Kontent qismiga oʻtish

Omar Abdulrahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Omar Abdulrahmon
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Omar Abdulrahman Ahmed Al Raqi Al Amoudi
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1991-yil (1991-09-20) (33 yosh)
Tavallud joyi Ar-Riyod, Saudiya arabistoni
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Vasl
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2018 Al Ain FC 142 (38)
2018—2019 Al Hilal (Ijara) 5 (1)
2019—2021 Al Jazira 21 (3)
2021—2022 Shabab Al-Ahli 5 (1)
2022- Al Vasl 6 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2010 Birlashgan Arab Amirliklari U20 4 (1)
2010—2012 Birlashgan Arab Amirliklari U23 15 (1)
2011- Birlashgan Arab Amirliklari 72 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Omar Abdulrahmon Ahmad Al Raqi Al Amoudi (arabcha: عمر عبد الرحمن أحمد الراقي العمودي; 1991-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) – professional futbolchi, BAAning Shabab Al-Ahli klubi va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Abdulrahmon 2008—2009-yilgi mavsumda „Al-Ayn“ safida debyut qilgan. Birinchi mavsumida Etisalat kubogi, Prezident kubogi va Superkubokni qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda tizzasidan jarohat olgan va olti oydan koʻproq vaqtga safdan chiqqan. 2010—2011-yilgi mavsumda oʻz klubiga quyi ligaga tushib ketmaslikda yordam bergan. Mavsumni 29 uchrashuvda 11 gol bilan yakunlagan va yilning eng umidli futbolchisi deb topilgan. 2011—2012-yilgi mavsumda Abdulrahmon yana oʻsha jarohatni oldi va olti oyga safdan chiqdi. „Manchester Siti“ safidagi ikki haftalik mashgʻulotdan soʻng, 2012—2013-yilgi mavsumda asosiy oʻyinchiga aylanish uchun „Al-Ayn“ga qaytdi va 2012-yilgi Superkub va liga chempionligiga erishgani uchun Vatanida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

ESPN FC Abdulrahmonni 2012-yilning eng yaxshi osiyolik futbolchilar oʻntaligida birinchi oʻringa joylashtirdi[1]. 2013-yilda Abdulrahmon FIFA tomonidan Osiyoning eng istiqbolli kelajak yulduzlari roʻyxatiga kiritilgan[2]. 2012—2013-yilda Goal nashrining mavsumning eng yaxshi oʻyinchilaridan tuzilgan 50 talik roʻyxatida 39-oʻrinni egallagan[3][4].

Omar Abdulrahmon Ar-Riyodda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati Yaman. Uning otasi Abdulrahmon Ahmad sobiq futbolchi. Ikkita opasi va uchta akasi bor: Ahmad, Xolid va Muhammad[5]. Yoshligida Ar-Riyod mahallalarida futbol oʻynagan.

Omar shahzoda Faysal bin Fahd stadioni yaqinidagi Al Malaz klubi mashgʻulot maydonida tasodifan uni koʻrgan skaut (kuzatuvchi) Abdulrahmon Eyssaning eʼtiborini tortdi va kuzatuvchi Omardan qaysi klubda oʻynayotganligini soʻradi. Omar esa hech qaysi klub tarkibida harakat qilmasligini va BAA fuqaroligiga ega emasligini aytdi.

2000-yilda Abdulrahmon bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor boʻlgan „Al Hilol“ sudga murojaat qilgan. Chunki butun oilasiga emas, faqat uning oʻziga BAA fuqaroligi taklif etilgan. Otasi bu taklifni rad etgan.

Keyin Abdulrahmonning doʻsti Ahmad Al Garunga yosh iqtidorli futbolchilarni qidirayotgan „Al Ain“ning faxriy aʼzosi Nosir bin Talubdan qoʻngʻiroq boʻldi. Abdulrahmon Eyssa unga Omarning isteʼdodi va uning ukalari Muhammad va Xolid haqida gapirib berdi. Soʻngra Al Ain Omarning butun oilasiga Birlashgan Arab amirliklari fuqaroligini berishga rozi boʻldi. Abdulrahmon ikki ukasi bilan klubga qoʻshildi va klubning yoshlar akademiyasida mashgʻulotlarda ishtirok eta boshladi[6].

  1. „Top ten Asian players of 2012“. ESPN FC. Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  2. „New stars rise on Asian scene“. Fifa. 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2013-yil.
  3. „39. Omar Abdul Rahman“. Goal.com. Qaraldi: 4-avgust 2013-yil.
  4. „Al Ain's Abdulrahman joins Messi & Ronaldo in world's top 50“. Sport360. 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2013-yil.
  5. „It is one of the best moments we are living these days“. The National (19-may 2012-yil). Qaraldi: 20-aprel 2013-yil.
  6. „Abdulrahman Eissa: I discovered (Amoory) and not Al Jaber!!“. Al Yaum (13-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 22-fevral 2013-yil.