Urganch davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Urganch davlat pedagogika instituti
(UrDPI)
Xalqaro nomi Urgench State Pedagogical Institute
Asos solingan 2022
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori

Madraximova Feruza Ruzimbayevna „Urganch Davlat Pedagogika Instituti“.

Manzili Xorazm viloyati Urganch shahri Gurlan ko'cha 1a - uy [[Urgench]], [[Uzbekistan]]
Vebsayti urspi.uz


Urganch davlat pedagogika instituti - O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 21 - iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 289 sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti[1] tashkil etildi.

Institut tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urganch davlat pedagogika instituti ilgaridan faoliyat ko'rsatib kelgan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasi asosida tashkil topdi. Institut tarkibida 2 ta fakultet mavjud edi: filologiya - san'at va pedagogika.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urganch davlat pedagogika instituti o'quv va ilmiy tadqiqot, sport musobaqalari, masofaviy ta'lim va olimlarni faol rag'batlantirishda yuksak natijalarga erishmoqda. Universitet O'zbekistonning shimoli - g'arbiy qismidagi Xorazm viloyatidagi Urganch shahri markazida joylashgan.

Institutimizda 4000 dan ortiq talabalarga yaxshi ilmiy - ta'lim muhiti yaratilgan. Institut professor - o'qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq o'quv dasturlari ishlab chiqilib bakalavr va magistrlar uchun Pedagogika, Tarix, Geografiya, Musiqa ta'limi va san'at va boshqa bilim yo'nalishlari bo'yicha muvafaqqiyatli ta'lim berib kelinmoqda.

Xalqaro hamkorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urganch davlat pedagogika instituti 2022-yil tashkil qilinganiga qaramasdan xorijiy oliygoh va tashkilotlar bilan jami 24ta o'zaro anglashuv memorandumlari imzolangan, bular:

Ozarbayjon Respublikasi

  1. Ozarbayjon davlat madaniyat va san'at universiteti
  2. Ozarbayjon universiteti
  3. Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti
  4. Ozarbayjon Tillar Universiteti
  5. Qo’shimcha ta’lim markazi (Elave Tehsil Merkezi)
  6. Ozarbayjon fanlar akademiyasi Milliy kutubxonasi

Turkiya

  1. EGE Universiteti
  2. Burdur Mehmet Akif Universiteti (MAKÜ)
  3. Necmettin Erbakan Universiteti
  4. Istanbul Universiteti
  5. Ondokuz Mayis Universiteti

Rossiya Federatsiyasi

  1. V.N.Tatisheva nomidagi Astraxan Davlat Universiteti
  2. Novosibirsk davlat texnika universiteti
  3. Rossiya davlat gumanitar universiteti
  4. Moskva davlat lingvistika universiteti

Janubiy Koreya - Dongshin Universiteti

Belarusiya Respublikasi - Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti

Xitoy

  1. Lanjou Transport Universiteti (Lanzhou Jiatong University)
  2. Nanking texnologiyalar universiteti
  3. Shinjon universiteti
  4. Shensi pedagogika universiteti

Iordaniya - Jadara universiteti

Qozog'iston Respublikasi - Atyrau universiteti

 Amerika Qo'shma Shtatllari - Lincoln Universiteti

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pedagogika fakulteti
  • Filologiya va tarix fakulteti
  • Aniq va amaliy fanlar fakulteti

