Rixsivoy Avazov
Ushbu sahifani Rixsi Avazov bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Rixsivoy Avazov | |
---|---|
Tavalludi |
10-yanvar 1942-yil[1] |
Vafoti |
26-fevral 2013-yil (71 yoshda) Toshkent |
Rixsivoy Avazov (10-yanvar, 1942 — 26-fevral, 2013) — Oʻzbekiston xalq artisti. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rixsivoy Avazov 1942-yil 10-yanvarida[1] Janubiy Qozogʻistonning Turbat qishlogʻida tugʻilgan. 1959-yilda Toshkent shahridagi 22-oʻrta maktabni bitirib, Alisher Navoiy nomli opera va balet teatrida sahna ishchisi boʻlib ishlaydi, ayni paytda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining „Drama va kino aktyori“ fakultetining kechki boʻlimida oʻqiydi — Oʻzbekiston xalq artisti Albert Xachaturov qoʻlida tahsil oladi.[2]
Oʻzbekiston xalq artisti Rixsivoy Avazov 2013-yil, 26-fevral kuni vafot etdi. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori 71 yoshda edi.[3]
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]R.Avazov 1965-yilda institutni tamomlagach, Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat (hozirgi Oʻzbek Milliy) akademik drama teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilinadi. „Sarviqomat dilbarim“dagi Kamol R.Avazovning teatr sahnasidagi birinchi obrazi boʻldi. Oʻz ustida tinmay ishlagan, ustoz sanʼatkorlardan sahna sirlarini qunt bilan oʻrganib borgan yosh aktyor teatr repertuaridagi asosiy spektakllarda rollar ijro etib tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. R.Avazov teatrda ishlash jarayonida:
- Abdurazzoq (M.Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“),
- Matlab (E.Vohidov, „Oltin devor“),
- Orsini (Dyuma, „Nel minorasi“),
- Kimyogar (Uygʻun, „Abu Rayhon Beruniy“),
- Shpigelberg (Shiller, „Qaroqchilar“),
- Anvar (Ibragimbekov, „Koʻk eshik ortidagi ayol“),
- Maslahatchi (Shvars, „Qor malikasi“),
- Anuchkin (Gogol, „Uylanish“),
- Tiresi (Sofokl, „Antigona“),
- Mamarasul (Oʻ.Umarbekov, „Qiyomat qarz“),
- Zevs (M.Karim, „Olovni tashlama, Prometey“),
- Petushkov (L.Tolstoy, „Tirik murda“),
- Ado (T.Toʻla, „Nodirabegim“),
- Abu Faysal (Uygʻun, „Abu Ali Ibn Sino“),
- Prokuror Ulin (Abdulin, „Oʻn uchinchi rais“),
- Mansur baxshi (P.Qodirov, „Yulduzli tunlar“),
- Norimbet (M.Avezov, „Abay“),
- Amirxon (Uygʻun, „Zebunniso“),
- Hamdam (Shukrullo, „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“),
- Yormat (Oybek, „Qutlug qon“),
- Alisher Navoiy (A.Navoiy, „Sabʼai Sayyor“),
- Hamid (I.Sulton, „Abdulla Qodiriyning Oʻtgan kunlari“),
- Brut (Shekspir, „Koriolan“),
- Amir Sayd (A.Samad, „Sohibqiron Temur“),
- Muhammad Qovchin (A.Oripov, „ Sohibqiron Amir Temur“),
- Yoʻldosh Odamich (B.Muxaev, „Hayotdan toʻygan tun“),
- Darveshali (O. Yokubov, „Bir koshona sirlari“),
- Soqivoy (S.Imomov, „Shayton va farishta“) kabi turli tabiatdagi koʻplab rollarni yetuk mahorat bilan ijro etdi.
Televidiniyadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]R.Avazov 20 yildan beri Oʻzbekiston televideniesida suratga olingan videofilmlar va „Otalar soʻzi—aqlning koʻzi“ telekoʻrsatuvlarida rollar ijro etib, sanʼat muxlislariga manzur boʻlgan. Videofilmlarda aktyor tomonidan qoyilmaqom qilib ijro etilgan:
- Gʻiyosiddin (Oybek, „Alisher Navoiy“),
- Ahmad Tanbal (P.Qodirov, „Bobur“),
- Qoʻshmoqov (Oʻ.Usmonov, „Girdob“),
- Bobur (B.Boyqobilov, „Tun va kun“) kabi rollarni hamon tomoshabinlar maroq bilan tomosha qilib estetik zavq olishadi.
Dublyaj ustasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]R.Avazov koʻp yillardan beri „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining dublyaj guruhida faol qatnashib, „Oʻgay ona“, „Donishmand Yaroslav“, „Qirol Lir“, „Ertaga yarim tunda“, „Filipp Marlou“, „Federal politsiya“ kabi mingdan ortiq badiiy filmlar va kinoseriallarga ovoz berdi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rixsivoy Avazovning ijodiy mehnati munosib baholandi. 2000-yilda „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni bilan takdirlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Календарь знаменательных и памятных дат независимой республики узбекистан на 2012 год“ (ruscha). Milliy Kutubxona. 16-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart. (Wayback Machine saytida 16-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ RIXSIVOY AVAZOV Oʻzbekiston xalq artisti, 13-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-mart 2013-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Ўзбекистон халқ артисти Рихсивой Авазов вафот этди“ (oʻzbekcha). kun.uz (7-mart). 11-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart.