Kontent qismiga oʻtish

Rustam Ahmedov (harbiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Аhmedov
Tavalludi 10-noyabr 1943-yil
Bogʻdod tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi  SSSR /  UZB
Xizmatdagi yillari 1965 — 2000
Unvoni Uzbekistan-army-OF-8 General-polkovnik
Mukofotlari

Rustam Oʻrmanovich Ahmedov (1943-yil 10-noyabr) — oʻzbek harbiy va davlat arbobi, 1991-yil 6-sentabrdan 1997-yil 29-sentabrgacha Oʻzbekistonning birinchi mudofaa vaziri[1], keyin 2000-yilgacha Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri. General-polkovnik.

1943-yil 10-noyabrda Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyatining Bagʻdod viloyatida[2][3] tugʻilgan. Qoʻqon mexanizatsiya texnikumida elektrlashtirish va qishloq xoʻjaligi mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. Institutni tamomlagach, Oxunboboyev tumanidagi ,,Oʻzselxoztexnika" birlashmasida mexanik boʻlib ishlagan. Rustam Oʻrmanovich Ahmedov harbiy xizmatni Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtida kursant sifatida boshlagan, 1962—1965-yillarda shu dargohda tahsil olgan. 1965—1969-yillarda Boltiqboʻyi harbiy okrugida tank otryadi komandiri va artilleriya polki komsomol qoʻmitasi kotibi (1966-yildan) lavozimlarida xizmat qilgan. 1969-yilda Rustam Ahmedov mahalliy komsomolda maʼmuriy va siyosiy xizmat uchun Polsha Xalq Respublikasidagi Shimoliy kuchlar guruhiga oʻtkazilgan[2].

1972-yilda 1974-yildan avtomobil bilim yurtiga aylantirilgan Samarqand oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻqishga yuborilgan. 1970-yillarda Ahmedov Turkiston harbiy okrugida xizmat qilgan. 1985-yilda Malinovskiy nomidagi Harbiy zirhli akademiyani tamomlagan. 1986-yil dekabr oyida Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Shu yili Toshkent viloyat Kengashiga deputat etib saylangan.

1991-yil 10-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri etib tayinlangan. Rustam Ahmedov bu lavozimga tayinlanguniga qadar hech kim bu lavozimda ishlamagan. Shu tariqa Ahmedov birinchi Mudofaa vaziriga aylangan. Ahmedovning ushbu lavozimga tayinlanishi rasman 1992-yil 3-iyulda vazirlik tuzilishi tugagandan soʻng kuchga kirgan[4]. Polkovnik Ahmedovning yaqin safdoshi V.Ponomaryevning soʻzlariga koʻra, ushbu tayinlov ,,mamlakatda bu lavozimni egallashga munosib boʻlgan koʻplab generallar bor degan tushuncha mavjud boʻlgan bir paytda ,,kutilmagan holat" boʻlgan. Shuningdek, Ahmedovning qoʻl ostidagilar orasida obroʻsi yoʻqligi sababli Oʻzbekiston armiyasining rusiyzabon zobitlari tomonidan ham Ahmedovning bu lavozimga tayinlanishi etirozga sabab boʻlgan[manba kerak].

Rustam Oʻrmanovich Ahmedov 1992-yil yanvar oyida respublika Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari negizida Mudofaa vazirligiga bevosita boʻysunadigan Oʻzbekiston Milliy gvardiyasini tuzish toʻgʻrisida buyruq bergan. 1997-yil 29-sentabrda Rustam Oʻrmanovich Ahmedov Mudofaa vazirligidagi lavozimidan chetlashtirilib, Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga oʻtkazilgan. Rustam Ahmedov 2000-yilda nafaqaga chiqqunga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[3][5][6].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, toʻrt farzandi (uch qiz va bir oʻgʻil) bor. Turmush oʻrtogʻi shifokor. 2015-yilda Rustam Ahmedov reanimatsiyaga yotqizilgani haqida xabar qilingan. 2018-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar Davlat muzeyida Abdusalom Azizov[7] tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda Rustam Oʻrmanovich Ahmedov ,,Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlagan. Marosimda Rustam Oʻrmanovich Ahmedovning MDH mamlakatlaridagi sobiq hamkasblari ham ishtirok etgan[8].

  1. YouTube logotipi Birinchi mudofaa vaziri 80 yoshda(oʻzb.)
  2. 2,0 2,1 „АХМЕДОВ Рустам – Биография – БД "Лабиринт"“. www.labyrinth.ru.
  3. 3,0 3,1 „АХМЕДОВ Рустам Урманович – ЦентрАзия“. centrasia.org.
  4. „Указ Президента Республики Узбекистан от 26.04.1995 г. "О составе Кабинета Министров Республики Узбекистан" – Кабинет Министров Республики Узбекистан (Правительство) – Утратившие силу акты – Основы государственно-правового устройства – Законодательство РУз – NRM.uz“. nrm.uz.
  5. „Первому министру обороны независимого Узбекистана исполнилось 75 лет. Шавкат Мирзиёев наградил юбиляра орденом“. Новости Узбекистана: Независимая газета. 2022-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  6. „Ахмедов Рустам Урманович!“. grafomanam.net. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „"Президент наградил первого министра обороны – Вести.UZ“.
  8. „"Первому министру обороны Узбекистана исполнилось 75 лет: президент наградил его орденом «Дустлик»“.