Temuriylar renessansi
Sana | 14-asr — 16-asr |
---|---|
Joylashuv | Temuriylar davlati (Markaziy Osiyo va Fors) |
Ishtirokchilar | Temuriylar sulolasi |
Temuriylar renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davr edi. Islom oltin asrining asta-sekin tugay boshlashidan soʻng Oʻrta Osiyoda joylashgan hamda Temuriylar sulolasi boshqargan Temuriylar davlati sanʼat va fanlarning qayta tiklanishi uchun turtki boʻlgan. Mazkur harakat butun musulmon olamiga keng tarqalgan[3]. Renessans soʻzi fransuzcha „qayta tugʻilish“ degan maʼnoni anglatib, maʼlum bir davrdagi madaniy tiklanishni ifodalaydi. Temuriylar davriga nisbatan mazkur atamadan foydalanish olimlar orasida noroziliklarni keltirib chiqargan. Ularning baʼzilari buni temuriylar madaniyatining yuksakligi deb bilishadi[3][4].
Temuriylar renessansi Yevropa renessansidan oldinroq sodir boʻlgan.[5][6]. Ushbu davr shon-sharaf nuqtayi-nazaridan Italiyaning Kvadrosentosiga teng deya taʼriflanadi[4]. Temuriylar uygʻonish davri XV asrda, moʻgʻul bosqinlari va istilolari yakunlangach oʻz choʻqqisiga chiqqan.
Fors-islom gʻoyalari asosidagi[7] Temuriylar renessansi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Samarqandning qayta qurilishi, Amir Temur tomonidan Temur shaxmatining kashf etilishi, Shohruh Mirzo va rafiqasi Gavhar Shodbegimning Hirotdagi (Italiya madaniy Uygʻonish markazi Florensiyaga raqobatchi sifatida mashhur) hukmronligi[8][9], astronom va matematik olim Mirzo Ulugʻbek davri, shuningdek sanʼat homiysi Husayn Boyqaro tomonidan bir qator oʻquv dargohlarining qurilishi[10]. Amir Temur hukmronligi davrida klassik fors sanʼatiga qiziqish qayta tiklandi. Yirik qurilish loyihalari boʻlmish mavzoley, madrasa va kutubxonalar qurildi. Matematik va astronomik tadqiqotlar oʻtkazish qayta tiklandi va XVI asr boshlariga kelganda oʻqotar qurollarni oʻzlashtirishga ham erishildi.
Temur hayotligi davridagi asosiy qurilish ishlaridan Shahrisabzdagi Yozgi saroy, Bibixonim jome masjidi va Ahmad Yassaviy maqbarasini koʻrsatish mumkin[11]. Bu davrda Hirot shahri musulmon dunyosida ilmiy va badiiy hayotning muhim markaziga aylangan[11]. Samarqand, shaharda amalga oshirilgan qayta qurish va yuksak eʼtibor natijasida renessans va madaniyat markaziga aylangan[12].
Temuriylar Uygʻonish davri avvalgi buvayhiylar sulolasining madaniy va badiiy taraqqiyotidan farq qilar edi. Chunki bu davr mumtoz madaniyatning bevosita qayta tiklanishi emas, balki yanada keng tarqalgan turkiy va rasmiy fors tiliga yangi soʻzlashuv usublarini qoʻshish ham edi. Temuriylar Uygʻonish davri Moʻgʻullar imperiyasidan meros qilib olingan[13][14][15] va Islomiy porox imperiyalari davridagi boshqa davlatlarga (Usmonlilar Turkiyasi va Safaviylar Eroni) sezilarli taʼsir koʻrsatgan[16].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temuriylar imperiyasiga Amir Temur 1370-yilda Xulagular davlati vorislari boʻlgan bir necha kichik davlatlarni bosib olgandan soʻng asos solgan. Temuriylar shaharlarni zabt etgandan soʻng, odatda mahalliy hunarmandlarning hayotini asrab qolib, ularni temuriylar poytaxti Samarqandga yuborganlar.
XV asr boshlarida Temuriylar Forsni bosib olganlaridan soʻng, fors badiiy xususiyatlari moʻgʻul sanʼati bilan uzviy bogʻlangan. Keyinchalik Temur tomonidan shariat muassasalariga asos solinishi Samarqandni Islom sanʼatining markazlaridan biriga aylantirgan[17].
XV asr oʻrtalarida Hirot temuriylar madaniy hayotining markazi sifatida tanila boshlagan. Samarqandda boʻlgani kabi, hunarmand va ziyolilar tez orada Hirotni sanʼat va madaniyat markaziga aylantira olishgan. Tez orada temuriylarning aksariyati fors madaniyatini oʻz madaniyati sifatida qabul qildilar[18].
Sanʼat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temuriylar sanʼati forslarning anʼanaviy „Kitobat sanʼati“ni oʻzlashtirib, takomillashtirgan. Temuriylar davrida yangicha sanʼat asarlari qatorida badiiy asarlarda qoʻlyozma hamda tasvirlar uygʻunlashuvi kuzatildi. Ushbu illyustratsiyalar boy ranglari va nafis dizayni bilan ajralib turardi[19]. Ushbu qoʻlyozmalarda tasvirlangan miniatyura rasmlari sifati tufayli Metropolitan Sanʼat muzeyi arxeologi va sanʼatshunosi Suzan Yalman[20] taʼkidlaganidek, „Hirot maktabi“ qoʻlyozma rasmlariga koʻpincha fors rassomligining mantiqiy davomchisi sifatida qaraladi[21].
Temuriylar davrida kumush bilan ishlov berilgan poʻlat koʻp holatda yuqori sifatli deya baholanmoqda. Rassomlik qoʻlyozmalar bilan cheklanib qolmagan. Chunki temuriylarning koʻpgina rassomlari murakkab devoriy tasvirlarni ham yaratgan. Ushbu devoriy tasvirlarning aksariyatida fors va xitoy badiiy anʼanalaridan kelib chiqqan landshaftlar tasvirlangan[22]. Ushbu rasmlarning mavzusi boshqa madaniyatlardan olingan boʻlsa-da, temuriylarning devoriy tasvirlari oxir-oqibat oʻziga xos uslubda takomillashtirilgan[23].
Moʻgʻullar badiiy anʼanalari butunlay bekor qilinmaganini XV asr temuriylar sanʼatida inson siymosining yuqori sifatda tasvirlanganidan bilishimiz mumkin. Bunday tasvirlash uslubi ana shu madaniyatdan kelib chiqqan[24].
Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida sanʼat yanada yuksalgan. U oʻz hukmronlik davrida ilm-fan xayrixohi va homiysi sifatida tanilgan[25]. Sulton Husayn koʻplab mashhur maktablar barpo etgan. Uni Zahiriddin Muhammad Bobur „keyingi davr Movarounnahr hukmdorlarining eng muhim va asosiysi“ hamda goʻzal saroyi va badiiy muhitga nisbatan saxiy homiyligi hayratga sazovor ekanligi eʼtirof etgan.
Temuriylar meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temuriylar meʼmorchiligi Saljuqiylar meʼmorchiligining oʻziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni kas ettiruvchi firuza va koʻk plitalar binolar fasadlarini bezagan. Baʼzan ichki qismi ham xuddi shunday bezalgan boʻlib, rasmlari va nihoyatda yengilligi effektni yanada boyitgan[26].
Temuriylar meʼmorchiligi Oʻrta Osiyoda islom sanʼatining eng yuqori choʻqqisi boʻlgan. Amir Temur va uning vorislari Samarqand va Hirotda barpo etgan ajoyib va ulugʻvor binolar Hindistonda Xulagular sanʼat maktabining taʼsirini yoyishga yordam berib, mashhur moʻgʻul meʼmorchilik maktabini vujudga keltirgan.
Temuriylar meʼmorchiligi hozirgi Qozogʻistondagi Ahmad Yasaviy maqbarasidan boshlanib, Amir Temurning Samarqanddagi Guri Amir maqbarasi bilan yakunlanadi. Goʻri Amir maqbarasi XIV asrga xos „firuza fors plitalari“ bilan qoplangan[27]. Qadimiy Samarqand shahri markaziga yaqin joyda „fors uslubidagi madrasa“ (diniy maktab)[27] va Ulugʻbek qurdirgan „fors uslubidagi masjid“ni[27] koʻrish mumkin. Temuriy shahzodalar maqbarasi, savdo markazi va moviy plitali gumbazlari eng nozik va nafis namunalar sifatida mashhur[28].
Eksenel simmetriya barcha temuriylarning asosiy inshootlariga, xususan, Samarqanddagi Shohizinda, Hirotdagi Musalla majmuasi va Mashhaddagi Gavhar Shod masjidiga xos xususiyat hisoblanadi. Turli shakldagi ikki qavatli gumbazlar koʻpayib, tashqi tomonlari ajoyib ranglar bilan bezalgan. Amir Temurning mintaqadagi hukmronligi fors meʼmorchiligining poytaxt va Hindiston yarim oroliga taʼsirini kuchaytirgan[29].
Metallga ishlov berish, kulolchilik va oʻymakorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temuriylar imperiyasi ham sifatli metall buyumlar ishlab chiqargan. Odatda poʻlat, temir, jez va bronza asosiy xom ashyolardan hisoblangan[21]. Temuriylar davrida kumush bilan quyilgan poʻlat ayniqsa, yuqori sifatli deb keltirilgan[30]. Temuriylar imperiyasi qulaganidan soʻng, bir necha yil Eron va Mesopotamiya madaniyatlari Temuriylar metallurgiyasi anʼanalarini davom ettirishgan[21].
Xitoy uslubidagi keramika temuriylar hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Yashma toshi oʻymakorligi Temuriylar sanʼatida ham maʼlum darajada mavjud boʻlgan[22].
Ilm-fan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamshid al-Koshiy matematika va astronomiya sohalariga eng katta hissa qoʻshgan olimlardan biri boʻlgan. U ham hukmdor Shohruh Mirzo, ham uning rafiqasi Gavharshod begim tomonidan birdek qoʻlab-quvvatlangan. Ularning har ikkalasi ham ilm-fan va madaniyat rivojiga nihoyatda qiziqish bilan qarashgan. Binobarin, ularning hokimiyatdagi davri koʻplab ilmiy yutuqlar davriga aylangan.
Sulton Ulugʻbek hukmronligi davri imperiyaning ilmiy choʻqqisi davri boʻlgan. Uning hukmronligi davrida al-Koshiy har bir daraja uchun oʻta aniqlikdagi va har bir daqiqa uchun farqlarni oʻz ichiga olgan toʻrtta eng kichik raqamlar (sakkizta kasr hajmiga teng) uchun sinuslar jadvalini ishlab chiqqan. Shuningdek, osmon sferasidagi koordinatlar tizimlari orasidagi oʻzgarishga oid, masalan, ekliptik koordinatalar tizimidan ekvatorial koordinatalar tizimiga oʻtish kabi jadvallarni ishlab chiqqan[31]. Yer, oy, quyosh va yulduzlar kabi samoviy jismlarning masofalari va oʻlchamlarini aniqlashda avvalgi davr olimlari duch kelgan qiyinchiliklarni hal qilish usuli Sullam as-Sama muallifligida ishlab chiqilgan. Shuningdek, Astronomik kuzatish asboblari toʻgʻrisida risola ham yozilgan boʻlib, unda turli xil asboblar, jumladan triketrum va armillyar sfera, Moayyiduddin Urdiyning tenglik armillyari va quyosh armillyari, Urdiyning sinus va kosinus asbobi, al-Xoʻjandiyning sekstanti, Samarqand rasadxonasidagi Faxri sekstanti, ikki kvadrantli azimut balandlikdagi asbob va alidadani oʻz ichiga olgan kichik armillyar shar kabilar tasvirlangan[32].
