Thandiwe Newton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Thandiwe Newton
Tavalludi
Melanie Thandiwe Newton

6-noyabr 1972-yil (1972-11-06) (51 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1991 — hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
Ol Parker
(turm. 1998; ajr. 2022)
Bolalari 3

Melanie Thandiwe Newton (talaffuzi: Melani Tendive Nyuton[1][2]; 1972-yil 6-noyabrda tugʻilgan) avvaliga Thandie Newton nomi bilan atalgan angliyalik aktrisadir. Primetime Emmy va BAFTA mukofotlari sovrindori.

Newton Beloved (1998), Mission: Impossible 2 (2000), Shade (2003), The Chronicles of Riddick (2004), Crash (2004), The Pursuit of Happyness (2006), Run Fatboy Run (2007), RockNRolla (2008), W. (2008), 2012 (2009), For Colored Girls (2010), Westworld (2016-2022), Line of Duty (2017) va Han Solo: Yulduzlar jangi (2018) kabi film / teleseriallardagi rollari bilan tanilgan.

Newton 2007-yilda.
Newton 2010-yil 10 Downing Streetda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Newton filmdagi debyutini Flirting (1991) komediya-dramasida rol ijro etish bilan boshlagan. Mazkur filmda uning ismi „Thandie Newton“ deb notoʻgʻri koʻrsatilgan. Keyin u Interview with the Vampire (1994) filmida Brad Pitt va Tom Cruise bilan birga rol oʻynadi. Newton Jefferson in Paris filmida Sally Hemings qahramonini gavdalantirdi. Keyinchalik Newton Toni Morrisonning romani asosida Jonathan Demme tomonidan suratga olingan Beloved (1998) kinodramasida rol oʻynadi. Filmda u bosh qahramonni jonlantirdi. Ushbu filmda Newton bilan birga Oprah Winfrey va Danny Glover ham suratga tushgan. Newton Mission: Impossible 2 filmida Nyah Nordoff-Hall rolini ijro etdi. Undan keyin u kam byudjetli It Was an Accident filmida suratga tushdi[3].

2003—2005-yillar oraligʻida Newton ER teleserialida Makemba „Kem“ Likasu rolini oʻynadi. 2007-yilda Newton Eddie Murphy bilan birga Norbit komediyasida rol oʻynadi. 2008-yilda esa Fatboy Run Run kinokomediyasida Simon Pegg bilan birga suratga tushdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Newton 1998-yilda ingliz yozuvchisi, rejissyori va prodyuseri Ol Parkerga turmushga chiqdi. Ularning uchta farzandi bor[4]. Newton vegetariandir.

2006-yilda Newton NSPCC koʻmagida nashr etilgan We Wish: Hopes and Dreams of Cornwall’s Children kitobiga soʻzboshi yozdi[5].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
1991 Flirting Thandiwe Adjewa
1993 The Young Americans Rachael Stevens
1994 Loaded Zita
Interview with the Vampire Yvette
1995 Jefferson in Paris Sally Hemings
The Journey of August King Annalees Williamsburg
1996 The Leading Man Hilary Rule
1997 Gridlock'd Barbara „Cookie“ Cook
1998 Besieged Shandurai
Beloved Beloved
2000 Mission: Impossible 2 Nyah Nordoff-Hall
It Was an Accident Noreen Hurlock
2002 The Truth About Charlie Regina Lambert
2003 Shade Tiffany
2004 The Chronicles of Riddick Dame Vaako
Crash Christine Thayer
2006 The Pursuit of Happyness Linda
2007 Norbit Kate Thomas
Run Fatboy Run Libby
2008 RocknRolla Stella
How to Lose Friends & Alienate People oʻzi
W. Condoleezza Rice
2009 2012 Laura Wilson
2010 Huge Kris
Vanishing on 7th Street Rosemary
For Colored Girls Tangie Adrose
2011 Retreat Kate Kennedy
2012 Good Deeds Lindsey Wakefield
2013 Half of a Yellow Sun Olanna
2018 Gringo Bonnie Soyinka
Han Solo: Yulduzlar jangi Val
The Death & Life of John F. Donovan Audrey Newhouse
2021 Reminiscence Emily „Watts“ Sanders
2022 God's Country Sandra Guidry
All the Old Knives Celia Harrison
2023 Chicken Run: Dawn of the Nugget Ginger (ovoz bergan)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ramos, Dino-Ray. „Thandiwe Newton Reveals True Spelling Of Her Name: "I'm Taking Back What's Mine"“. Deadline (4-aprel 2021-yil). Qaraldi: 5-aprel 2021-yil.
  2. „Thandie Newton reverts to original spelling of first name, Thandiwe“ (inglizcha). BBC News (5-aprel 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  3. Thandieʼs Mission, Evening Standard, she also starred in the Guy Ritchie film Rock n' Rolla as a michievous accountant. 22 July 2005. Quote: „…but turned down the Lucy Liu role in Charlieʼs Angels in favour of making It Was An Accident, a minor film by her scriptwriter husband Ol Parker.“
  4. Eggenberger, Nicole. „Thandie Newton welcomes baby boy Booker Jombe Parker in home birth“. Us Weekly (5-mart 2014-yil). 5-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2014-yil.
  5. „We Wish – Hopes and dreams of Cornwall's children“. WeWish.org.uk (30-noyabr 2006-yil). 2006-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]