Kontent qismiga oʻtish

Qorachoy-bolqor tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorachoy-bolqor tili
Milliy nomi къарачай-малкъар тил,
Mamlakatlar  Rossiya
Rasmiylik holati  Kabardin-Bolqoriya
 Qorachoy-Cherkesiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 305 364 Rossiyada 2010-yilgi sanoq[1])
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-2 krc
ISO 639-3 krc

Qorachoy-bolqor tili - turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda Rossiya Federatsiyasining Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-asr oxirlari).

Q.-b.t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: "ch" lovchi - "j" lovchi (qorachoy) va "s" lovchi — "z" lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqa Q.-b.t.ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi "y" undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.

Oʻtgan asrning 20-yillarida "ch" lovchi lahja asosida adabiy Q.-b.t. shakllandi. Yozuvi 1924—26 yillarda arab grafikasi, 1926—37 yillarda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan.

  • Baskakov NA.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Aliyev U. B., Sintaksis karachevo-balkarskoyu yazika, M., 1973; Problemm semantiki i stilistiki karachevo-balkarskogo yazmka, Nalchik, 1987.

Qorachoy-Bolqor tili — qorachoylar bilan bolqorlarning gaplashuvchi tili. Uning ikki dialekti bor, ularning ajralishi — qorachoylar /tʃ/ va /ʒ/, bolqorlar esa /ts/ va /z/ degan ikki tovushni qoʻllanadi. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Asosan Rossiyaning Qorachoy-Cherkes va Kabardin-bolqor respublikalarida keng tus olgan. Shu ikki respublikada davlat tili boʻlib hisoblanadi. Rossiyada 303 ming kishi gaplashadi (2002-yilgi sanoq). Alifbosi 1920—24 yillarda arab alifbosi, 1924—36 yillarda lotin alifbosi, 1936-yildan buyon — kirill alifbosiga asoslangan[2].

Hozirgi qorachoy-bolqor alifbosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
А а Б б В в Г г Гъ гъ Д д Дж дж Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Къ къ Л л
М м Н н Нг нг О о П п Р р С с Т т
У у Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш Щ щ ъ
Ы ы ь Э э Ю ю Я я

lotin alifbosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
A a B b C c Ç ç D d E e F f G g
Ğ ğ H h I ı İ i J j K k L l M m
N n Ñ ñ O o Ö ö P p Q q R r S s
Ş ş T t U u Ü ü V v W w Y y Z z
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
ноль (nol) бир (bir) эки (eki) юч (üç) тёрт (tört) беш (beş) алты (altı) джети (ceti) сегиз (segiz) тогъуз (toğuz) он (on)
  1. Perepis-2010
  2. Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR. M., 1972