Pedagogika fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi – 2022-yilda Urganch davlat pedagogika institutida “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” nomi bilan tashkil topgan. Kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori D.Nafasov mudirlik qilgan. 2023-yil 5-sentabrdan boshlab tarkibiy o‘zgarishlar natijasida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”  kafedrasi tashkil topdi. Hozirgi kunda mazkur kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Atajonova mudirlik qilib kelmoqda.   Bugungi kunda kafedrada 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Kafedra a’zolari asosiy shtatda 13 kishini tashkil etib, 2 nafar fan nomzodi, dotsent,  1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi-stajyor faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 38% ni tashkil etadi. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik  kafedrasi hisoblanadi. Asosiy vazifalari: O‘quv ishlari, o‘quv -uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim-tarbiya berish, ustoz-shogird ishlari, tashkiliy ishlar va h.k. O‘qitiladigan fanlar: Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha Umumiy psixologiya O‘zbekistonning eng yangi tarixi Mediasavodxonlik va axborot madaniyati Mutaxassislikka kirish Boshlang‘ich ta’limda tarbiya Amaliy o‘zbek (rus) tili Falsafa Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi Matematika va uni o‘qitish metodikasi Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi   Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari Inklyuziv ta’lim.Gospital pedagogikasi Ona tili va o‘qish savodxonligida sinfdan tashqari ishlar Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Boshlang‘ich ta’limda lingvodidaktik muammolar Xalqaro baholash tizimi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasida ta’lim tizimidagi islohatlar Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi Bolalar adabiyotida zamonaviylik Mutaxassislik fanlari o‘qitish metodikasi Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari Kasbiy ma’naviyat Pedagogik kompetentlik Yasashga doir geometric masalalar Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishda milliy dastur mazmuni                                                                                        Ilmiy ishlar: Kafedra qoshida “Boshlang‘ich sinflarda ta’lim sohasini innovatsion va integratsiyalashgan yondashuvlar asosida takomillashtirish masalalari” nomli ilmiy-metodik seminar doimiy faoliyat olib boradi. Shuningdek, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga erishildi. 2023-2024-o‘quv yili davomida kafedra a’zolari tomonidan bitta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanma uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muvofiqlashtirish kengashining guvohnomasiga ega bo‘linib,  nashrdan chiqarildi hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Shu bilan birga ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi sifatida 3 ta monografiya ham chop ettirilgan. 6 ta uslubiy qo‘llanma ham mavjud. Hamkorlik Kafedra ta’lim sohasida Respublika va xorijdagi ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. Jumladan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish choralarini ko‘rish, sohadagi axborot va ish tajribalarini o‘zaro almashinish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kafedra o‘qituvchilari
    • Atajonova Anorgul Jumaniyazovna - f.f.n., dotsent
    • Eshchanova Gavhar - f.f.n.,dotsent
    • Karimova Kunduz Ruzibayevna - p.f.f.d (PhD)
    • Raimova Nilufar Abdullayevna - f.f.f.d (PhD)
    • Xajiyeva Dilfuza Adambayevna - f.f.f.d (PhD)
    • Raximova Gularo Ibragimovna - o‘qituvchi
    • Xalillayeva Go‘zal Mo‘minjon qizi - o‘qituvchi
    • Rajapova Nilufar Egamberganovna - o‘qituvchi-stajyor
    • Madaminova Shaxodat Shamuratovna - o‘qituvchi-stajyor
    • Bekmetova Gulnoza Shuxratovna - o‘qituvchi-stajyor
    • Bekchanova Ozoda Otajon qizi - o‘qituvchi-stajyor
    • Sabirova Aziza Farxadovna - o‘qituvchi-stajyor
    • Abdullayeva Sanobar Ibadullayevna - o‘qituvchi-stajyor
  • "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi quyidagi yo'nalishda:
  • 60110200 - Maktabgacha ta'lim bakalavriat
  • 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
  • "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi quyidagi fanlar o'qitiladi:
  • Umumiy pedagogika
  • Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish
  • Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
  • Nutq o'stirish metodikasi
  • Inklyuziv ta'lim. Gospital pedagogika
  • Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
  • Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi
  • Ilk yoshdagi bolalar bilan ishlash metodikasi
  • Tarbiyachining ish hujjatlari
  • Maktabgacha ta'limda etnopedagogika
  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim
  • Oliy ta'limda mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi
  • Maktabgacha ta'limni boshqarishning ilmiy asoslari
  • Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
  • Maktabgacha ta'limda pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish
  • Maktabgacha ta'limda Ta'lim va tarbiya texnologiyasi
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Art terapiya
  • Kasbiy ma'naviyat
  • Pedagogik akmeologiya
  • Pedagogik konfliktologiya
  • Maktabgacha ta'limda ijtimoiy kompetensiyalar
  • Kafedra professor-o'qituvchilarining ilmiy salohiyati. Kafedrada yetakchi professor-o'qituvchilar innovatsion yondashuvlar va yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg'ulotlarini olib borishadi. Bo'lajak maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarini tayyorlashda Respublikadagi maktabgacha ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan metodikalar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar, kompetensiyalar rivojlantiriladi.
  • “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxassislarni tayyorlashda, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, o‘quv yili mobaynida 40 ga yaqin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy maqolalar, 5 ta darslik , 1 ta monografiya chop qilinib, talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.
  • Kafedrada jami 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan, 1 nafar fan nomzodi dotsent (DsC), 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafari o‘qituvchi, 10 nafari stajyor o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
  • Respublika va xalqaro hamkorlik. Kafedra ta’lim sohasida Respublika va xorijdagi ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. Jumladan: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutlari bilan hamkorlik o’rnatilgan. Bundan tashqari Xalqaro oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari bilan о‘zaro tajriba almashinish masalasida Tatisheva nomidagi Astraxan davlat universiteti va Ozarbayjon pedagogika universitetlari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda va hozirda yana hamkorlik shartnomalari tuzish davom etmoqda.
  • Kafedrada 2023-2024- o‘quv yili davomida talabalarga nufuzli reytingdan o‘rin egallagan universitet olimlari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok qilishlari yo‘lga qo‘yildi.
  • Ma'naviy faoliyat. Kafedrada 5 ta tо‘garak faoliyat yuritadi. 7 nafar professor-o‘qituvchilarning chet tili sertifikati mavjud.
  • “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari 6-TTJ reja asosida haftaning payshanba kunlari talabalar bilan turli mavzularda tadbirlar о‘tkazish rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari, talabalarning mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar va dunyo mamlakatlarida yuz berayotgan voqea va hodisalardan xabardor qilib borish va yo`nalishlar xususiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ma'lumotlar orqali innovatsion texnologiyalar asosida ma’naviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlab bormoqdalar. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi yoshlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda.

Filologiya va tarix fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  •   Xorijiy filologiya kafedrasi- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2022 - yilda tasdiqlangan "Urganch davlat pedagogika instituti tashkiliy tuzilmasi" va 2022- yil 6-sentabrdagi institut Kengashi qaroriga muvofiq "Umumiy filologiya" kafedrasi tashkil etilgan. 2023-2024 o‘quv yilidan kafedra nomi "Xorijiy filologiya" deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedraga Xo‘jayeva Sayyora Sotimboyevna rahbarlik qilib kelmoqda.
  •  Kafedraning asosiy vazifalari – maktabgacha ta’lim muassasalari, umum ta’lim maktablari o‘quvchilarining ingliz tili darslarini tashkil qilish, ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni, ingliz tili o‘qitish jarayonlarini tizimli tashkil etish, xorijiy davlatlarning xalqaro ta’lim standartlarini ta’limda joriy qilishni takomillashtirish va xalqaro davlatlar tajribalardan chet tillarini o‘qitishda foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan.
  • Xorijiy filologiya kafedrasi – 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili mutaxassislarni tayyorlaydi.
  • Kafedraning asosiy maqsadi – Xorijiy tillar va adabiyoti, xususan ingliz tili va adabiyotini o‘rganish, ta’lim jarayonida zamonaviy, chet tillarini o‘qitish pedagogik texnologiyalari va  zamonaviy axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalana oladigan, xalqaro tajribalarni dars mashg‘ulotlarida qo‘llaydigan, xorijiy tilni, ingliz tilini, mukammal darajada o‘rganadigan bilimga chanqoq kelajak avlodlarga ingliz tilini xalqaro standartlar asosida o‘rgatadigan ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash.
  • “Xorijiy filologiya” kafedrasi malakali mutaxassislarni tayyorlashda, ingliz tili va adabiyoti, chet tillarini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari, metodikasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, o‘quv yili mobaynida 40 dan ortiq Respublika va xalqaro jurnallarda maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiya va uslubiy qo‘llanmalar chop qilingan.
  • Kafedrada jami 20 nafar professor - o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafari Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, 2 nafari o‘qituvchi va stajyor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Shundan, asosiy shtatda 11 nafar o‘qituvchi - professorlar faoliyat olib borishmoqda. Kafedra kesimida o‘qituvchilarning 91% xalqaro til bilish serifikatlariga ega.
  • “Xorijiy filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Phd, dots., Masharipova Nargiza Otaxonovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
  •  Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi talabalari 2-bosqich talabalari Ollanazarova Shahnoza, Sobirova Surayyo, Jumanazarova Zaynabjon, Rajabova Zamiralar “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar. Sobirova Surayyo “President Tech Award” tanlovining Respublika bosqichida Xorazm yoshlari jamoasi “Uz-trip” loyihasi bilan 3- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Salayeva Gulasal va Matkarimova Malikalar elektron o‘quv qo‘llanmalar yaratishdi.
  • Kafedra ta’lim sohasida Respublika va xorijdagi ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Jumladan: Nizomiy nomidagi Toshkent  davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Turkiyaning Ege davlat universiteti, bugungi kunda yangi-yangi xalqaro universitetlar professorlari bilan aloqalar olib borilmoqda va o‘quv yillari davomida xalqaro top 1000 talikka kirgan universitetlar bilan xalqaro aloqalar olib borilib, shartnomalar tuzish rejalashtirilgan. Natijada, yo‘nalish talabalariga nufuzli universitetlar professor - o‘qituvchilari, olimlari ma’ruza qilishlari yo‘lga qo‘yiladi.  

Aniq va amaliy fanlar fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jismoniy madaniyat kafedrasi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2022 - yilda tasdiqlangan “Urganch davlat pedagogika instituti tashkiliy tuzilmasi” va 2022-yil 6-sentabrdagi institut Kengashi qaroriga muvofiq “Texnologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashkil etilgan. 2023-2024 o‘quv yilidan kafedra nomi “Jismoniy madaniyat” deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, professor Matnazarov O‘ktam Latipovich rahbarlik qilmoqda.
  • Kafedraning asosiy vazifalari: talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej, kasb-hunar maktablari va texnikum o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida faoliyatini tashkil qilish, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish va boshqarish, jamiyatning ijtimoiy qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiyani ommalashtirish kabi bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan.
  • Jismoniy madaniyat kafedrasida 60112200 – Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va  70112201-“Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
  • Kafedraning asosiy maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport turlarining rivojlanish tarixini o‘rganish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga yega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalashdan iborat. Bo‘lajak kadrlarga mutaxassislik bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish orqali, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalarga ega qilish qatorida pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi amaliy ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi.
  • “Jismoniy madaniyat” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxasislarni tayyorlashda, jismoniy tarbiya va sport soxasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, o‘quv yili mobaynida 30 ga yaqin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy maqolalar, 5 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 2 ta monografiya chop qilinib talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.
  • Kafedrada jami 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar  fan nomzodi professor, 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)  dotsent, 1 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari o‘qituvchi va 5 nafari stajyor o‘qituvchi faoliyat olib boradi.
  • Kafedra ta’lim sohasida Respublika va xorijdagi ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. Jumladan: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika uneversiteti, O‘zbekiston Finlandiya pedagogika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, hozirda yana hamkorlik shartnomalari tuzish davom etmoqda. Kafedraga o‘quv yililari davomida talabalarga nufuzli reytingdan o‘rin egallagan universitet olimlari o‘zlarinig ma’ruzalari bilan ishtirok qilishlari yo‘lga qo‘yildi.
  • Jismoniy madaniyat yo'nalishi 2-bosqich talabasi Nodirbek Jumanazarov Iordaniyaning Amman shahrida bo’lib o’tgan U-20 Wrestling[2] bo‘yicha Jahon chempionatida bronza medal sohibi.
  • Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Oltinoy Sotimboyeva Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida sportning boks turi bo‘yicha 81 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Sitora Baxodirova ham boks sport turi bo‘yicha 63 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Urganch davlat pedagogika instituti rasmiy web sahifasi“.
  2. „World Junior Wrestling Championships“, Wikipedia (inglizcha), 2024-03-21, qaraldi: 2024-04-02