Planetar birikmalar sodir boʻladigan kun vaqtini aniqlash[33] va chiziqli interpolyatsiyani amalga oshirish uchun foydalaniladigan analog hisoblash asbobi „Plate of Conjunctions“ ixtiro qilingan[34]. Shuningdek, Zonalar plitasi deb atalgan mexanik sayyora qurilmasi ham ixtiro qilingan boʻlib, u bir qator sayyora muammolari, jumladan Quyosh va oyning uzunlikdagi haqiqiy pozitsiyalarini[34], elliptik orbitalar boʻyicha sayyoralar harakatini bashorat qilish[35], quyosh, oy va sayyoralarning balandliklari va Quyosh ekliptikasi kabilarni ham oʻz ichiga olgan[36].
Ulugʻbek Samarqandda asos solgan institut tez orada taniqli universitetga aylangan. Saltanat poytaxtidagi ushbu akademiyaga butun Yaqin Sharq va atrofdagi talabalar toʻplanishgan. Binobarin, Ulugʻbek Oʻrta Sharqning koʻplab buyuk matematiklari va olimlarini, shu jumladan Ali Qushchini bir joyga toʻplay olgan. Ali Qushchi astronomik fizikani tabiiy falsafadan mustaqil ravishda va Astronomiyaning falsafaga taxminiy bogʻliqligi toʻgʻrisida risolasida Yerning aylanishi uchun empirik dalillarni keltirgan. Ulugʻbekning mashhur Ziji jadidi Koʻragoniy asari va Usmonlilar xalifaligida turli an’anaviy islom ilmlarini oʻrganish boʻyicha ilk markazlardan biri boʻlgan Sahni Seman madrasasining tashkil etilishiga qoʻshgan hissalari bilan bir qatorda Ali Qushchi astronomiyaga oid bir qancha ilmiy ishlar va darsliklar muallifi ham edi[37]. Ali Qushchining eng muhim astronomik asari — Astronomiyaning falsafaga bogʻliqligi. Aristotelizmning astronomiyaga aralashishiga qarshi chiqqan islom ilohiyotchilari taʼsiri ostida Ali Qushchi aristotel fizikasini rad etgan. Tabiiy falsafani islom astronomiyasidan butunlay ajratib, astronomiyaning sof empirik va matematik ilmga aylanishiga imkon bergan. Bu unga Aristoteliyaning statsionar Yer tushunchasiga alternativlarni oʻrganish imkonini bergan. Chunki u harakatlanuvchi Yer haqidagi gʻoyani oʻrganib chiqqan (garchi S.Smit hech bir islom astronomlari geliosentrik koinot nazariyasini taklif qilmagan deb taʼkidlayotgan boʻlsa-da[38]). U, shuningdek, kometalarni kuzatish orqali Yerning aylanishiga oid empirik dalillarni topib, spekulyativ falsafaga emas, balki empirik dalillarga asoslangan holda harakatlanuvchi Yer nazariyasi xuddi statsionar Yer nazariyasi kabi haqiqat boʻlishi mumkin degan xulosaga kelgan[39][40][41].
Meros
[tahrir | manbasini tahrirlash]XV asr oxirlarida Temuriylar imperiyasi tanazzulga uchraganidan soʻng, Usmoniylar, Safaviylar, Boburiylar va boshqa imperiyalar kabi porox imperiyalari oʻzaro temuriylarning badiiy anʼanalarini davom ettirishgan[20][42].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Temuriylar sanʼati
- Turko-fors anʼanalari
- Temuriylarning Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari
- Samarqand yilnomasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Art of the Timurid Period (ca. 1370–1507)“. www.metmuseum.org. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
- ↑ 2,0 2,1 Dale, Stephen Frederic (24 September 2009). "The Legacy of the Timurids" (en). Journal of the Royal Asiatic Society 8 (1): 43–58. doi:10.1017/S1356186300016424. ISSN 1474-0591. https://www.cambridge.org/core/journals/journal-of-the-royal-asiatic-society/article/abs/legacy-of-the-timurids/98882C5B0EFED75E5A06D0908E43B9BA.
- ↑ 3,0 3,1 Subtelny, Maria Eva (November 1988). "Socioeconomic Bases of Cultural Patronage under the Later Timurids". International Journal of Middle East Studies 20 (4): 479–505. doi:10.1017/S0020743800053861. https://www.cambridge.org/core/journals/international-journal-of-middle-east-studies/article/socioeconomic-bases-of-cultural-patronage-under-the-later-timurids/2A0F3018EE155F23FC4A7F5F25D7DE6D. Qaraldi: 7 November 2016.Temuriylar renessansi]]
- ↑ 4,0 4,1 Ruggiero, Guido. A Companion to the Worlds of the Renaissance, Guido Ruggiero. John Wiley & Sons, 15 April 2008. ISBN 9780470751619. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ The Connoisseur - Volume 219 - Page 128
- ↑ Europe in the second millenium: a hegemony achieved? - Page 58
- ↑ World History as the History of Foundations, 3000 BCE to 1500 CE By Michael Borgolte, page 293
- ↑ Periods of World History: A Latin American Perspective - Page 129
- ↑ The Empire of the Steppes: A History of Central Asia - Page 465
- ↑ "Timurids". The Columbia Encyclopedia (Sixth nashri). New York City: Columbia University. Archived from the original on 2006-12-05. https://web.archive.org/web/20061205073939/http://bartleby.com/65/ti/Timurids.html. Qaraldi: 2006-11-08.
- ↑ 11,0 11,1 „The Art of the Timurid Period (ca. 1370–1507)“. 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ „Timurids“. 2016-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ Strange Parallels: Volume 2, Mainland Mirrors: Europe, Japan, China, South Asia, and the Islands: Southeast Asia in Global Context, C.800-1830 by Victor Lieberman Page 712
- ↑ Imperial Identity in the Mughal Empire by Lisa Page 4
- ↑ Sufism and Society: Arrangements of the Mystical in the Muslim World, 1200–1800 edited by John Curry, Erik Ohlander, Page 141
- ↑ The Silk Road: A Very Short Introduction by James A. Millward.
- ↑ Marozzi, Justin. Tamerlane: Sword of Islam, conqueror of the world. HarperCollins, 2004.
- ↑ B.F. Manz; W.M. Thackston; D.J. Roxburgh; L. Golombek; L. Komaroff; R.E. Darley-Doran (2007). "Timurids". Encyclopedia of Islam, online edition. "During the Timurid period, three languages, Persian, Turkish, and Arabic were in use. The major language of the period was Persian, the native language of the Tajik (Persian) component of society and the language of learning acquired by all literate and/or urban Turks. Persian served as the language of administration, history, belles lettres, and poetry."
- ↑ „Iransaga - Persian Art, The Timurids“. www.artarena.force9.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ 20,0 20,1 Komaroff, Authors: Suzan Yalman, Linda „The Art of the Timurid Period (ca. 1370–1507) | Essay | Heilbrunn Timeline of Art History | The Metropolitan Museum of Art“. The Met’s Heilbrunn Timeline of Art History. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 electricpulp.com „METALWORK – Encyclopaedia Iranica“ (en). www.iranicaonline.org. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ 22,0 22,1 "Timurids" The Columbia Encyclopedia (Sixth ed.). New York City: Columbia University. Retrieved 2006-11-08.
- ↑ Lentz, W. Thomas. Dynastic Imagery in Early Timurid Wall Paintings. Los Angeles Museum of Art.URL:https://archnet.org/system/publications/contents/4320/original/DPC0599.pdf?1384784647 (Wayback Machine saytida 2017-11-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Blair, Sheila, and Bloom, Jonathan M., The Art and Architecture of Islam, 1250–1800, Chapter 5, 1995, Yale University Press. Pelican History of Art, ISBN 0300064659.
- ↑ Roemer, Hans R. „ḤOSAYN BĀYQARĀ“. Encyclopaedia Iranica. Encyclopaedia Iranica Foundation (2012-yil 23-mart). Qaraldi: 2019-yil 9-aprel.
- ↑ Encyclopædia Britannica, "Timurid dynasty", Online Academic Edition, 2007. "Turkic dynasty descended from the conqueror Timur (Tamerlane), renowned for its brilliant revival of artistic and intellectual life in Iran and Central Asia. ... Trading and artistic communities were brought into the capital city of Herat, where a library was founded, and the capital became the centre of a renewed and artistically brilliant Persian culture."
- ↑ 27,0 27,1 27,2 John Julius Norwich, Great Architecture of the World, Da Capo Press, 2001. p. 278.
- ↑ Hugh Kennedy, The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In, Da Capo Press, 2007. p. 237
- ↑ Banister Fletcher, Dan Cruickshan, Sir Banister Fletcher's a History of Architecture, Architectural Press, 1996. pg 606
- ↑ The Caspian Sea Journal ISSN: 1578-7899 Volume 10, Issue 1, Supplement 3 (2016) 127-132 The Compilation of One Object of Timurid Metalwork (12th Century) in the National Museum of Iran with Two Objects in National Museum of Yerevan-Armenia. URL: http://csjonline.org/CSJ/2016/Supp3/127-132.pdf
- ↑ O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F., „Ghiyath al-Din Jamshid Mas'ud al-Kashi“, MacTutor History of Mathematics archive (ingliz)
{{citation}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ (Kennedy 1951, pp. 104–107)
- ↑ (Kennedy 1947, p. 56)
- ↑ 34,0 34,1 (Kennedy 1950)
- ↑ (Kennedy 1952)
- ↑ (Kennedy 1951)
- ↑ Ágoston, Gábor; Masters, Bruce Alan (2009), Encyclopedia of the Ottoman Empire, Infobase Publishing, 35-bet, ISBN 978-0-8160-6259-1
- ↑ Emilie Savage-Smith (November 2008), „Islamic Influence on Copernicus“ (PDF), Journal for the History of Astronomy, 39 (4): 538–541 [541], Bibcode:2008JHA....39..538S, doi:10.1177/002182860803900414, S2CID 125819122, qaraldi: 25 March 2010
- ↑ (Ragep 2001a)
- ↑ F. Jamil Ragep (2001), "Freeing Astronomy from Philosophy: An Aspect of Islamic Influence on Science", Osiris, 2nd Series, Vol. 16, Science in Theistic Contexts: Cognitive Dimensions, pp. 49–64, 66–71.
- ↑ Edith Dudley Sylla (2003), „Creation and nature“, in Arthur Stephen McGrade (muh.), The Cambridge Companion to Medieval Philosophy, Cambridge: Cambridge University Press, 178–179-bet, ISBN 978-0-521-00063-5
- ↑ „The Timurids and the Turkmen - The David Collection“ (en). www.davidmus.dk. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kennedy, Edward S. (1947), „Al-Kashi's Plate of Conjunctions“, Isis, 38 (1–2): 56–59, doi:10.1086/348036, S2CID 143993402
- Kennedy, Edward S. (1950), „A Fifteenth-Century Planetary Computer: al-Kashi's "Tabaq al-Manateq" I. Motion of the Sun and Moon in Longitude“, Isis, 41 (2): 180–183, doi:10.1086/349146, PMID 15436217, S2CID 43217299
- Kennedy, Edward S. (1951), „An Islamic Computer for Planetary Latitudes“, Journal of the American Oriental Society, American Oriental Society, 71 (1): 13–21, doi:10.2307/595221, JSTOR 595221
- Kennedy, Edward S. (1952), „A Fifteenth-Century Planetary Computer: al-Kashi's "Tabaq al-Maneteq" II: Longitudes, Distances, and Equations of the Planets“, Isis, 43 (1): 42–50, doi:10.1086/349363, S2CID 123582209
- Ragep, F. Jamil (2001a), „Tusi and Copernicus: The Earth's Motion in Context“, Science in Context, Cambridge University Press, 14 (1–2): 145–163, doi:10.1017/s0269889701000060, S2CID 145372613