Shayx Abbos Valiy maqbarasi
Shayx Abbos Valiy maqbarasi | |
---|---|
Shayx Abbos Vali maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy yodgorlik |
Turi | Maqbara |
Manzili | „Xorazm“ MFY |
Shahar | Beruniy tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 41°41′18″N 60°44′11″E / 41.68832644269181°N 60.73647940360979°E |
Qurilishi boshlangan | XII—XIV asr |
Qurilishi tugagan | XXI asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Shayx Abbos Valiy maqbarasi (yoki Shayx Abbos Vali maqbarasi, Shobboz bobo ziyoratgohi[1]) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanidagi tarixiy yodgorlik. Maqbara XII—XIV hamda XXI asrlar davomida shakllangan boʻlib, bugungi kunda „Xorazm“ mahallasidagi Shayx Abbos Vali qabristoni, Shayx Abbos Vali jome masjidi hududida joylashgan.
Shayx Abbos Valiy maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[2]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shayx Abbos Valiyning asl ismi Shayx Mazguriddin ibn Muso ibn Muxammad ibn Abdullo ibn Abbosdir. Bu shaxsning shajarasi Muhammad paygʻambarning amakisi Abbosga borib taqalishi rivoyat qilinadi. Shayx Abbos Valiy milodiy 732-yili Arabistonda tugʻilgan.
Shayx Abbos 40 yoshida, yaʼni 772-yilda oʻz onasi bilan Xorazmga, oʻsha davrlarda madaniyat markazlaridan biri boʻlgan poytaxt shahar Katga koʻchib kelgan. Shayx shu yerda muqim yashab qolgan, shu yerda uylanib, oʻn nafar farzand koʻrgan. Shayx Abbos yashagan davr zardushtiylik dinining hali mavjud boʻlgan davriga toʻgʻri keladi. Shu sababli Shayx Abbos butun kuch-gʻayratini zardushtiylik dinida boʻlgan aholining bir qismiga Qurʼon, hadis, shariat ahkomlarini tushuntirish orqali ularni islom diniga kiritishga sarflagani manbalarda keltirilgan[4].
XIX asr boshlariga kelib, oʻz vaqtida Anushaxon tomonidan qurdirilgan qalʼani Amudaryo oqimi yuvib ketgach, yangi Katda yashovchi aholi daryoning oʻng sohilida joylashgan Shayx Abbos Valiy mozori tevaragiga kelib oʻrnashgan. Shundan soʻng bu yerlar Shobboz deb atala boshlagan. 1957-yildan keyingi yillarda Shobboz shaharchasiga Beruniy nomi berilgan. Bundan koʻrinadiki, maqbara hududi bugungi Beruniy shahrining asosini tashkil etgan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sulton Uvays bobo maqbarasi
- Shibliy ota maqbarasi
- Yusuf Hamadoniy maqbarasi
- Shamun-Nabi maqbarasi
- Tugʻon Turk maqbarasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.
- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „846-сон 04.10.2019. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“ (uz-Latn-UZ). lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Kot haqida — U kim, bu nima“ (uz-UZ). QOMUS.INFO. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.