorati ostida qolgan qurilish ishlarini boshqargan[5]. Uzun Hasanning vorisi Yoqub davrida „masjid maqbarasi gumbazi hamda uning asosiy qismlari qurib bitkazilgan“[5]. Sandra Obening qoʻshimcha qilishicha: „Maqbara ichki qismidagi bir necha tafsilotlar, masalan, devor panellaridagi alebastr parchalari va asosiy mehrob maqbara hech qachon toʻliq qurib bitkazilmaganligini koʻrsatadi“[6][5].
Maqbara hech qachon qurib bitkazilmagan boʻlsa-da, Tabriz Safaviylar davlati poytaxtiga aylantirilganida, 16-asrning birinchi yarmida Moviy masjid yangi hukmdorlar uchun asosiy masjid sifatida xizmat qilgan[5]. 1514-yilda hal qiluvchi Chaldiron jangida Safaviylar magʻlubiyatga uchragach, Usmonlilar Tabrizni egallab shaharni, jumladan Moviy masjidni ham talon-taroj qiladi[5]. Obening qayd etishicha, kamida sakkizta gilam turklar tomonidan tortib olingan va Istanbulga olib ketilgan[5]. Obening taʼkidlashicha, turklar Moviy masjidni bosib olish chogʻida inshoot tuzilishiga hujum qilgani nomaʼlum boʻlsa-da, 16—18-asrlar oraligʻida bir necha zilzilalar binoga jiddiy zarar yetkazgan[5]. Ayniqsa, 1780-yilgi zilziladan masjid jiddiy shikastlangan[3] [5]. Biroq, 17-asrda Moviy masjid allaqachon „butunlay vayron qilingan va tashlab ketilgan“ holatda ekanligi xabar berilgan[5]. 19-asrda mahalliy tabrizliklar bino vayronalarini talon-taroj qilgan[5]. 20-asrda, Pahlaviylar davrida masjid nihoyat qayta quriladi[5]. Rekonstruksiyaga Eron Madaniy meros tashkiloti mas’ulligida tabrizlik anʼanaviy meʼmor Muhammad Rizo Memoron Benom rejalari va nazorati ostida amalga oshirila boshlaydi.
Xattotligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur xattot Neʼmatullo bin Muhammad al-Bavab masjidning turli kufiy va suls yozuvlari, arabeska naqshlari va bu jabhalarining xoramatik kompozitsiyalarini yaratgan. Ichki va tashqi devorlar mozaik plitkalar bilan qoplangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Melville, Charles (1981). "Historical Monuments and Earthquakes in Tabriz". Iran 19: 159–77. doi:10.2307/4299714.
- Newman, Andrew J. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B. Tauris, 2006.
- Berberian, Manuel. Earthquakes and Coseismic Surface Faulting on the Iranian Plateau Shroder Jr.: . Elsevier, 2014.
- Persian Bulletin of Blue Mosque, Iranian Cultural Heritages Organization.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aube, Sandra (2016). "The Uzun Hasan Mosque in Tabriz: New Perspectives on a Tabrizi Ceramic Tile Workshop". Muqarnas Online 33 (1): 33–62. doi:10.1163/22118993_03301P004.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tabrizning Moviy masjidi rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2017-10-28 sanasida arxivlangan) Archived 2017-10-28
- YuNESKO veb-saytida Moviy masjid (Kabud masjidi) taqdimoti
- Tishine