Oʻktam Umurzoqov
Oʻktam Pardayevich Umurzoqov | |
---|---|
Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi- | |
Mansab davri 2019-yil 10-oktabr – 2021-yil 26-iyul | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori- | |
Mansab davri 2017-yil 26-may – 2021-yil 26-iyul | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori maslahatchisi- | |
Mansab davri 2013 – 2017-yillar | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori- | |
Mansab davri 2004 – 2013-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1952-yil 20-avgust Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
2021-yil 26-iyul (68 yosh) Moskva, Rossiya |
Dafn qilingan joyi |
„Minor“ qabristoni, Toshkent, Oʻzbekiston. „Minor“ qabristoni, Toshkent, Oʻzbekiston. |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Turmush oʻrtogʻi | Zamira Usmonova |
Bolalari | Sardor Umurzoqov, Elyor Umurzoqov, Elnora Nosirova |
Onasi | Xosiyat Tursunova |
Otasi | Parda Umurzoqov |
Taʼlim | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
Dini | Islom (hanafiylik) |
Faoliyati | olim, siyosatchi |
Ilmiy unvoni | Iqtisodiyot fanlari doktori, Texnika fanlari nomzodi |
Oʻktam Pardayevich Umurzoqov (1952-yil 20-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek olimi va Oʻzbekiston davlat arbobi, iqtisod fanlari doktori, texnika fanlari nomzodi. Professor. 2019-yil 10-oktyabr — 2021-yil 26-iyul mobaynida — Respublika Oliy taʼlim kengashi raisi. 2017-yil 26-may — 2021-yil 26-iyul mobaynida —Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori. 2019-yil 22-dekabr — 2021-yil 26-iyul mobaynida — xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati lavozimlarida ishlagan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yil 20-avgustda Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi — Umurzoqov Parda Umurzaqovich, Zomin tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Samarqand viloyat komiteti ikkinchi kotibi Oʻktam Umurzoqov.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Shu universitetda dekan, prorektor, birinchi prorektor, rektor lavozimlarida ishlagan.
2019-yil 10-oktyabrdan Oliy taʼlim muassasalari Respublika kengashi raisi.
2019-yil dekabrdan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari — Umurzoqov Sardor Oʻktamovichning otasi.
Iqtisodiyot fanlari doktori, texnika fanlari nomzodi. Professor.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1969—1974-yillar — TIQXMMI talabasi.
1974—1977-yillar — TIQXMMI „Mashinalarni taʼmirlash va ishonchliligi“ kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi, kichik ilmiy xodimi.
1977—1980-yillar — TIQXMMI ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi.
1980—1990-yillar — „Materialshunoslik va mashinasozlik“ kafedrasi assistenti, TIQXMMI ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri.
1990—1992-yillar — TIQXMMI malaka oshirish fakulteti dekani.
1992—1996-yillar — Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari tayyorlash markazi TIQXMMI prorektori.
1996—1999-yillar — TIQXMMI „Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash“ fakulteti dekani.
1999—2004-yillar — TIQXMMI ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari boʻyicha prorektor.
2004—2011-yillar — TIQXMMI oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori.
2011—2013-yillar — Oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor, TIQXMMI rektori v.b.
2013—2017-yillar — TIQXMMI rektori maslahatchisi, „Suv xoʻjaligi iqtisodiyoti“ kafedrasi professori[1].
2017—2021-yillar — TIQXMMI rektori.
2019—2021-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim Respublika kengashi raisi.
2019—2021-yillar — Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi deputati.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.