Kontent qismiga oʻtish

Usmon ibn Ali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Usmon ibn Ali ibn Abu Tolib
عثمان بن علی بن أبی طالب
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 659-yil (hijriy 39-yil)
Vafoti milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni)
Oʻlim sababi Karbalo jangi
Imom Husayn ziyoratgohi, Karablo, Iroq
Dini Islom
Ota-onasi
Tanilgan sohasi Husayn ibn Alining hamrohi

Usmon ibn Ali (arabcha: عُثْمان اِبِنْ عَلي) – Ali ibn Abu Tolib va Umm al-Baninning oʻgʻli. Karbalo jangida ishtirok etgan va oʻsha jangda shahid boʻlgan. Musulmonlar tomonidan katta hurmatga sazovor shaxs. Baʼzi manbalarga koʻra, Usmon ibn Ali shahid boʻlgan vaqtida 21 yoshda boʻlgan va undan hech qanday voris qolmagan[1][2].

Usmon va uning ukalari Abbos, Abdulloh va Jaʼfar Husayn ibn Alini Makkadan Kufaga qilgan safarida hamrohlik qilgan. Ularning uchalasi ham Karbalo jangida shahid boʻlgan. Qabrlari Imom Husayn ziyoratgohidagi Karbalo shahidlarining jamoaviy qabri maqbarasida joylashgan.

Usmon xalifa Ali va Fotima binti Hizomning oʻgʻli edi[3]. Bir qancha manbalarga koʻra, uylanmagan va shu sababdan farzandlari boʻlmagan[4]. Shialik rivoyatlariga koʻra, Ali oʻgʻliga Usmon ibn Mazʼun sharafiga shunday ism qoʻygan[5].

Usmon ibn Ali dafn etilgan Karbalodagi Imom Husayn ziyoratgohi

Usmonning onasi Fotima arablarning Banu Kilob qabilasidan Hizom ibn Xolid ibn Rabiyaning qizi edi. U Alining yana uch oʻgʻli, Abbos, Abdulloh va Jaʼfarning ham onasi boʻlgan. Shu sababli ham Ummu al-Banin nomi bilan mashhur boʻlgan[6].

Usmon ibn Ali akalari bilan birgalikda Karbalo jangida ishtirok etgan. Xavliy ibn Yazid al-Asbohiy jang maydonida Usmonning peshonasiga oʻq otgan va natijada Usmon otdan yiqilib tushgan. Shundan keyin Banu Dorim qabilasidan bir kishi uning boshini olgan[7][8].

Usmon ibn Ali Ashuro kuni oʻldirilganida 21 yoshda boʻlgan[9][10]. Qabri Imom Husayn ziyoratgohida joylashgan.

  1. Majlisī. Bihar Al-anwar — 37-bet. 
  2. Abu l-Faraj al-Isfahani. Maqatil al-talibiyyin — 89-bet. 
  3. Iṣfahānī, Maqātil al-ṭālibīyyīn, p. 89.
  4. Madinat Dimashq by ibn `Asakir 45/304
  5. al-Amali al-Ithneeniyyah 1/488
  6. Abu l-Faraj al-Isfahani. Maqatil al-talibiyyin — 89-bet. 
  7. Majlisī. Bihar Al-anwar — 37-bet. 
  8. Abu l-Faraj al-Isfahani. Maqatil al-talibiyyin — 89-bet. 
  9. Majlisī. Bihar Al-anwar — 37-bet. 
  10. Abu l-Faraj al-Isfahani. Maqatil al-talibiyyin — 89-bet.