Og‘a ibn Obiddin ash-Shirvoniy
Og‘a ibn Obiddin ash-Shirvoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1868-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Faqih |
Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy (arabcha: آغا بن عابدين الشيرواني — Ogʻa ibn Obiddin Ramazon ibn Zohid ash-Shirvoniy) — Muhaddis va faqih.
Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy XVIII asr boshlarida Buxoro atrofidagi "Bimajkas" yonida shoylashgan Shirvon qishlogʻida tugʻilgan. Unga "ad-Darbandiy" nisbasi ham berilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy faqih, uslubiyotchi, muhaddis, muarrix sifatida faoliyat koʻrsatgan. Najaf, Karbalo kabi shaharlarga ilmiy safarlar qilib, u yerdagi bir qator olimlardan taʼlim olgan. Keyinchalik Eronga qaytib, Tehron shahrida yashagan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy oʻzidan boy ilmiy meros qoldirgan:
• "Iksiyrul-ibodat fi asrorish-shahodat" ("Shahodat sirlarida ibodat kupligining oʻrni");
• "Qavomiysul-qavoid fir-rijol" ("Hadis roviylari haqida qoidalar majmuasi");
• 'Xazoinul-usul" („Usul ilmining xazinalari“);
• "Al-Masoilu at-tamriniya fil-fiqh" ("Fiqh ilmiga oid mashqlar toʻplami");
• "Xazoinul- ahkom" ("Hukmlarning xazinalari").
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ogʻa ibn Obiddin ash-Shirvoniy 1285/1868 yili vafot etgan. Uning jasadi Karbaloga olib kelinib, dafn qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kahhola Umar Rizo. Muʼjamu-l-muallifiyn. J.1. — Bayrut: Dor ihyoi-t-turosi-l-arabiy, 2009. 386.