Rustam posho masjidi
Masjid | |
Rüstem posho masjidi (oldingi planda) | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Manzil | Tahtakale mahallasi, Misr bozori yaqinidagi Hasırcılar Çarshisi |
Koordinatalar | 41°01′03″N 28°58′07″E / 41.01750°N 28.96861°E |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Binokorlik | 1561—1563 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | granit, marmar |
Rustam posho masjidi Vikiomborda |
Rustam posho masjidi (turkcha: Rüstem Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Tahtakale mahallasi, Misr bozori yaqinida joylashgan Usmonli masjidi. Sulton Sulaymon I davrida Usmonli imperiyasining bosh vaziri boʻlgan Rustam posho nomi bilan ataladigan ushbu bino Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan va taxminan 1563-yilda qurib bitkazilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam posho
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam posho masjidi Usmonli imperatori meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan sadr vazir Rüstem Posho uchun loyihalashtirilgan. Rüstem posho, Sulaymon I va Hürrem Sultonning qizi Mihrimah Sultonning turmush oʻrtogʻi boʻlib, 1544—1553 va 1555—1561-yillarda sadr vazir (Yevropada bosh vazirga oʻxshash lavozim) boʻlib xizmat qilgan[1][2].
Rustam posho mamlakatda bir qator muhim binolarni, jumladan, diniy maktablar, masjidlar va boshqa inshootlarni qurdirib, foydalanishga topshirgan. 1561-yilda posho oʻlimidan oldin Istanbulda oʻzining soʻnggi masjidini qurdirishni istagan[3].
Sulaymon I vazir Rustam poshoning vafotidan keyin masjid loyihasini Usmonlilarning bosh meʼmori Mimar Sinonga topshirgan[4]. Rustam posho masjidi Sinonning koʻplab masjidlari orasida o'zining dabdabali bezatilganligi, koshinli ichki koʻrinishi bilan boshqa masjidlar orasida eng yaxshisi hisoblanadi. Masjid qurilishida foydalanilgan Iznik koshinlar Rustam posho tomonidan nafis gul naqshlarini ishlash bilan mashhur boʻlgan saroy dizayneri Kara Meminga buyurtma qilingan boʻlishi mumkin[5].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunga qadar Rustam posho masjidini oʻrganish yoʻlida qilingan saʼy-harakatlar masjidga oid hujjatlarning yetishmasligi yoki vaqf hujjatining yoʻqligi sabab samarasiz yakunlangan. Michael D. Willisning Iznik koshinlarni oʻrganish davomida olingan tahlillari koshinlar 1555-yilga tegishli ekanligini ko'rsatadi[6]. Boshqa manbalarga koʻra, koshinlarning baʼzilari 1561-yilda Rustam posho vafotidan keyin ishlangan boʻlishi ham mumkin[7]. Leslie Meral Schick tomonidan keltirilgan birlamchi manbalarning soʻnggi tahlillari masjid 1561—1563-yillarda qurilganligini koʻrsatadi. Binoning qurilishi rejasi 1561-yilga, yer sotib olish boʻyicha hujjatlar esa 1562-yilga toʻgʻri keladi[4].
Masjiddan foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustam posho masjidi dastlab juma masjidi sifatida ishlab chiqilgan boʻlib, bu maʼlumot Sulaymon I ning fermanida (uning masjid qurilishiga buyruq bergan imperator buyrugʻi) qayd etilgan[4]. Kino sanoatida yaqin kunlarda ishlab chiqilgan filmlardan birida ham aynan shu maʼlumotdan foydalanilgan[8]. 2021-yilda olib borilgan keng qamrovli restavratsiyadan soʻng Rustam posho masjidi musulmonlarning namozni ado etishlari uchun yana qayta ochib qoʻyildi.
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid baland ayvonda, gumbazli doʻkonlar majmuasi ustida qurilgan boʻlib, ularning ijara haqi masjid majmuasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Burchaklardagi tor, burilishli ichki zinapoyalar keng hovliga kirish imkonini beradi[9].
