Kontent qismiga oʻtish

Elmira Bositxonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elmira Bositxonova
 Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2019-yildan – 2020-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Tanzila Norboyeva
Vorisi lavozim bekor qilingan
Mansab davri
2011-yildan – 2016-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Farida Akbarova
Vorisi Tanzila Norboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-noyabr 1958-yil (1958-11-10) (66 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni[1]

Elmira Erkinovna Bositxonova (tugʻ. 10-noyabr 1958-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokor, davlat arbobi va siyosatchi. 2020-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinladi.

1981-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining „Davolash“ yoʻnalishini tamomlagan.

1981-yildan 2011-yilgacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida turli lavozimlarda ishlagan[2].

2011-yil iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

2016-yil 12-dekabridan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.

2019-yil iyundan 2020-yil 19-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi boʻlgan.

2020-yilda Oʻzbekiston Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirning birinchi oʻrinbosari.

2020-yil 3-iyundan boshlab Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari[3].