Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Afzalxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Afzalxon
محمد افضل خان
Afgʻoniston amiri

Muhammad Afzalxonning eskiz tasviri
Afgʻoniston amiri
Saltanat 1866-yil may – 1867-yil 7-oktyabr
Oʻtmishdoshi Sheralixon
Davomchisi Muhammad Aʼzamxon
Sulola Barakzoi sulolasi
Otasi Doʻstmuhammadxon
Onasi Mulla Sodiqalining qizi
Dini Sunniylik

Muhammad Afzalxon (1815 – 1867-yil 7-oktyabr; forscha: محمد افضل خان) – 1849—1863-yillarda afgʻon Turkistonining hokimi[1] va 1866-yil may – 1867-yil oktyabrigacha Afgʻoniston amiri[2]. Doʻstmuhammadxonning toʻngʻich oʻgʻli Afzalxon 1815-yilda Kobulda tugʻilgan[3]. Otasi 1863-yil 9-iyunda vafot etdi[4][3]. Doʻstmuhammadxon oʻgʻillari oʻrtasida fuqarolar urushi boshlandi. 1866-yil may oyida u akasi Sheralixondan hokimiyatni tortib oldi va Kobulni egalladi[4]. Bir yil oʻtgach, u vabo bilan kasallanib, 1867-yil 7-oktyabrda vafot etdi[5]. Afzalxon vafotidan keyin Muhammad Aʼzamxon Afgʻoniston amiri deb eʼlon qilindi. U etnik pushtun va Barakzoi urugʻiga mansub boʻlgan.

Muhammad Afzalxonning uchinchi oʻgʻli Abdurahmon 1880—1901-yillarda amir boʻlgan[6]. Taxtapulning yaratilishiga ham Afzalxon mas’ul boʻlgan[2].

  1. Habibi. „AFŻAL KHAN, AMIR MOḤAMMAD“. Encyclopaedia Iranica (1984).
  2. 2,0 2,1 Lee, Jonathan L.. The "Ancient Supremacy": Bukhara, Afghanistan and the Battle for Balkh, 1731-1901 (en). BRILL, 1996-01-01. ISBN 978-90-04-10399-3. Lee, Jonathan L. (1 January 1996). The „Ancient Supremacy“: Bukhara, Afghanistan and the Battle for Balkh, 1731-1901. BRILL. ISBN 978-90-04-10399-3.
  3. 3,0 3,1 McChesney, Robert. The History of Afghanistan: Fayż Muḥammad Kātib Hazārah's Sirāj al-tawārīkh (en). BRILL, 19 December 2012. ISBN 978-90-04-23498-7. 
  4. 4,0 4,1 Hasan Kakar, Mohammad. A Political and Diplomatic History of Afghanistan, 1863-1901. Brill Publishers, 2006 — 9–15-bet. ISBN 9004151850. 
  5. Lee, Johnathan. Afghanistan: A History from 1260 to the Present. Reaktion Books, 2019 — 321–364-bet. ISBN 978-1789140101. 
  6. „Kosmix“. 2010-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-yanvar.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Sheralixon
Afgʻoniston amiri
1865 – 1867-yil 7-oktyabr
Vorisi:
Muhammad Aʼzamxon