Sevgingni menga ayt 2
„Sevgingni menga ayt 2“ | |
---|---|
videoklipda tasvirlangan xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya aʼzolari | |
Lola qoʻshigʻi | |
Til | oʻzbekcha |
Nashr qilingan | 13-noyabr 2019-yil |
Format | YouTube singl |
Janr | pop |
Davomiyligi | 7:55 |
Matn muallif(lar)i | Shahboz Bahodirov, Nodirbek Igamberdiev[1] |
Klipi | |
„Sevgingni menga ayt“ YouTubeda |
Sevgingni menga ayt 2 — xonanda Lola tomonidan ijro etilgan shu nomli musiqaning davomi oʻlaroq musiqiy videoklip shaklida chiqarilgan singl tarona[2]. Ashula matni mualliflari — Shahboz Bahodirov va Nodirbek Igamberdiev[1]. Musiqa uchun ishlangan videoklip 2019-yilning 13-noyabr sanasida YouTube platformasiga joylangan[3]. Ushbu videoklip keng jamoatchilik, xususan madaniyat vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari muhokamasiga sabab boʻlgan.
Klip
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ssenariysi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klipda qariyb 10 ming nafar xotin-qizlar turgan profilaktik ro‘yxat qoralab chiqilgan[4]. Shuningdek, ijodiy faoliyatni tartibga soluvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ko‘rsatib berilgan. „Milliy mentalitet“, soqol muammosi, ijodni cheklashga urinish holatlari satirik ko‘rinishda tanqid ostiga olingan[5].
YouTubeda eʼlon qilinganidan koʻp vaqt o‘tmay O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova xonanda Lolani „atlasni masxaraboz kiyimi, maʼnaviyat so‘zini o‘yinchoq qilish“da, xonandaning o‘zini esa ommaviy axborot vositalarini klipning „mohiyati va mazmunini o‘zgartirib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaror qilganlik“da ayblab chiqqan[3][5].
Masʼul tashkilotlar reaksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqa uchun suratga olingan videoklip keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgan. Videoklipga Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev hamda „O‘zbekkonsert“ davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovlar oʻz munosabatlarini bildirib oʻtishgan:
Lolaning mazkur klipini har xil talqin qilish mumkin. Vazir ko‘rmas ekan, deb o‘ylamanglar. Kuzatib boramiz va muhokama qilamiz. Klipni yaxshi ham, yomon ham deyish mumkin. Shaxsiy fikrim — klip menga yoqmadi.
— Baxtiyor Sayfullayev[6]
Lola bu klipni O‘zbekiston fuqarosi sifatida olib chiqardi, desak bo‘ladi. Qonuniy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Lolaning litsenziya muddati 2018-yil 29-avgustda tugagan. U shundan keyin litsenziya olib, faoliyat yuritmayapti.
Xonanda klipdagi voqealar bundan 5 yil avvalgi holat ekanligini o‘zining instagram sahifasida e'lon qildi. Alohida ta'kidlash kerakki, muassasamiz tomonidan kliplar bu tarzda qabul qilinmaydi va hozirda bunday kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. To‘g‘ri, ikki yil oldin kliplarni baholaydigan kengash mavjud edi. Ayni paytda esa yo‘q.
Lola chiqargan klip televideniyedagi badiiy kengash faoliyatiga qaratilgan, deb o‘ylaymiz. Chunki bizda kliplar kengashi faoliyat yuritmayapti. Shuningdek, tashkilotimiz kliplar uchun hech qachon litsenziya bermagan va bermaydi ham.
— Odiljon Abduqahhorov[6]
Muallifning tashqi fikrlarga munosabati
[tahrir | manbasini tahrirlash]So‘nggi video chiqqanidan so‘ng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini o‘zgartirib, o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaror qilishdi. Hatto meni va jamoamni siyosiy xarakterda izoh berishimga majburlamoqchi bo‘lishdi. Shuni aytmoqchimanki, men bu mavzuda intervyu bermayman va siyosatga hech qanday aloqam yo‘q.