Ichki koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi videofayllar | |
---|---|
Mimar Sinan, Rüstem Pasha Mosque, Istanbul, 1561-63, Smarthistory[10] |
Binoning ichki qismida galereyalar mavjud boʻlib, ular shimoliy va janubiy qismdagi ustunlar hamda ularning orasida joylashgan kichik marmar tayanchlar bilan mustahkamlangan[9].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Iznik koshinlar
-
Rustam posho masjidning gʻarbiy koʻcha tomondan koʻrinishi
-
Masjidning jamoat toʻplanadigan hududidagi Iznik koshinlar
-
Rustam posho masjidining Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining kirish qismida joylashgan Iznik koshinlar
-
Rustam posho masjidining kirish qismida joylashgan Iznik koshinlar
-
Rustam posho masjidining ichki koʻrinishi
-
Rustam posho masjidi gumbazi
-
Rustam posho masjidining Kaʼban bezab turuvchi Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining Iznik koshinlari
-
Rustam posho masjidining İznik koshinlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Casale, Giancarlo (2006). "The Ottoman Administration of the Spice Trade in the Sixteenth-Century Red Sea and Persian Gulf". Journal of the Economic and Social History of the Orient 49 (2): 170–198. doi:10.1163/156852006777502081. ISSN 0022-4995. https://www.jstor.org/stable/25165138.
- ↑ Kawtharani, Wajih (2018). "The Ottoman Tanzimat and the Constitution". AlMuntaqa 1 (1): 51–65. doi:10.31430/almuntaqa.1.1.0051. ISSN 2616-8073. https://www.jstor.org/stable/10.31430/almuntaqa.1.1.0051.
- ↑ „Vice and Virtue: The Rustem Pasha Mosque as a Master Tribute“. mediakron.bc.edu. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Schick, Leslie Meral (1990). "A Note on the Dating of the Mosque of Rüstem Paṣa in İstanbul". Artibus Asiae 50 (3/4): 285–288. doi:10.2307/3250073. ISSN 0004-3648. https://www.jstor.org/stable/3250073.
- ↑ name=":13"
- ↑ Willis, Michael D. (1987). "Tiles from the Mosque of Rüstem Paşa in İstanbul". Artibus Asiae 48 (3/4): 278–284. doi:10.2307/3249874. ISSN 0004-3648. https://www.jstor.org/stable/3249874.
- ↑ Rogers, J. M. (1982). "The State and the Arts in Ottoman Turkey Part 1. The Stones of Suleymaniye". International Journal of Middle East Studies 14 (1): 71–86. doi:10.1017/S0020743800026593. ISSN 0020-7438. https://www.jstor.org/stable/163335.
- ↑ Altinyildiz, Nur (2007). "The Architectural Heritage of Istanbul and the Ideology of Preservation". Muqarnas 24: 281–305. doi:10.1163/22118993-90000120. ISSN 0732-2992. https://www.jstor.org/stable/25482464.
- ↑ 9,0 9,1 Freely, Blue Guide Istanbul
- ↑ „Mimar Sinan, Rüstem Pasha Mosque, Istanbul, 1561-63“. Smarthistory at Khan Academy. 2014-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atasoy, Nurhan. Iznik: The Pottery of Ottoman Turkey Petsopoulos: . London: Alexandria Press, 1989. ISBN 978-1-85669-054-6.
- Carswell, John. Iznik Pottery. London: British Museum Press [1998], 2006. ISBN 978-0-7141-2441-4. .
- Denny, Walter B.. Iznik: The Artistry of Ottoman Ceramics. London: Thames & Hudson, 2004. ISBN 978-0-500-51192-3.
- Faroqhi, Suraiyah. Subjects of the Sultan: Culture and Daily Life in the Ottoman Empire. I.B. Tauris, 2005. ISBN 1-85043-760-2.
- Freely, John. Blue Guide Istanbul. W.W. Norton & Company, 2000. ISBN 0-393-32014-6.
- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.
- Rogers, J.M.. Sinan: Makers of Islamic Civilization. I.B. Tauris, 2007. ISBN 978-1-84511-096-3.
- Denny, Walter B.. The ceramics of the Mosque of Rüstem Pasha and the environment of change. New York: Garland, 1977. ISBN 0-8240-2684-5.
- Schick, Leslie Meral (1990). "A note on the dating of the Mosque of Rüstem Paṣa in İstanbul". Artibus Asiae 50 (3/4): 285–288. doi:10.2307/3250073.
- Willis, Michael D. (1987). "Tiles from the Mosque of Rüstem Paşa in İstanbul". Artibus Asiae 48 (3/4): 278–284. doi:10.2307/3249874.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Rüstem Pasa Mosque“. ArchNet.
- 160 photographs in gallery, PBase
- 360 degree panoramic view of the mosque interior, 3dmekanlar.