Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi
Oʻzbekiston avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari, qisqacha ROʻDRB — Oʻzbekiston Respublikasida barcha turdagi transport vositalarini qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir.
1920-yillardan ishlab chiqarila boshlangan. 1938, 1944, 1977, 1989 va 1996-yilda oʻzgargan . Hozirgi avtomobil raqamlari 2008-yil 1-oktyabrdan boshlab joriy etilgan .
Davlat raqami belgilarini ishlab chiqarish, tarqatish va nazorat qilish mamlakatdagi vazirlik, idora va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi
.Davlat raqamlari oʻlchami boʻyicha 2 turga, qoʻllanishi boʻyicha 15 turga boʻlinadiJismoniy va yuridik shaxslar uchun chiroyli kombinatsiyadagi avtomobil raqamlari auksion orqali sotiladi .
.Oʻzbekistondagi 14ta hududiy subyekt uchun hudud raqamlari turlicha avtomobil raqamlari amal qiladi
.Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonda avtomobil raqamlari 1920-yillardan ishlab chiqarila boshlagan. 1938, 1944, 1977-yillarda yangi namunalar chiqarilgan. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 2000-yilgacha amal qilgan. 1996-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2012-yil 31-dekabrgacha amal qildi[1].
2008-yil 1-oktyabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi namunadagi davlat raqamlari joriy qilindi[2]. Avtomobil raqamlari yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlamga, qalbakilashtirishga qarshi suv belgilariga va korroziyaga qarshi xususiyatga ega[3].
Chiroyli kombinatsiyadagi avtomobil raqamlari 2017-yildan boshlab auksion orqali narx oshib borishi tartibida sotiladi[4].
2021-yil 1-noyabrdan boshlab elektromobillar uchun hudud raqami yashil rangli avtoraqam berilishi tartibi joriy qilindi[5].
Davlat raqamlarini beruvchi yuridik shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi[2].
Avtoraqamlarni nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari) , Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi[2].
Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus kombinatsiyalarning farqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari[6];
PSS — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati xodimlari[6];
PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari[6];
APC — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari)[6];
DAV — Davlat hokimiyati markaziy tashkilotlarining (agentlik, markaz va boshqalar) rahbariyati[6];
AVH (Andijon), BVH (Buxoro), FVH (Fargʻona), JVH (Jizzax), KVH, NVH (Namangan, Navoiy), XVH (Xorazm) SVH (Samarqand) — viloyatlar hokimligi xodimlari[6];
USB, BGR – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshinlar[6];
VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSP, VSV — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari[6];
PSF, PSP — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari[6];
TSS, TST — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari[6];
ZDF, ZDP — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari[6];
DXA, PXQ — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari[6];
FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari[6];
MV, MT — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari[6];
TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG, TTH — taksilar[6];
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomototransport vositalariga beriladigan davlat raqamlari turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]520x112 mm | 145x190 mm | 520x112 mm tavsifi | 145x190 mm tavsifi |
---|---|---|---|
Yuridik shaxslar transportlariga beriladigan avtoraqamlar | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari[7] | ||
-- | jismoniy shaxslarga tegishli transportlarga beriladigan raqamlar | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni transportlariga beriladigan davlat raqamlari | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | ||
-- | chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari | -- | |
-- | xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari | -- | |
BMT va unga tegishli xalqaro tuzilmalarning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari[8] | ||
Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | ||
Savdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | ||
Xalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | ||
Fuqaroligi xorijiy davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | ||
yoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqami | mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari | ||
-- | Elektromobil uchun beriladigan davlat raqami[9] | -- |
Tirkamalarga beriladigan davlat raqamlari turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]288x206 mm | 288x206 mm tavsifi |
---|---|
traktorlar, qurilish-yoʻl va melioratsiya texnikalari, yuridik shaxslarning oʻziyurar mashinalari, ikki qatorli davlat roʻyxatga olish raqamlari. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni oq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Yuqori chap burchakda traktorning sxematik chizilgani, pastki oʻng burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari koʻrsatilgan. | |
jismoniy shaxslarning traktorlari, qurilish-yoʻl va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalari, ikki qatorli davlat roʻyxatga olish raqamlari. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni sariq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Yuqori chap burchakda traktorning sxematik chizilgani, pastki oʻng burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari koʻrsatilgan. | |
yuridik shaxslarning traktor priseplarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari, ikki qatorli. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni oq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Oʻng pastki burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari. Belgining shakli yuqori burchakli toʻrtburchakdir. | |
jismoniy shaxslarning traktor priseplarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari, ikki qatorli. Davlat roʻyxatga olish raqamlarining foni sariq, okantovka, raqamlar va harflar qora rangda. Oʻng pastki burchakda – hudud kodi, Oʻzbekiston bayrogʻi va „UZ“ harflari. Belgining shakli yuqori burchakli toʻrtburchakdir. |
Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasviri | Tavsifi |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha (qora fon va oq yozuv) chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 1998-2018-yillarda aynan shunday namunadagi davlat raqamlaridan foydalandi. 2018-yildan boshlab, oq fondagi qora MV yozuvli yangicha davlat raqamlari joriy etildi[10] | |
Hududlar boʻyicha raqamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud | 1989-2000-yillardagi | 1996-2012-yillardagi | 2008-yildan keyin |
---|---|---|---|
Toshkent[11] | ТН | 10, 30 | 01-09 |
Toshkent viloyati | ТШ | 11 | 10-19[12] |
Sirdaryo viloyati | СИ | 12 | 20-24 |
Jizzax viloyati | ДД | 13 | 25-29 |
Samarqand viloyati | СН | 14 | 30-39 |
Fargʻona viloyati | ФЕ | 15 | 40-49 |
Namangan viloyati | НА | 16 | 50-59 |
Andijon viloyati | АН | 17 | 60-69 |
Qashqadaryo viloyati | КФ | 18 | 70-74 |
Surxondaryo viloyati | СД | 19 | 75-79 |
Buxoro viloyati | БХ | 20 | 80-84 |
Navoiy viloyati | НВ | 21 | 85-89 |
Xorazm viloyati | ХЗ | 22 | 90-94 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | КП | 23 | 95-99[13] |
Narxlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-2017-yillar davomida yangi namunadagi avtomobil raqamlarining narxlarida rasman qatʼiy belgilangan narxlar boʻlmagan. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001-009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taqiqlangan edi. 2017-yilning 11-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Yoʻl harakatini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandi[14][4].
Toshkent shahrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toifa nomi | ROʻDRBning seriyadagi soni | ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan |
---|---|---|---|---|
1-toifa | 9 juft | 001,007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888 | 100 | 130[15][16] |
2-toifa | 21 juft | 002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080, 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 | 30 | 40 |
3-toifa | 27 juft | 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090, 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 | 10 | 15 |
4-toifa | 36 juft | 033, 044, 060, 066, 099, 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990 | 8 | 10 |
5-toifa | 75 juft | 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191, 212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292, 313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393, 414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494, 515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696, 733, 744, 755, 766, 788, 799, 818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898, 919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989 | 5 | 7 |
6-toifa | 160 juft | 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199, 201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299, 301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399, 401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499, 501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599, 601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699, 720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790, 801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899, 901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998[17]. | 3 | 5 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toifa nomi | ROʻDRBning seriyadagi soni | ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan | ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan |
---|---|---|---|---|
1-toifa | 9 juft | 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888 | 25 | 30[15][16] |
2-toifa | 20 juft | 002, 005,010, 020, 050, 070, 077, 080, 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 | 10 | 15 |
3-toifa | 26 juft | 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090, 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 | 5 | 7 |
4-toifa | 36 juft | 033, 044, 060, 066, 099, 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990 | 4 | 5 |
5-toifa | 72 juft | 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191, 212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292, 313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393, 414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494, 515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696, 733, 744, 755, 766, 788, 799, 818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898, 919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989 | 3 | 4 |
6-toifa | 720 juft | 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199, 201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299, 301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399, 401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499, 501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599, 601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699, 720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790, 801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899, 901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998 | 2 | 3 |
Qimmat avtoraqamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har yili avtomobil raqamlari sotuvidan davlat byudjetiga katta miqdorda tushumlar qayd etiladi[18].
