Kontent qismiga oʻtish

Saint Louis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sent-luisAQShning markaziy qismidagi shahar. Missuri shtatida joylashgan. Aholisi 348,2 ming kishini tashkil qiladi (2000). Missuri daryosining Missisipi daryosiga quyilish joyidagi port. AQShning yirik sanoat, savdo moliya markazlaridan biri. Transport yoʻllari tuguni Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aviatsiya, raketakosmik, radioelektronika, elektrotexnika, metallsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, harbiy sanoat rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya korxonalari bor. Transport yoʻli vagonlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, poligrafiya sanoati korxonalari, 2 universitet bor. Shaharga 1764-yilda asos solingan. Shahar yaqinidan qoʻrgʻoshin rudasi qazib olinadi[1].

  1. OʻzME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil