Kontent qismiga oʻtish

Sijistoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sijistoniy, Abu Dovud Sijistoniy (toʻliq ismi Sulaymon ibn Ashʼas ibn Ishoq ibn Bashir ibn Shaddod ibn Amr alAzdiy asSijistoniy) (817, Sijiston — 888/889, Basra) — muhaddis, imom. Yoshligidan hadis ilmini oʻrgangan. Oʻsmirlik chogʻlaridayoq hadis toʻplash niyatida Xuroson, Iroq, Suriya, Misr, Hijoz kabi yurtlarda boʻlgan. Bir qancha ulugʻ muhaddislar (Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Qutayba ibn Sayd, Termiziy) bilan uchrashgan. U hadislarni nakl qilish va ularning sabablarini koʻrsatish boʻyicha muhaddis ulamolarning ulugʻlaridan biri sanaladi. S. oʻzining aytishicha, 500 ming hadis yozib olgan. Shulardan 4800 tasini maʼlum bir shartlar asosida ajratib, "Sunani Abu Dovud" toʻplamini tuzgan. Uning "Nosix ulQurʼon va mansux" ("Qurʼonning nasx qiluvchi va nasx qilingan oyatlari") va "Daloil alnubuvvat" ("Paygʻambarlik dalillari") asari ham bor. S.ning asarlari ayfl assunna valjamoa uchun muhim manba hisoblangani tufayli azaldan Movarounnahrda keng tarqalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil