Turon batalyoni
„Turon“ | |
„Turan“ | |
Turi: | batalyon |
Mamlakat: | Ukraina |
Faoliyat yillari: | 2022-yil 21-noyabr |
Tarkibi: | 350 kishi |
Qatnashgan: | Rossiya—Ukraina urushi |
Turon yoki Turan — Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida tashkil etilgan, tarkibidagi jangchilar turkiy millatlarga mansub boʻlgan Ukraina qurolli kuchlari tarkibidagi askarlar batalyoni[1]. Ushbu harbiy boʻlinma Turkiya hukumati tashabbusi tufayli tashkil etilgan[2][3][4][5]. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha Turkiya Markaziy osiyolik yollanma askarlardan Ukrainada „Turon“ batalyonini tuzganligini haqida askarlarning o‘zlari Telegram ijtimoiy tarmogʻida tahdidiy harakatlar aks ettirilgan videoni joylashtirgan holda maʼlum qilishgan. Ular videoxabarda „Putin va Qodirov rejimi“ni ichkarida ham, tashqarida ham yo‘q qilishga vaʼda qilishgan. Guruh qoʻmondoni oʻz murojaatida Rossiya rahbari Ukrainada „maxsus operatsiya“ niqobi ostida mamlakatning turkiyzabon aholisiga nisbatan haqiqiy genotsid uyushtirayotganini aytgan. Kudabek Checheniston rahbaridan Ukrainadagi jinoyatlarini yashirish uchun islom dini ortiga yashirinmaslikni talab qilgan[6][5].
Almaz Kudabek ismli Qirgʻiziston fuqorosi batalyon qoʻmondoni etib tayinlangan. Shuningdek, ular videoda „Kulrang bo‘rilar“ o‘ta o‘ng fashistik harakatining ramzi tushirilgan kiyimni kiyib olishgan. Kudabekka nisbatan oʻz vatanida „Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy amaliyotlarda ishtirok etishi“ moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan[2][7][3][4][5]. Almaz Kudabek maʼlum bir muddat davomida Rossiya Federatsiyasida muhojir (yollanma ishchi & sartarosh) sifatida mehnat qilgan. 24-fevral sanasida esa koʻngilli sifatida Ukraina armiyasi tarkibiga kelib qoʻshilgan. Qirg‘izistonning Ukrainadagi elchisi Idris Kadirkulovning so‘zlariga ko‘ra, Kudabekga o‘z vataniga qaytish taklif qilingan, biroq u rad javobini berib, hududiy mudofaa bo‘limiga joʻnab ketgan[7][3][4]. „Turon“ oʻz tarkibiga 350 ga yaqin kishini jam qilgan. Ularning aksariyat qismi qozoq, qirg‘iz, uyg‘urlar va Ozarbayjon fuqarolaridir. Loyiha manbalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, batalyonga „Qozogʻistonlik Rembo“ laqabini olgan Jasulan Duysembin ham jalb qilingan[4][5][8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В Украине создан тюркский батальон «Туран»“ (ruscha). kun.uz. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Wargonzо: на Украине создан батальон ВС Украины «Туран» при поддержке Турции“ (ruscha). sm.news. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Новый тюркский батальон "Туран" ВС Украины возглавил гражданин Киргизии“. military.pravda.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „«Уничтожать режим Путина и Кадырова»: турецкие партнёры помогли создать на Украине неофашистский батальон «Туран»“. utyug.info. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „WarGonzo: на Украине при поддержке Турции создали батальон «Туран»“. mk.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Украинада туркий “Турон” батальони тузилди“. qalampir.uz. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ 7,0 7,1 „https://donbasstoday.ru/tureczkie-nayomniki-prigrozili-raspravoj-putinu-i-kadyrovu/?ysclid=lar76akpxv749969106“. donbasstoday.ru. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
- ↑ „На Украине появился тюркский батальон“. lenta.ru. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Turon“ batalyoni yoʻllagan videoxabar YouTubeda (rus tilida)