Kontent qismiga oʻtish

Chetan (buta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ryabinadan yoʻnaltirildi)
Cherkez
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Salsola richteri

Chetan (Sorbus L.) — raʼnodoshlarga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻrta Osiyoda Turkiston, Zarafshon, Hisor, Darvoz, Ugom, Chatqol, PomirOlay, Fargʻona togʻlarida 3 turi: kizil Chetan (S.tiarischanica), turkiston Chetani (jagisi) (S. turkestanica) va fors Chetan (buta) (S. persica) uchraydi. Qizil Chetan ko'pincha, archa, oq qayin, shilvi kabilar bilan birga dengiz sathidan 1800–3000 m balandaikda aralash oʻrmonlar hosil qilib usadi. Bo'yi 3–5 m. Ildizi 7–8 m chukurlikkacha tarkaladi. Gullari yirik, iyun oyida gullab, avgust-sentabrda meva beradi. Mevasi qizil, taxirachchiq yoki shirin, birinchi sovukdan keyin qoʻngʻir tusga kiradi. Mevasida S. vitamini, 4—13,7% qand moddasi, urugʻida 22% moy, poʻstlogʻida 14% tannid bor. Yogʻochidan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. Barglaridan jigarrang boʻyoq olinadi. Qizil Chetanni urugʻidan, ildizpoyasidan ko'paytirish mumkin. Chetan 60—100 yil yashaydi. Chetanning hamma turlari qimmatli o'rmon, mevali, manzarali va asal beruvchi oʻsimlik hisoblanadi.

Atirguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar va butalar turkumi, manzarali va mevali oʻsimlik. Shimoliy yarim sharning moʻtadil mintaqalarida 100 ga yaqin turi oʻsadi. Mevasi 2—5 uyli mayda olma. Ayniqsa, koʻproq oddiy P. (S.aucuparia) ekiladi. Daraxti (bal. 15 m gacha) yoki butasining poʻstlogʻi silliq, kulrang, mevasi yumaloqsharsimon va qizil. Qushlar uchun oziq hisoblanadi. Mevasi tarkibida 4—8% qand (fruktoza, glyukoza, saxaroza), 2,7% gacha olma, limon, uzum va kahrabo ktalari, pektin va oshlovchi moddalar, askorbinka (200 mg% gacha), karotin (20 mg%) va vitamin RR mavjud. Poʻstlogʻida 14% tanin, urugʻida esa 22% gacha moy mavjud. Sentabr oktabr oylarida pishadi. R. vegetativ usullar (parhish, ildizidan, bachkisidan, payvandlash) bilan koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi. Qandolat i.Chetanda, marmelad, pastila, murabbo, shuningdek, vino, likyor, sirka, kvas tayyorlashda ishlatiladi.

Yevropaning Shimoli-gʻarbida va Sibirda sibir R.si (S. sibirica) oʻsadi. Qrim, Janubi-gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz atroflarida bogʻ R.si (S. domestica) bogʻlarga ekiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil