Sariq shirach
Sariq shirach | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Shirach |
Oila: | Shirachdoshlar |
Binar nomi | |
Eremurus luteus |
Sariq shirach (lotincha: Eremurus luteus) — shirachdoshlar oilasi, shirach turkumiga mansub koʻp yillik, ildizpoyali oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari G‘uzor va Dehqonobod shaharlari orasida, Koʻhitang tizmasi hududida oʻsadi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 35-60 sm, koʻp yillik, ildizpoyali oʻt oʻsimlik. Ildizpoyasi qisqa, boʻlaklari urchuqsimon yogʻonlashgan. Barglari oddiy, bandsiz, ingichka qalami nashtarsimon, eni 4-7 mm. Gullari shingil to‘pgulda yigʻilgan. Shingili siyrak, kam gulli, uzunligi 20-30 sm. Guloldi bargchalari yirik uchburchak nashtarsimon, shingilning pastki qismida joylashgan gullarning bandi gulqoʻrgʻonidan 1,5 marta uzun. Gullari hidga ega. Hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqoʻrgʻoni yakka tomirli, och sariq rangda. Changchilari notekis joylashgan, gultojibarglaridan qisqaroq. Aprel-may oylarida gullab mevasi iyunda yetiladi. Mevasi — quruq, choʻziq, yuzasi silliq koʻsak meva. Urug‘lari ingichka qanotchali. Urugʻi va ildizpoyalari orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam turlari saqlanib qolgan, yakka-yakka holatda uchraydi. Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari G‘uzor va Dehqonobod shaharlari orasida, Koʻhitang tizmasi hududida tarqalgan. Ochiq ola jinsli tuproqlarda va gipslarda oʻsadi. Oʻziga xos tuproq sharoitiga moslashganligi, aholi tomidan terib olinishi va chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. 1965—yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bogʻida ekib koʻrilgan, ammo, oradan koʻp oʻtmay oʻsimlik qurib qolgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ширач жёлтый - Eremurus luteus Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.