Kontent qismiga oʻtish

Sergey Iovlev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Iovlev
Asl ismi Sergey Ivanovich Iovlev
Tavalludi 1899-yil 17-sentyabr
Krestovskoye, Perm viloyati
Vafoti 1979-yil 4-aprel
Kiyev
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1918–1954-yillar
Unvoni General-mayor
Mukofotlari

Sergey Ivanovich Iovlev (1899-yil 17 (29)-sentyabr, Krestovskoye, Perm viloyati – 1979-yil 4-aprel, Kiyev) – Sovet harbiy qoʻmondoni, general-mayor (1943-yil 27-yanvar).

Sergey Iovlev 1899-yil 17 (29)-sentyabrda Perm viloyati, Shadrinskiy tumani, Krestovskiy volostining Krestovskiy qishlogʻida tugʻilgan (yoki 1899-yil 30-sentyabr). Qishloq hozirgi kunda Koʻrgan viloyati, Verxozinskiy qishloq kengashi tarkibiga kiradi[1]. Millati – rus.

Fuqarolar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iovlev 1918-yil fevral oyida ixtiyoriy ravishda Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasining Shadrinskiy otryadiga qoʻshilgan. Soʻngra, 4-Ural polkining tarkibida Chexoslovakiya korpusini bostirishda qatnashib, 1918-yil iyundan oktyabrgacha asirga olinadi. Chexoslovaklar tomonidan ozod qilinganidan keyin kasalxonada davolanadi.

Sogʻayib ketgandan soʻng, 1919-yil mart oyidan 104-piyoda polki (12-piyoda diviziyasi, Janubiy front) tarkibida Qizil Armiya askari va vzvod komandiri boʻlib xizmat qilgan. General A. I. Denikin qoʻmondonligi ostida koʻngillilar armiyasiga qarshi janglarda qatnashgan.

U V. I. Lenin nomidagi Toʻrtinchi Toshkent birlashgan qoʻmondonlik bilim yurtini tugatgandan soʻng, 1924-yil avgust oyida Arxangelskda joylashgan 29-piyoda polkiga (10-piyoda diviziyasi) vzvod komandiri, 1925-yil noyabrda esa yordamchi lavozimiga tayinlanadi.

1925-yilda KPSS (b) safiga qoʻshilgan.

Sovet-fin urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey Iovlev 1939-yilda 18-piyoda diviziyasining tezkor boʻlimi boshligʻi, polkovnik lavozimiga tayinlangan.

1939-yil dekabr oyida 97-piyoda polki (18-piyoda diviziyasi) qoʻmondoni boʻlgan. Shundan soʻng, Sovet-Fin urushida qatnashgan. 1940-yil 20-mayda Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

1940-yil iyun oyida esa Smolenskda joylashgan 64-piyoda diviziyasi (Gʻarbiy harbiy okrug) qoʻmondoni etib tayinlangan.

Ulugʻ Vatan Urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urush boshlanganidan beri 64-oʻqchilar diviziyasi Minsk yaqinida mudofaa jangovar operatsiyalarini oʻtkazgan. Polkovnik Iovlev tankga qarshi mudofaani tashkil qilgan. Diviziya yetti kun davomida dushman hujumlarini qaytargan, natijada unga katta zarar yetkazadi. Ushbu jangovar harakatlardagi farqi uchun diviziya 1941-yil sentyabr oyida 7-gvardiya diviziyasiga aylantiriladi. Oʻzini va shtabini qurshab olgan holda, Kasplya qishlogʻi (Smolensk viloyati) hududida joylashgan partizan tuzilmalariga qoʻshilgan. 1941-yil 23-iyulgacha 64-diviziyaga qoʻmondonlik qilgan.

1942-yil 23-dekabrdan 17-yanvargacha Moskva yaqinidagi qarshi hujumda va Naro-Fominskni ozod qilishda qatnashgan. 1942-yil 20-yanvardan 8-oktyabrgacha polkovnik Iovlev 194-oʻqotar diviziyaga qoʻmondonlik qilgan.

1942-yilning 12-aprelida „Krasnaya zvezda“ gazetasida Sergey Iovlevning „Jangdagi qoʻmondonning oʻrni“ maqolasi chop etilgan. Unda u jangovar harakatlarning baʼzi stereotiplarini qayta koʻrib chiqishga, harbiy xizmatning eskirgan qoidalar va koʻrsatmalaridan voz kechishga chaqiradi[2].

1943-yil 25-martda Smolensk-Roslavl hujum operatsiyasida qatnashadi. Operatsiyada Smolenskni ozod qilish va Soj daryosini kesib oʻtishda 215-piyoda diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlangan edi. U 1944-yil 17-fevraldan 29-fevralgacha mudofaada boʻlgan 36-oʻqchilar korpusi qoʻmondoni boʻlib xizmat qiladi.

K. E. Voroshilov nomidagi Oliy harbiy akademiyada qoʻmondonlik tarkibining tezlashtirilgan malaka oshirish kurslarini tugatgandan soʻng, 1945-yil yanvar oyida SSSR NKVD Ichki qoʻshinlarining 59-piyoda diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlanadi. Diviziya 4-Ukraina fronti orqasida banditizm va josuslikka qarshi kurashadi.

Sergey Iovlev 1979-yil 4-aprelda Kiyev shahrida vafot etgan. Kiyev shahridagi Lukyanov harbiy qabristonida dafn etiladi.

Rafiqasi – Yuliya Alekseyevna (1906-1985).

  1. „Лица Зауралья. ИОВЛЕВ Сергей Иванович.“. 2019-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  2. „Анатолий Горшков, краевед, город Шадринск. О месте командира в бою. Новый мир 13.03.2008“. 2014-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 [[[s:Указ Президиума ВС СССР от 4.06.1944 о награждении орденами и медалями за выслугу лет в Красной Армии]] „Награждён в соответствии с Указом Президиума Верховного Совета СССР от 04.06.1944 "О награждении орденами и медалями за выслугу лет в Красной Армии"“]. 2017-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  4. „Кавалеры медали ХХ лет РККА.“. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
  • Kollektiv avtorov. Velikaya Otechestvennaya: Komkori. Voenniy biograficheskiy slovar / Pod obщey redaksiey M. G. Vojakina. – M.; Jukovskiy: Kuchkovo pole, 2006. – T. 1. – S. 245—246. – ISBN 5-901679-08-3.
  • Kollektiv avtorov. Velikaya Otechestvennaya: Komdivi. Voenniy biograficheskiy slovar. Komandiri strelkovix, gornostrelkovix diviziy, krimskix, polyarnix, petrozavodskix diviziy, diviziy rebolskogo napravleniya, istrebitelnix diviziy. (Ibyanskiy – Pechenenko). – M.: Kuchkovo pole, 2015. – T. 4. – S. 66—67. – 330 ekz. – ISBN 978-5-9950-0602-2.
  • Mixeenkov S. Ye. Serpuxov. Posledniy rubej. 49-ya armiya v Bitve za Moskvu. – M.: Tsentrpoligraf, 2011. 254 s. ISBN 978-5-227-02802-0.