Kontent qismiga oʻtish

Sent Kitts va Nevis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saint Kitts va Nevisdan yoʻnaltirildi)
Saint Kitts va Nevis Federatsiyasi
ShiorCountry Above Self
Madhiya: "O Land of Beauty!"
Location of Sent Kitts va Nevis
Poytaxt Basseterre
Rasmiy til(lar) Ingliz
Hukumat Hamdoʻstlik
• Rohib
Qirolicha Yelizaveta II
Ser Cuthbert Sebastian
Denzil Douglas
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
19-sentabr 1983
Maydon
• Butun
261 km2 (212-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
38,958 (213-oʻrin)
• Zichlik 149/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$339 mil. (212-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$8,702
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt mintaqasi UTC–4
• Yoz (DST)
UTC–4
Qisqartma SC
Telefon prefiksi 1
Internet domeni .kn

Sent Kitts va Nevis, Sent Kits va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kitts and Nevis), Sent Kristofer va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) — Karib dengizining sharqiy qismidagi. Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 261 km². Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytaxti — Baster shahar. (Sent Kitts orolda). Maʼmuriy bulinishi 2 birlikdan iborat.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sent Kitts va Nevis — konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yil 19 sentyabrda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya Qirolichasi nomidan ish yurituvchi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi.

Orollar vulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng yirik orol SentKristofer (koʻpincha Sent Kits deb yuritiladi). Nevis orol undan 3 km janubida joylashgan. Ikkala orol goʻzal hosildor vodiylardan iborat boʻlib, oʻrtasida togʻ choʻqqilari bor (eng baland joyi — Mizeri, 1156 m). Iqlimi tropik, issiq ikdim. Oʻr: ;cha oylik temperatura 18—24°. Yillik yogʻin 700–1200 mm. Togʻlarning quyi yon bagʻirlariga shakarqamish va gʻoʻza ekiladi, balandroqda togʻ tropik oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat.

Aholisining deyarli hammasi afrikalik qullarning avlodi boʻlgan sentkitslar (negrlar va mulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari — protestantlar va katoliklar. Rasmiy til — ingliz tili.

Orollarga 1493-yil X. Kolumb kelgan. 17-asr boshlaridan Buyuk Britaniya bilan Fransiya urtasida talash bulgan. Bu yerda fransuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan. Inglizlar 1628-yil Nevis, 1783-yil esa Sent Kits orolni mustamlakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi— aravaklarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882-yil SentKits, Nevis va Angilya (Anguilla) orollari federatsiyasi tuzildi, u 1958— 62 yillarda VestIndiya federatsiyasiga kirdi. 1967-yil fevraldan u "Buyuk Britaniya bilan uyushtan davlat" maqomini oldi (may oyida Angilya federatsiyadan chikdi). 1983-yil sentyabrdan Sent Kitts va Nevis mustaqil davlat. 1983-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19 sentyabrMustaqillik kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalq faoliyati partiyasi, SentKristofer orolda 1965-yil tuzilgan; Sertashvish fuqarolar harakati, Nyovis oroldagi toʻrt partiya uyushmasi; Leyboristlar partiyasi, 1932-yil asos solingan; Nevis islohotchilar partiyasi, 1970-yil tashkil etilgan. SentKits—Nevis kasaba va ishchi ittifoqi, 1940-yil tuzilgan.

Iqtisodiyotning asosi qishloq xoʻjaligi va xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 5,5%, sanoat ulushi 22,5%, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va sayyohpik ulushi 72%ni tashkil etadi. 8 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, uning 1/3 qismiga SentKitsda shakarqamish ekiladi, qolgan qismi tropik mevazor (mango, avokado, papayya va boshqalar) bilan band. Nevisda paxta, kokos palmasi, ananas yetishtiriladi. Aholi qadimdan baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar, chigit va kokos yogʻi, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yigʻuvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 310 km, tor izli temir yoʻl uzunligi —36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yogʻi va boshqa chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Antigua va Barbuda bilan savdo qiladi. Pul birligi — sharqiy karib dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gazetalari: "Demokrat" (haftanoma, 1948-yildan), "Leybor spouksmen" ("Ishchi notiq", haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1957-yildan). Radio va televideniye hukumat xizmati mavjud, radioeshittirishlar 1961-yildan, telekoʻrsatuvlar 1972-yildan olib boriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil