Kontent qismiga oʻtish

Puerto-Riko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Puerto Ricodan yoʻnaltirildi)

Puerto-Riko (Estado Lius Asociado de Puerto Rico) AQSh mustamlakasi bo‘lib, Karib dengizidagi arxipelagdir. Puerto-riko (Puerto Rico), Puerto-Riko Hamdolstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil orollari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona orollarida joylashgan AQSH mulki. Maydoni 8988 ming km². Axrlisi 4234788 mln. kishi (2022). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra bo‘linadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan shahri.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Puerto-Riko AQShga "erkin qoʻshilgan" davlat maqomiga ega. Amaldagi konstitutsiyasi 1952-yil 3-iyulda qabul qilingan va oʻsha yil 25-iyulda kuchga kirgan. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat AQSH kongressiga tegishli. Puertorikanlar rasman AQSH fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSH prezi-denti saylovida katnashmaydi. Muxto-riyat doirasidagi qonun chiqaruvchi hoki-miyatni gubernator amalga oshiradi.

Puerto-Riko orolning yer yuzasi togʻli. Gʻarbdan sharqqa Kordilyera-Sentral tizmasi choʻzilgan (eng baland joyi 1338 m). Shimoliy vajan. qirgʻogʻi pas-ttekislik. Marganets va temir ruda, tosh-tuz, marmar va boshqa konlar bor. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik temperatura pa-sttekisliklarda 24—28°, togʻlarda bir-muncha salqinroq. Yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. Daryolari qisqa, joʻshqin, kema qatnamaydi. Shimoliy togʻ yon bagʻirlarida doim yashil va aralash oʻrmonlarning qoldiklari bor, jan. yon bagʻirlari butazor. Hayvonlar uncha koʻp emas, koʻrshapalak, sudralib yuruvchilar va mollyuskalar uchraydi.

Aholisining aksariyati — puertorikanlar (asosan, kreollar, mulatlar, negrlar), chet elliklar ham yashaydi. Rasmiy tillar — ispan va ingliz tillari. Dindorlari — katoliklar. Sha-har aholisi 71%. Yirik shaharlari: San-Xuan, Bayamon, Ponse.

Puerto-Riko hududida 16-asrgacha turli indeys kabilalari yashagan. 15-asr oxiri va 16-asr boshlarida orolni ispan mustamlakachilari bosib olgan. 16-asr oʻrtalarigacha mahalliy xalq batamom qirib tashlanib, Afrikadan negr qullar keltirilgan. Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari Puerto-Rikoni egallash uchun koʻp urush olib borganlar. 17—19-asrlarda mustamlaka zulmiga qarshi bir necha marta xalq qoʻzgʻolonlari boʻldi. 1868-yilgi qoʻzgʻolondan soʻng Lores shahrida respublika eʼlon qilindi, qoʻzgʻolon shafqatsiz bostirildi. 1873-yil qulchilik bekor qilindi. 1898-yil Parij sulh shartnomasiga binoan, Puerto-Rikodagi hoki-miyat Ispaniyadan AKShga oʻtdi va u aslida AQSH mustamlakasiga aylandi. 1952-yil qabul qilingan konstitutsiyaga koʻra, Puerto-Riko AQShga "erkin qoʻshilgan" davlat maqomini oldi. 1998-yil 13-dekabrda mamlakatning kelgusi maqomi masalasi yuzasidan plebissit oʻtkazildi. Aholining 50,2% hozirgi maqom saqlanib qolishini yoklab chiqdi, 46,5% Puerto-Rikoning AQSH tarkibiga 51-shtat boʻlib kirish gʻoyasini qoʻllab quvvatladi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Xalq demokratiya partiyasi, 1938-yil asos solingan; Yangi taraqqiyparvar partiya, 1967-yil tuzilgan; Puerto-Riko Kommu-nistik partiyasi, 1934-yil tashkil etilgan; Puerto-Riko mustaqillik partiyasi, 1934-yil tuzila boshlagan va 1946-yil uzil-ke-sil shakllangan; Puerto-Riko sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan. Puerto-Riko mehnatkashlari umumiy konfedera-siyasi, 1939-yil tuzilgan; Puerto-Riko mexnatkashlari umumiy ittifoqi, 1948-yil asos solingan; Puerto-Riko mehnatkashlari federatsiyasi, 1952-yil tuzilgan. 2022-yil may oyida Puerto-Rikoning hududiy maqomi va uning AQSh bilan munosabatlarini qanday hal qilish bo‘yicha raqobatdosh qonun loyihalariga homiylik qiluvchi Kongress a’zolari ikkalasini birlashtirgan yangi qonunchilikni joriy qilish uchun birlashdilar. Taklif etilayotgan qonunchilik AQSh shtatlaridan biri Darren Soto va Puerto-Rikoning Kongressning ovoz berish huquqiga ega bo'lmagan a'zosi va respublikachi vakil Jenniffer Gonsales tomonidan kiritilgan davlatchilikka qarshi qonun loyihasining elementlarini va Puerto-Rikoning o'zini o'zi belgilash to'g'risidagi qonunini birlashtiradi. Aleksandriya Okasio-Kortez va Nydia Velaskes, ikkalasi ham Nyu-York demokratlari. Qonun loyihasida aytilishicha, Puerto-Rikoning siyosiy maqomini hal qilish bo'yicha plebissit 2023-yil 5-noyabrda o'tkaziladi.

Xoʻjaligi konchilik sanoatiga va qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 39%, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4%ni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining 35% qishloq xoʻjaligida band. Eksport uchun shakarqamish, kofe, banan, tamaki, sitrus mevalar, paxta va boshqa ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, dukkakli ekinlar va sholi yetishtiriladi. kramol, choʻchqa, ot va parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Marganets va temir ruda, marmar, toshtuz qazib olinadi. Oziqovqat sanoati (ayniqsa, qand-shakar, vinochilik, meva kon-servalash, baliqni qayta ishlash va boshqa sohalar) rivojlangan. Elektrotexnika, elektron, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, farmatsevtika, yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, kashtachilik) korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 15,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 9,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: San-Xuan, Mayagues, Ponse. Chetga kimyo va radioelektron sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat chiqaradi. Chetdan xom ashyo, mashina va uskunalar, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashki savdo aylanmasining 90% AQShga toʻgʻri keladi. Yiliga 1,5 mln. sayyoh kelib ketadi. Pul birligi — AQSH dollari.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻqishi majburiy deb eʼlon qilingan. Umumiy taʼlim maktabidagi taʼlimning toʻla kursi — 12 yil (6 yillik elementar, 3 yillik kichik oʻrta va 3 yillik katta oʻrta maktab). Darslar ispan tilida olib boriladi, ingliz tili barcha taʼlim bosqichlarida majburiy predmetdir. Davlatga qarashli umumiy taʼlim maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Oʻrta hunartexnika maktablari oʻrta maxsus maʼlumot beradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: San-Xuan shahridagiPuerto-Riko universiteti (1903), Ponse shahridagi Katolik universitet (1948) va boshqa Ilmiy muassasalari: Tropik oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituta, Puerto-Riko atom energiyasi markazi, Ispan-Amerika leksikografiya instituti, Puerto-Riko madaniya-ti instituti. Yirik ku-tubxonalari: Puerto-Riko universiteti ku-tubxonasi, Muqad-das qalb universiteti ku-tubxonasi va boshqa Muze ylari: Kitob uyi muzeyi, Milliy gvardiya harbiy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Armiya va harbiy-dengiz flo-ti tarixi muzeyi, Kaparra harobalari parki tarixi muzeyi, Rassomlik muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Puerto-Rikoda bir qancha gazeta nashr etiladi. Asosiylari: "Vosero de Puerto-Riko" ("Puerto-Riko jarchi-si", kundalik gazeta, 1974-yildan), "Nuevo dia" ("Yangi kun", kundalik gazeta, 1970-yildan), "San-Xuan star" ("San-Xuan yulduzi"), ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1959-yildan) "Karibian biznes" ("Karib biznesi", ingliz tilidagi haftanoma, 1973-yildan), "Klaridad" ("Yorugʻlik", haf-tanoma, 1959-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Puerto-Riko radiostyalari uyushmasi 1947-yilda tuzilgan. Maorif vazirligi qaramogʻida notijorat radiostya va ikki telestya bor.

Adabiyoti (ispan tilida)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-asrda qirib yuborilgan mahalliy xalqning adabiyoti saqlanmagan. Kreollar va keltirilgan qul negrlarning ogʻzaki ijodi 19-asrgacha mavjud boʻlgan. Yozma adabiyot 19-asrdagina vujudga keldi va romantizm oqimida rivojlana boshladi (S.Vidarte, A. Tapiyai-Revera, E.M. de Ostos). 19-asr oxirida S. Brau, M. Fernandes Xun-kos, M. Seno Gandiya, M. Gonsales Garsianing realistik nasriy asarlari nashr etildi. 20-asr boshlarida Puerto-Riko "modernizmi" (L. Lorens-Torres va boshqalar) vujudga kelib, milliy mu-staqillik va oʻziga xos adabiyot uchun kurash tamoyilini rivojlantirdi. 30-yillar adabiyoti mamlakat hayotidagi oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtardi. 70—90-yillarda P.X.Soto romanlari, R.Markes pyesalari, F.Matos Paoli sheʼriyati, shoiralardan Laura Galyegos, Lolita Lebron asarlari ijtimoiy muammolarni teran ochib berdi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kad. gʻorlardagi tasvirlar, koʻhna tosh va yogʻoch oʻymakorligi namunalari saqlangan. 16—20-asrlarda ispan meʼmorligi uslubida binolar qurildi. 1940-yillardan turar joylar temir-betondan qurila boshladi. 1950-yilda Puerto-Riko sanʼati markazi tashkil topdi. F. Tu-fino, L. Omar, K.R.Rivera kabi rassomlar xalq turmushini haqqoniy aks ettirib, shuhrat qozongan.

1892-yil San-Xuanda birinchi doimiy teatr — "Kolisso publiko" tashkil etildi. 1935-yil E.Belaval uyushtirgan "Areyto" truppasi teatrda indeys-ispan anʼanalarini davom ettirishga harakat qildi. Uning faoliyatini Universitet teatri davom ettirdi. F. Arrivi, E.Lagerre, F. Syerra Berdesia pyesalari sahnalashtirildi. 1958-yildan teatr festivallari oʻtkaziladi. SanXu-anda "Tapiya", "La perla", "Ateneo", "Alta essena", Universitet teatrlari ishlaydi. Taniqli rejissyor va aktyorlari: A. Rodriges, X. Marrero, P. Kabrera, P.Nasario, P.Arenas va boshqa[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil