Kontent qismiga oʻtish

Sharqiy Sibir dengizi

Koordinatalari: 72°N 163°E / 72°N 163°E / 72; 163
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koordinatalari 72°N 163°E / 72°N 163°E / 72; 163
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador oʻlkalar Rossiya va AQSH
Yuzasi 987,000 km2 (381,000 kv mi)
Oʻrtacha chuqurligi 58 m (190 ft)
Eng katta chuqurligi 155 m (509 ft)
Suv hajmi 57,000 km3 (4.6×1010 acre⋅ft)
Manbalar [1][2][3][4]


Sharqiy sibir dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi. Novaya Sibir orollari bilan Vrangel oroli oraligʻida joylashgan. Boʻgʻozlar orqali sharqda Chukotka dengizi bilan, gʻarbda Laptevlar dengizi bilan tutashadi. Dengiz materik sayozligida joylashgan. Maydoni 987,000 km2 (381,000 kv mi) ni tashkil etadi. Yilning asosiy qismida dengiz yuzasi muz bilan qoplanib yotadi. Oʻrtacha chuqurligi 54 m (eng chuqur joyi 915 m)ga teng. Shoʻrligi daryolar quyiladigan joyda 5 promillidan gʻarbi va shimoliy qismida 30 promilligacha yetadi. Asosiy qoʻltiqlari:

  • Chaun gubasi
  • Kolima
  • Omulyaxa

Yirik orollari:

  • Novaya Sibir
  • Medvejiy
  • Ayon

Dengizga Kolima, Alazeya, Indigirka, Xroma, Katta Chukochya daryolarining suvi quyiladi.

Iqlimi arktika ilmiga xos boʻlib, yozi qisqa va salqin, qishi davomli hamda sovuq boʻladi. Yozda oʻrtacha harorat 0°—2° (shimolda), 2°—4° (janubda); qishda 26°, —28° ni tashkil etadi. Yiliga 100-200 mm miqdorida yogʻin tushadi. Shamol taʼsirida suv yuzasining qalqishi 1 m va undan ortiq boʻlishi kuzatilgan. Dengizda tyulen, morj, oq ayiq, baliqlardan esa muksun, chir, omul va boshqalar yashaydi. Sharqiy qismida Sharqiy Sibir dengizidan Shimoliy dengiz yoʻliga oʻtiladi. Yirik portlari Chaun qoʻltigʻidagi Pevek va Ambarchik portlari hisoblanadi[5].



  1. R. Stein, Arctic Ocean Sediments: Processes, Proxies, and Paleoenvironment, p. 37
  2. East Siberian Sea, Great Soviet Encyclopedia (in Russian)
  3. East Siberian Sea, Encyclopædia Britannica on-line
  4. A. D. Dobrovolskyi and B. S. Zalogin Seas of USSR. East Siberian Sea, Moscow University (1982) (in Russian)
  5. „Sharqiy Sibir dengizi“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil