Kontent qismiga oʻtish

Seit Toirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Said Toirovdan yoʻnaltirildi)
Seit Toirov
Seit Mamatovich Toirov
Tavalludi 25-aprel 1928-yil
Vafoti 4-oktyabr 1989-yil(1989-10-04)
(61 yoshda)
Qibray tumani, Toshkent viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari

Seit Mamatovich Toirov (ruscha: Сеит Меметович Таиров; 1928-yil 25-aprel, Sevastopol, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR – 1989-yil 4-oktabr, Qibray tumani, Toshkent viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR) – Sovet Ittifoqidagi Qrim tatarlarining surgundan keyingi eng yuqori martabali siyosatchisi. Oqqoʻrgʻonda rahbar, soʻngra Kommunistik partiya Jizzax viloyati qoʻmitasining birinchi kotibi darajasiga koʻtarilgan.

Toirov, bugungi kunda, Qrim tatarlari orasida ziddiyatli shaxs hisoblanib, Qrimga toʻliq qaytish huquqiga qatʼiy qarshilik koʻrsatgani bilan esda qolgan. Oʻzbekistonda „ildiz otish“ tarafdori boʻlgan ushbu siyosatchi 1968-yilning mart oyida quvgʻindagi qrim tatarlariga qarshi kurash va diskriminatsiya qoralangan va ularni Qrimga qaytish istaklariga „taslim boʻlmaslik“ka undagan mashhur „O'n yetti kishining maktubi“ni imzolagan asosiy ishtirokchilardan biri edi[1].

Toirov 1928-yilning 25-aprel sanasida Urkusta shahrida qrim tatarlari oilasida tugʻilgan. Otasi yosh vafot etadi, onasi Zera esa beva qoladi. U 1937-yilda oʻz shahrini tark etib, Simferopoldagi maktab-internatiga oʻqishga kiradi. Qrimdagi boshqa tatar oilalari singari, u va uning oilasi 1944-yilning may oyida „qrim-tatarlar umumjahon xoinlari“ deb eʼlon qilinganidan keyin hukumat buyrugʻi bilan Qrimdan deportatsiya qilindi.

Yangiyoʻl shahriga koʻchmanchi boʻlib kelgach, uzumchilik sovxoziga oddiy ishchi sifatida biriktiriladi. Bir necha yil oʻtgach, hisobchi lavozimiga koʻtarilgandan soʻng, olma fermasida deportatsiya qilingan qrim tatarlardan boʻlmish boʻlajak rafiqasi Leniyar bilan uchrashishni boshlaydi. Leniyarning otasi, Sudakdagi kommunistik partiya kotibi Nuri Osmonov urush paytida fashistlar tomonidan otib tashlangan. Keyinroq turmushga chiqib, otasining sharafiga oʻgʻliga Nuri deb ism qoʻyadi[2][3].

Toirovning kommunistik partiyadagi faoliyati 1950-yillarning boshlarida „quloq“ qilinganlarga nisbatan keskinroq cheklovlar olib tashlanganidan keyin boshlandi. Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tamomlagandan soʻng, koʻp oʻtmay, 1957-yilda partiya aʼzoligiga qabul qilinadi. Shundan soʻng, Oqqoʻrgʻon tumanida siyosiy faoliyatini boshlaydi. Tuman ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida ish boshlagan Toirov, tez orada tuman paxta yetishtirish meʼyorlarini ortigʻi bilan bajarib, besh yillik rejalarni muddatidan oldin bajargani uchun olqishlarga sazovor boʻladi va partiyada yuqori obroʻ qozonadi. Ilgari ushbu tuman rivojlanmagan va respublikadagi tumanlardan ortda qolayotgan edi.

1968-yil mart oyida „Lenin bayrog'i“ gazetasida nashr etilgan murojaat ohangidagi xat – Qrim-tatar jamiyatiga ularni Oʻzbekistonda qolishga va oʻz fuqarolik huquqlari orqali „provokatsiyalarini“ qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishga daʼvat etgan „O'n yetti kishining maktubi“ni imzolaganidan keyin uning karyerasi oʻsishda davom etadi. Oqqoʻrgʻon obodonchiligidagi xizmatlari uchun 1972-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan va Leonid Brejnev Oʻzbekiston SSRga borganida uni Jizzax viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimiga 1973-yil boshidan koʻtarishni taklif qilgan. U kotib sifatida qrim-tatarlarning „Haytarma“ raqs ansambli kabi madaniy tashabbuslarini ochiq qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq Toirov Sharof Rashidovga yozgan shaxsiy maktubida guruhni „eng gʻayratli havaskorlar toʻgaragidan ham battar“ deb taʼriflagan. Viloyatdagi mansablaridan tashqari 1974—1979-yillarda SSSR Oliy Soveti deputati, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[2][4].

Keyingi yillar va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toirov 1978-yilda moliyaviy korrupsiya uchun Jizzax viloyatining birinchi kotibi lavozimidan ozod etilganidan soʻng, qisqa muddatga Oʻzbekiston SSR Oʻrmon xoʻjaligi vaziri etib tayinlangan, biroq koʻp oʻtmay partiyadan chiqarib yuborilganidan keyin ketishga majbur boʻlgan. U ish topishga qiynaladi, lekin oxir-oqibat Qibray tumanidagi kichik meva pitomnikiga rahbar etib tayinlanadi. Hukumat Qrim tatarlari uchun Muborak zonasi gʻoyasini oʻylab topganidan soʻng, uning loyihani qanchalik qoʻllab-quvvatlagani haqida turlicha maʼlumotlar bor.

Said Toirov 1989-yil 4-oktabrda meva pitomnikida yurak xurujidan vafot etgan va Yangiyoʻl makraziy qabristoniga dafn qiligan[2][5][6].

  1. Guboglo, Mikhail. Языки этнической мобилизации (ruscha). Языки русской культуры, 2021 — 654-bet. ISBN 978-5-457-45045-5. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Chilingirova, Gulnara. „Штрихи к портрету Сеитмемета ТАИРОВА кистью зятя-художника“ (ruscha) (5-iyun 2020-yil).
  3. 3,0 3,1 Karimov. „Таиров Сеит Меметович“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 7-yanvar 2021-yil.
  4. Национального движения крымских татар. „Об участниках программы "Мубарекская и Крымская зоны"“ (ru-ru). НДКТ. Qaraldi: 8-yanvar 2021-yil.
  5. Bekirova, Gulnara. Официальные решения власти по крымскотатарской проблеме в 1970-х годах (ruscha). Ukrainian Oriental Studies, 2011. 
  6. „Сеит Меметович ТОИРОВ“ (oʻzbekcha). Совет Ўзбекистони (7-oktabr 1989-yil), s. 4.