Men ijodkorman. San’at bilan shug‘ullanaman, san’at esa — hayotning ko‘zgusi. O‘z ijodimda turli mavzularga murojaat qilaman: ijtimoiy, hayotiy, ba’zida maishiy va bularning barchasini chin ko‘ngildan qilishga intilaman. Biz odamlar bemalol nafas olib, bundan besh yil oldin hatto o‘ylashga ham qo‘rqadigan fikrlarimizni ochiq ayta oladigan o‘zgarishlar davrida yashayapmiz.
Bu safar biz hazil aralash shaklda satirik videoni yaratib, ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qo‘l urdik. Men ijodkor odamman va bu kabi provokatsiyalar vaqtida yagona beradigan izohim — men O‘zbekiston fuqarosiman, o‘z Vatanimni sevaman, unda yashayotgan odamlarni yaxshi ko‘raman va nimaiki qilmay, uning kelajagiga bo‘lgan muhabbatim sabab!
— Lola, qoʻshiq muallifi[7]
Klipda ishtirok etganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rol | Ijrochi |
---|---|
Rejissyor | Lola Yoʻldosheva |
Operator | Sarvar Sobirov |
Post-prodakshn | Sarvar Sobirov |
Montaj | Sarvar Sobirov |
Rassom | Jamol Ravshanov |
Prodakshn-menejer | Lola Igamberdiyeva |
Raqsda | Kama & Camell |
Administrator | Bexruz Kurbangaliyev |
Kasting | Olesya Nedobegova |
Grimyor | Renata Iskandarova |
Kengash aʼzosi | Zilola Karimova |
Kengash aʼzosi | Maʼmur Xolmedov |
Stilist | Fevzi Yagyayev |
Stilist | Diana Yakusheva |
Ijrochi | Lola Yoʻldosheva |
Musiqa muallifi | Shaxboz Bahodirov |
Matn muallifi | Nodirbek Igamberdiyev |
Aranjirovka ustasi | Sardor Sadikov |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Sevgingni Menga Ayt lyrics“. lyricstranslate.com. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Lola - Sevgingni menga ayt 2 (Official Music Video)“. YouTube. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „O‘zbekiston madaniyat vaziri: Lolaning klipi menga yoqmadi“. daryo.uz. — „Xonanda Lola 13-noyabr kuni YouTube’da “Sevgingni menga ayt” qo‘shig‘iga olingan ikkinchi klip (“Sevgingni menga ayt 2”)ni e’lon qilgan edi.“. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
- ↑ „“Profilaktik ro‘yxatda turgan qariyb 10 ming nafar xotin-qizlar hisobdan chiqarildi” — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova“. daryo.uz. — „(shuningdek, bu ro‘yxat xonanda Lolaning “Sevgingni menga ayt 2” klipida ham qoralab chiqilgan)“. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Ibrohimov., Musulmonbek „O‘zbekiston madaniyat vaziri: Lolaning klipi menga yoqmadi“. daryo.uz. — „Klipda ijodiy faoliyatni tartibga soluvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ko‘rsatib berilgan...“. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „«Kliplar uchun litsenziya bermaymiz» - «O‘zbekkonsert» direktori“. kun.uz. — „Lola bu klipni O‘zbekiston fuqarosi sifatida olib chiqardi, desak bo‘ladi. Qonuniy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Lolaning...“. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
- ↑ „“Biz ijodkorlikdagi byurokratiya va taqiqlar mavzusiga qo‘l urdik”. Lola litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko‘rsatuvchi klipiga izoh berdi“. daryo.uz. — „So‘nggi video chiqqanidan so‘ng ayrim yangilik saytlari uning mohiyatini va mazmunini o‘zgartirib, o‘z manfaati yo‘lida...“. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.