Kontent qismiga oʻtish

Qoraoʻzak tumani

Koordinatalari: 43°1′34″N 60°0′54″E / 43.02611°N 60.01500°E / 43.02611; 60.01500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qorao‘zak tumanidan yoʻnaltirildi)
Qoraoʻzak tumani
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Qoraoʻzak
Asos solingan sanasi 1930
Hokim Uzaqbergen Utambetov [1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Qoraoʻzak tumani xaritada
43°1′34″N 60°0′54″E / 43.02611°N 60.01500°E / 43.02611; 60.01500

Qoraoʻzak tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1928-yilda tuzilgan. 1959-yil mart oyida Taxtakoʻpir tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1975-yil 26-noyabrda qayta tashkil etilgan. Shim.dan Moʻynoq, gʻarbdan Chimboy, Kegeyli, Nukus tumanlari, jan. va jan,-sharqdan Amudaryo, Beruniy tumanlari, sharqdan Taxtakoʻpir tumani bilan chegaradosh. Maydoni 5,9 ming km2. Aholisi 44,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qoraoʻzak), 8 ovul fuqarolari yigʻini (Madaniyat, Berdaq, Esimoʻzak, Algʻabos, Qarabugʻa, Qarakoʻl, Qaraoʻzak, Qoʻybaq) bor. Tuman markazi — Qoraoʻzak shaharchasi.

Tabiati. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Tumanning shim.-sharqiy qis-mini Beltov qirlarining qumliklari, jan. qismidagi katta hududni Toshquduq qumliklari egallagan. Janubiy chek-kasida Sulton Uvays togʻi (eng baland joyi — Qorachingʻil 485 m) joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 5° dan — 8°gacha. Eng past temperatura —35°, iyulniki 26—28°. Eng yuqori temperatura iyulda 42°. Sovuq boʻlmaydigan davr 195—200 kun. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Tuman xoʻjaliklari Quvonish-jarma kanali tarmoqI esim va Markaziy kanallaridan suv oladi. Janubiy chekkasidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqiboʻz, qumloq-boʻz, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq va shoʻrxok tuproqlar. Janubiy qismida katta koʻchma va yarim koʻchma qumliklar bor. Tabiiy oʻsimliklardan shoʻra, ajriq, bugʻdoyiq, qamish; qumloq yerlarda shuvoq, rang, juzgʻun; qumlarda saksovullar, boyalich, cherkez va boshqa oʻsadi.

Yovvoyi hayvonlardan sudralib yuruvchilar (kaltakesaklar, toshbaqa, ilonlar) va kemiruvchilar (yumron-qoziq, kalamush, sichqonlar) yashaydi. Shuningdek chiyaboʻri, boʻrsiq, jayran, tulki; qushlardan xoʻjasav-dogar, burgut, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, qoraqalpoq, oʻzbek va qozoqlar, shuningdek, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 7,5 kishi. Shahar aholisi 12,3 ming kishi, qishloq aholisi 31,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda qurilish tashkilotlari, ipakchilik, don qabul qilish boshqarmasi, paxta tozalash zavodi, 3 paxta qabul qilish punkti, 2 avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxob-chalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar bor. Elektr energiyani Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan oladi. Tuman qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi paxtachilik boʻlib, chorvachilik, sholikorlik, ipakchilik ham rivojlangan. Qoraoʻzak tumanida 1 chorva shirkat xoʻjaligi, 1 tajriba xoʻjaligi, 500 dan ziyod fermer xoʻjaligi mavjud. Umumiy maydoni 587,1 ming ga, shu jumladan, sugʻoriladigan maydonlari 32,1 ming ga. Umumiy ekin maydoni 14,8 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 7,9 ming ga maydonga don ekinlari; 127 ga yerga sabzavot, 446 ga yerga poliz ekinlari ekiladi (2005). Mevali bogʻlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 17,7 ming qoramol, 47,5 ming qoʻy va echki, 923 yilqi, 226 tuya boqiladi.

Tumanda 33 umumiy taʼlim maktabi va 1 litsey (10,2 ming oʻquvchi), bolalar musiqa maktablari, qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji (450 talaba), 2 madaniyat uyi, 235 ming kitobga ega boʻlgan 2 kutubxona bor. Tibbiyot sohasi boʻyicha 210 oʻrinli kasalxona, 22 feld-sher-akusherlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 9 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 62 vrach, 566 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Qoraoʻzak tumanidan Xalqobod orqali Nukus shahrigacha boʻlgan 72 km li maso-fada avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.