2017-yil 1-noyabr kuni samarqandlik yuridik shaxs auksion orqali „30 777 AAA“ davlat raqamini 340 million soʻm (taqriban 37200 dollar) evaziga sotib oldi[19][20].
2021-yil avgust oyida „30 Z 777 ZZ“ avtoraqami 441,5 million soʻmga (oʻsha vaqtdagi valyuta kursi boʻyicha 41000 dollar) sotildi[21].
2021-yil 26-oktyabr kuni auksionda boshlangʻich 243 million soʻm narx bilan savdoga qoʻyilgan „01 O 001 OQ“ avtomobil raqami 498 million 150 ming soʻmga (oʻsha vaqtdagi valyuta kursi boʻyicha 46700 dollar) sotildi[22].
2022-yil 29-aprel kuni avtoraqamlar onlayn auksionida „50 777 ZZZ“ raqam belgisi boshlangʻich 135 million soʻm bilan savdoga qoʻyildi. 6-may kuni avtomobil raqami auksionda Namangan viloyatida yashovchi fuqaro tomonidan 669 million soʻmga (o'sha vaqtdagi valyuta kursi boʻyicha 60324 dollar) sotib olindi[23][24].
2023-yil 10-oktabr kuni birja auksionida yuridik shaxslarga moʻljallangan „01 777 RRR“ avtomobil raqami kimoshdi savdosida boshlangʻich 297 million soʻm narx bilan savdoga qoʻyildi. Bir yarim soat davom etgan savdo jarayonida lot narxi 3 barobarga oshdi va avtoraqam 893,97 million soʻmga (o'sha vaqtdagi valyuta kursi boʻyicha 73 ming AQSh dollariga teng) sotildi. Ushbu savdodan soʻng bu raqam Oʻzbekistondagi yuridik shaxslar uchun moʻljallangan eng qimmat chiroyli davlat raqamiga aylandi. Ushbu onlayn-auksionda faqatgina ikki nafar ishtirokchi qatnashib, jami 49 ta narx taklifini taqdim etishdi[24].
Shuningdek, 2017-yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillarga uch bir xil harflardan iborat davlat raqamini (masalan, OOO, VVV, UZB kabi) muayyan toʻlov asosida berish tartibi joriy qilindi[25][26].
1996—2012-yillardagi avtoraqam turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasviri | Tavsifi |
---|---|
Yuridik shaxslarning avtomobillari uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Belgining formati hududning ikki xonali kodi (koʻk raqamlar), ikkita harf va uchta qora raqamdir. Hudud kodi chap tomonda alohida oynada joylashgan. Yuridik shaxslarning ikki qatorli davlat belgisi yuqori qatorda uchta raqam, ikkita harf va pastki qismdagi hudud kodi mavjud[1]. | |
jismoniy shaxslarning avtomobillari uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Belgining formati mintaqaning ikki xonali kodi (koʻk raqamlar), harf va qora rangdagi toʻrtta raqamdir. Viloyat kodi chap tomonda alohida oynada joylashgan[1]. | |
yuk va yengil avtomobillarga pritseplar va yarim Tirkamalar uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Ikki qatordagi belgilarni oʻz ichiga oladi: uchta raqam — yuqori, harf va hududning ikki xonali kodi — pastki qismida. Pastki burchaklar ajraladi. | |
motorli transport vositalari (mototsikllar, skuterlar) uchun davlat roʻyxatga olish raqamlari. Ikki qatordagi belgilarni oʻz ichiga oladi: uchta raqam — yuqori, harf va hududning ikki xonali kodi — pastki qismida. | |
yoʻl harakatida vaqtincha ishtirok etishga ruxsat berilgan transport vositalari uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari (bir martalik tranzit). Ikki qatordagi belgilarni oʻz ichiga oladi: harf va hudud kodi — yuqori qatorda, toʻrtta raqam — pastki qismida. Yuqorida, sarlavhada „TRANZIT“ soʻzi yozilgan. | |
H seriyali davlat roʻyxatga olish raqamlari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli yoki ijaraga olingan transport vositalariga beriladi. Ushbu turdagi raqamlar xorijiy fuqarolarning mashinalariga oʻrnatiladi. Sariq fonda belgilar mavjud. Formati jismoniy shaxslar bilan bir xil. | |
xorijiy va qoʻshma korxonalarning avtomobillarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari. Koʻk fonda oq belgilarni oʻz ichiga oladi. Formati — M harfi va juft chiziq bilan ajratilgan toʻrtta raqam. | |
diplomatik vakolatxonalar xodimlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari. Yashil fonda oq belgilarni oʻz ichiga oladi. Formati — diplomatik vakolatxona harf kodi va juft chiziq bilan ajratilgan toʻrtta raqam. Harf kodlari quyidagicha boʻlishi mumkin:
CMD — diplomatik vakolatxona rahbari; D — diplomat; T — texnik xodimlar. | |
BMT vakolatxonasining davlat roʻyxatga olish raqamlari.
Koʻk fonda oq belgilarni oʻz ichiga oladi. Format — „UN“ harflari va toʻrtta raqam juft chiziq bilan ajratilgan[8]. |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Узбекская ССР — Номерные знаки образца“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UChUN RO‘YXATDAN O‘TKAZISh DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“.
- ↑ „Как делают автомобильные номера“.
- ↑ 4,0 4,1 „Oʻzbekistonda chiroyli avtomobil raqamlari auksion orqali sotiladi“.
- ↑ „Elektromobillar uchun alohida davlat raqam belgilari beriladi“. kun.uz.
- ↑ 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 6,13 6,14 „Специальные серии автомобильных номеров в Узбекистане“.
- ↑ Postanovlenie Kabineta Ministrov
- ↑ 8,0 8,1 Krasivie nomera — ponti ili neobxodimost?, 2015-09-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-02
- ↑ „Elektromobillar uchun alohida davlat raqam belgilari beriladi“. kun.uz.
- ↑ Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari oʻzgaradi
- ↑ „Новые автомобильные номера Узбекистана, автомобильные коды Узбекистана“.
- ↑ „Avtomobilnie nomera“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Расценки на "красивые номера" в Республике Узбекистан“.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
- ↑ 15,0 15,1 „Оширилган тўлов ставкалари бўйича бериладиган I, IA, III, IIIA типидаги автотранспорт воситалари учун рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларининг“. LexUz.
- ↑ 16,0 16,1 „Новые автомобильные номера Узбекистана, автомобильные коды Узбекистана“.
- ↑ Chiroyli avtoraqamlar roʻyxati va narxi yangilandi
- ↑ „"Eshagidan tushovi qimmat": qimmatbaho mashinalar, hashamdor avtoraqamlar va o‘tgan asr yo‘llari“.
- ↑ „В Самарканде купили госномер 777ААА за $37,7 тыс — рекорд“.
- ↑ „Samarqandda 777 AAA avtomobil raqami 301 mln so‘mga sotildi. Bu pulga 7 dona yangi Matiz olish mumkin edi“.
- ↑ „Ўзбекистонда энг қиммат «чиройли» авторақам қанчага сотилгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ Abdullaev, Sunnatilla „O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam sotildi“. qalampir.uz (28.102021). Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ Sultonova, Rushana „O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami sotildi“. qalampir.uz (2022-yil 7-may). Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ 24,0 24,1 „O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam qariyb 75 ming dollarga sotildi“. gazeta.uz. Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ Toshkentda UZB raqamli Toyota haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlangani uchun jarimaga tortildi
- ↑ „Номера Узбекистана: Галерея“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avtomobil raqamlari auksioni (Wayback Machine saytida 2020-05-13 sanasida arxivlangan)